Sodiqov Behzod Baxriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kreativ yondashuvga asoslangan kimyo o‘qitish jarayonida talabalar umumkasbiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.2.PhD/Ped10246
Ilmiy rahbar: Ahadov Ma’murjon Sharipovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.K.10.06 
Rasmiy opponentlar: Mamajonov Shuxratjon Askarovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Shernazarov Iskandar Ergashevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kreativ yondashuv asosida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kreativ yondashuv asosida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirishni pedagogik jarayonga innovatsion didaktik metodlarni joriy etish orqali ta’lim mazmuni va umumkasbiy faoliyatga tayyorlash mazmunini yangi bosqichga olib chiqish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining umumkasbiy tayyorgarlik bosqichlarini pedagogik-nazariy va andragogik asosda aniqlashtirish, differensiyalash va ta’lim modullari orqali talabalar ehtiyojlariga moslashtirish hamda kreativ yondashuvni o‘quv jarayoniga integratsiyalash orqali metodik kompetentlik va didaktik transformatsiyani rivojlantirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik va metodik malakasini innovatsion pedagogik yondashuvlar — faol o‘qitish, differensiyalash, refleksiya hamda interfaol ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirilgan;
kreativ yondashuv asosida faol o‘qitish, loyiha metodlari orqali talabalarning umumkasbiy kompetensiyasini rivojlantirish modelini ishlab chiqish va innovatsion texnologiyalar yordamida amaliyotga joriy etish.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. kreativ yondashuv asosida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirish, pedagogik jarayonga innovatsion didaktik metodlarni joriy etish, umumkasbiy faoliyatga tayyorlash mazmunini yangi bosqichga olib chiqish asosida 60110800 – Kimyo ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Kimyo o‘qitish metodikasi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i bilan berilgan guvohnoma).Natijada, kreativ yondashuv asosida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining umumksabiy kompetentligi rivojlantirishga  xizmat qilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining umumkasbiy tayyorgarlik bosqichlarini pedagogik-nazariy va andragogik asosda aniqlashtirish, differensiyalash va ta’lim modullari orqali talabalar ehtiyojlariga moslashtirish hamda kreativ yondashuvni o‘quv jarayoniga integratsiyalash orqali metodik kompetentlik va didaktik transformatsiyani rivojlantirishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 2-iyuldagi 03/40-2122-son ma’lumotnomalari). Natijada bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining umumkasbiy tayyorgarlik bosqichlari kreativ yondashuvni o‘quv jarayoniga integratsiyalash orqali foydalanib takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik va metodik malakasini innovatsion pedagogik yondashuvlar — faol o‘qitish, differensiyalash, refleksiya hamda interfaol ta’lim texnologiyalarini faoliyatda qo‘llash, kreativ yondashuv asosida loyiha metodlari orqali talabalarning umumkasbiy kompetensiyasini rivojlantirish modelini ishlab chiqish va innovatsion texnologiyalar yordamida amaliyotga joriy etishga oid takliflar va metodik tavfsiyalar “Kimyo o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. Shuningdek, “Kimyo o‘qitish metodikasi” fanidan talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyatni rivojlantirishga oid ishlanmalari va metodik  tavsiyalari  https://edu-chem.uz/ saytida qayd etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i bilan berilgan guvohnoma) (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 2-iyuldagi 03/40-2122-son ma’lumotnomalari).Natijada bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik va metodik malakasini kreativ yondashuv asosida loyihalashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish