Homidov Hamdam Hasan o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Ekologik qo‘riqxonalarda monitoring jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish yo‘llari”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Iqt1073
Ilmiy maslahatchi: Gulyamov Saidasror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi milliy statistika qo‘mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Xusainov Shavkat Abdushukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; G‘ayibnazarov Baxodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismoilova Gulnora Fayzullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: yuqori darajadagi nazariy, metodologik va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi ekologik qo‘riqxonalarda monitoring jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish, ekologik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishning ilmiy-metodologik asoslarini ishlab chiqish hamda ular negizida samaradorlikni oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik qo‘riqxonalarda monitoring jarayonlarini raqamlashtirishga oid mavjud ilmiy qarashlar va metodologik yondashuvlar tizimli tahlil qilish asosida ekologik monitoring tizimining samaradorligini yanada oshirishga yo‘naltirilgan nazariy-metodologik yondashuv ilmiy jihatdan takomillashtirilgan;
ekologik resurslarni kuzatish jarayonlarida sun’iy intellekt, IoT (sensor tarmoqlari) hamda raqamli tvins texnologiyalarini integratsiyalash asosida biologik resurslar holatini real vaqt rejimida monitoring qilish, tahlil etish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan konseptual yondashuv ishlab chiqilgan;
respublika ekologik qo‘riqxonalari monitoring tizimining samaradorligini oshirishda ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash jarayonlarini markazlashtirish hamda ma’lumotlar oqimini integratsiyalashni ta’minlovchi raqamli ekologik ma’lumotlar bazasini shakllantirish va boshqarish modeli taklif etilgan;
ekologik boshqaruv jarayonlarida qaror qabul qilish samaradorligini oshirishda ekologik jarayonlar dinamikasini aniqlash va ekologik resurslar holatini kompleks tahlil qilish imkonini beruvchi raqamli indikatorlar tizimi asoslangan;
ekologik muhofaza faoliyatida ekologik xavflarni erta aniqlash, biologik resurslar holatini prognozlash hamda ekologik boshqaruv jarayonlarida tezkor qarorlar qabul qilish maqsadida prognozlash va boshqaruv algoritmlari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekologik qo‘riqxonalarda monitoring jarayonini raqamlashtirish metodologiyasini takomillashtirish bo’yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
ekologik qo‘riqxonalarda monitoring jarayonlarini raqamlashtirishga oid mavjud ilmiy qarashlar va metodologik yondashuvlar tizimli tahlil qilish asosida ekologik monitoring tizimining samaradorligini yanada oshirishga yo‘naltirilgan nazariy-metodologik yondashuv ilmiy jihatdan takomillashtiril bo‘yicha taklifi Samarqand viloyati ko‘chatchilikka ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi va Surxondaryo viloyati ko‘chatchilikka ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligini 2026-yil 7-yanvardagi 02-05-4-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik resurslar holatini baholash aniqligi o‘rtacha 22-27 foizga oshdi, monitoring ma’lumotlarini yig‘ish va tahlil qilishga sarflanadigan vaqt 25-30 foizga qisqardi hamda ekologik nazorat jarayonlarining umumiy samaradorligi sezilarli darajada yaxshilangan;
ekologik resurslarni kuzatish jarayonlarida sun’iy intellekt, IoT (sensor tarmoqlari) hamda raqamli tvins texnologiyalarini integratsiyalash asosida biologik resurslar holatini real vaqt rejimida monitoring qilish, tahlil etish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan konseptual yondashuv ishlab chiqishga doir taklifi Samarqand viloyati davlat o‘rmon xo‘jaligi va Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani hududidagi Surxondaryo davlat qo‘riqxonasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligini 2026-yil 7-yanvardagi 02-05-4-son ma’lumotnomasi). Natijada, monitoring axborotlarining to‘liqligi va ishonchliligi 18-22 foizga oshdi, ma’lumotlarni qayta ishlash tezligi 20-25 foizga yaxshilandi hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligi sezilarli darajada oshgan;
respublika ekologik qo‘riqxonalari monitoring tizimining samaradorligini oshirishda ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash jarayonlarini markazlashtirish hamda ma’lumotlar oqimini integratsiyalashni ta’minlovchi raqamli ekologik ma’lumotlar bazasini shakllantirish va boshqarish modeliga doir taklifi Samarqand viloyati davlat o‘rmon xo‘jaligi va Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani hududidagi Surxondaryo davlat qo‘riqxonasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligini 2026-yil 7-yanvardagi 02-05-4-son ma’lumotnomasi) Natijada, “Samarqand viloyati” va “Surxondaryo viloyati” davlat qo‘riqxonalarini monitoring jarayonlarini boshqarish samaradorligi 15-18 foizga oshdi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish tezligi esa o‘rtacha 20 foizga yaxshilangan;
ekologik boshqaruv jarayonlarida qaror qabul qilish samaradorligini oshirishda ekologik jarayonlar dinamikasini aniqlash va ekologik resurslar holatini kompleks tahlil qilish imkonini beruvchi raqamli indikatorlar tizimiga doir taklifi Samarqand viloyati davlat o‘rmon xo‘jaligi va Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani hududidagi Surxondaryo davlat qo‘riqxonasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2026-yil 7-yanvardagi 02-05-4-son ma’lumotnomasi). Natijada, monitoring jarayonlarining umumiy samaradorligi 17-21 foizga oshdi, baholash va tahlil jarayonlariga sarflanadigan vaqt esa 20-25 foizga qisqargan;
ekologik muhofaza faoliyatida ekologik xavflarni erta aniqlash, biologik resurslar holatini prognozlash hamda ekologik boshqaruv jarayonlarida tezkor qarorlar qabul qilish maqsadida prognozlash va boshqaruv algoritmlarini ishlab chiqishga doir taklifi Samarqand viloyati davlat o‘rmon xo‘jaligi va Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani hududidagi Surxondaryo davlat qo‘riqxonasi faoliyatiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2026-yil 7-yanvardagi 02-05-4-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik monitoringda foydalaniladigan tahliliy ma’lumotlar sifati 10-14 foizga oshdi, prognozlash aniqligi esa 12-16 foizga yaxshilangan.