Umarov Nurbek Irkinovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kvest texnologiyasidan foydalanishga tayyorlash metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7925
 Ilmiy rahbar: Tursunov Quchqar, fizika matematika fanlari nomzodi dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof rashidov nomidagi Samarqand davlat  unversiteti
  IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat        pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqmli ilmiy kengash
  Rasmiy opponentlar: Qo‘ysinov Odil Almuradovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qarshieva Dilnoza O‘tkirjonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) dotsent.
  Yetakchi tashkilot: Guliston davlat  pedagogika instituti.
  Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
  II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kvest texnologiyasidan foydalanishga tayyorlash metodikasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
  III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kvest texnologiyasidan foydalanishga tayyorlashning didaktik imkoniyatlari o‘quv maqsadlarini zanjir shaklida berish orqali o‘quvchilarda narrativ motivatsiyani oshirish, kognitiv jarayonlarni faollashtirish, matematik, o‘qish, tabiiy va raqamli savodxonlikni uyg‘unlashtirish hamda kinetik va sensor faoliyatga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kvest texnologiyasidan foydalanishga tayyorlash didaktik modelining loyihalash, onlayn ta’lim platformalari, kvest darslarini bosqichlash va baholash komponentlari muammo va natijalarni o‘quv standartlariga moslashtirsh, “Questline” xaritalash, baholash dizayni, ishga tushirish, refleksiya va qayta loyihalash algoritmiga bog‘liqlikda takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kvest texnologiyasidan foydalanishga tayyorlash metodikasi mazmuni ssenariylashtirish, kvestlarni sharoitga moslashtirish (sinf ichi, ochiq havo, raqamli), o‘quvchini markazlashtirsh, faoliyati orqali o‘z bilimini qurish, o‘yin natijasida fazoviy va mantiqiy tafakkurini rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kvest texnologiyasidan foydalanishga tayyorlash samaradorligi motivatsion, kognitiv, konstruktiv, shaxsiy, refleksiya daraja mezonlarining o‘qituvchi metodik tayyorgarligiga (loyihalash, fasilitatsiya, baholash, raqamlashtirish, ijtimoiylashtirsh ko‘nikmalari va roli) korrelyasiyasini belgilash asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kvest texnologiyasidan foydalanishga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kvest texnologiyasidan foydalanishga tayyorlashning didaktik imkoniyatlarini o‘quv maqsadlarini zanjir shaklida berish orqali o‘quvchilarning narrativ motivatsiyani oshirish, kognitiv jarayonlarni faollashtirish, matematik, o‘qish, tabiiy va raqamli savodxonlikni uyg‘unlashtirish hamda kinetik va sensor faoliyatga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilga oid tavsiyalar “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2025-yil 3-iyuldagi 535-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kvest texnologiyasidan foydalanishga tayyorlashning didaktik imkoniyatlarini kengaytirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kvest texnologiyasidan foydalanishga tayyorlash didaktik modelining loyihalash, onlayn ta’lim platformalari, kvest darslarini bosqichlash va baholash komponentlarini muammo va natijalarni o‘quv standartlariga moslashtirsh, “Questline” xaritalash, baholash dizayni, ishga tushirish, refleksiya va qayta loyihalash algoritmiga bog‘liqlikda takomillashtirishga oid tavsiyalardan “Maktab o‘quvchilaridagi iqtidorni va kasbiy qiziqishni onlayn aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik dasturiy taʼminotni yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 15-oktyabrdagi 22-01-797/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kvest texnologiyasidan foydalanishga tayyorlash didaktik modelini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kvest texnologiyasidan foydalanishga tayyorlash metodikasi mazmunini ssenariylashtirish, kvestlarni sharoitga moslashtirish (sinf ichi, ochiq havo, raqamli), o‘quvchini markazlashtirsh, faoliyati orqali o‘z bilimini qurish, o‘yin natijasida fazoviy va mantiqiy tafakkurini rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2025-yil 3-iyuldagi 535-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kvest texnologiyasidan foydalanishga tayyorlash mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kvest texnologiyasidan foydalanishga tayyorlash samaradorligini motivatsion, bilim va ko‘nikma, faoliyat, refleksiya daraja mezonlarining o‘qituvchi metodik tayyorgarligiga (loyihalash, fasilitatsiya, baholash, raqamlashtirish, ijtimoiylashtirsh ko‘nikmalari va roli) korrelyasiyasini belgilash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2025-yil 3-iyuldagi 535-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kvest texnologiyasidan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish