To‘raxo‘jaeva Shirinxon Nodir qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alyuminiy qotishmalarini gazli pechda suyuqlantirishda qotishmaning gaz va oksid qo‘shimchalar bilan to‘yinishining ilmiy asoslari”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2025.4.DSc/T1004
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat Texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.02.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Sharipov Qongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich texnika fanlari doktori, professor, Ziyamuhamedova Umida Alijanovna texnika fanlari doktori, professor, Utkur Mirzakamalovich Xaliqulov texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Navoi davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi alyuminiy qotishmalarini gaz pechda suyuqlantirishda qotishmaning gaz va oksid qo‘shimchalar bilan to‘yinishining ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gaz pechlarida alyuminiy qotishmalarini suyuqlantirishda pech muhitiga grafitli kukun purkash texnologiyasi uglerod bilan pech atmosferasidagi kislorodning kimyoviy aktivligi orasidagi termodinamik bog‘liklik asosida ishlab chiqilgan;
gaz pechlarida alyuminiy qotishmlarini suyuqlantirishda qo‘llaniladigan flyusning yangi tarkibi faza-eritma interfeysidagi vodorod faolligining degazatsiyalash samaradorligiga ta’sirining analitik bog‘likligi asosida ishlab chiqilgan;
gaz pechlarida alyuminiy qotishmalarini suyuqlantirishning modifikatorli rejimi shlak tarkibining shakllanishi qonuniyatlari flyus tarkibidagi elementlarning reaksiyaga kirishish qobiliyatlari asosida ishlab chiqilgan;
alyuminiy qotishmalarini suyuqlantirishda qo‘llaniladigan gazli pechning forsunkali konstruksiyasi tabiiy gazning yonishi natijasida gaz-metall tizimida energiya uzatishning nazariy tushunchalari asosida ishlab chiqilgan;
gaz pechlarida alyuminiy qotishmalarini suyuqlantirishda gaz uzatishning uzlukli rejimi qotishmaning erkin vodorod bilan• to‘yinish kinetikasi pech atmosferasi tarkibi o‘zgarishining siklik rejimi asosida ishlab chiqilgan.
gazli pechda alminiy qotishmalarini suyuqlantirishda qo‘llaniladigan grafit kukunining dispersligi alyuminiy oksidi miqdorining pech muhitidagi xaroratga bog‘liklik darajasi asosida ishlab chikilgan
gaz pechlarida alyuminiy qotishmalarini suyuklantirishda qo‘llaniladigan modifikatorlarning tarkibi ularning kimyoviy aktivligi o‘zgarishining shlak tarkibidagi oksid miqdoriga bog‘liqligi asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alyuminiy qotishmalarini gaz pechda suyuqlantirishda qotishmaning gaz va oksid qo‘shimchalar bilan to‘yinishining ilmiy asoslari boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gaz pechida alyuminiy qotishmalarini suyuqlantiritishda pech muhitiga grafitli kukun purkash texnologiyasi "Quyuv mexanika zavodi" AJ ga joriy qilingan ("O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ning 14.11.2025 yildagi 01/4528-25-sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida qotishmaning tarkibidagi oksidlarning miqdori 7-9 % ga kamaygan;
gaz pechlarida alyuminiy qotishmalarini suyuqlantiritishda qollaniladigan flyusning yangi tarkibi "Quyuv mexanika zavodi" AJ ga joriy qilingan ("O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ning 14.11.2025 yildagi 01/4528-25-sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida qotishmaning tarkibidagi vodorodning miqdori 12-14 % ga kamaygan;
gaz pechida alyuminiy qotishmalarini suyuqlantiritishda qo‘llaniladigan gazli pechning forsunkali konstruksiyasi "Quyuv mexanika zavodi" AJ ga joriy qilingan ("O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ning 14.11.2025 yildagi 01/4528-25-sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida pech muhitidagi erkin kislorodning miqdori 6-8 % ga kamaygan;
alyuminiy qotishmalarini gazli pechda suyuqlantiritishning gaz uzatishning uzlukli rejimi "Quyuv mexanika zavodi" AJ ga joriy qilingan ("O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ning 14.11.2025 yildagi 01/4528-25-sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida pech muhitiidagi erkin kislorodning miqdori 6-8 % ga kamaygan;
alyuminiy qotishmalarini gazli pechda suyuqlantiritishning gaz uzatishning uzlukli rejimi "Quyuv mexanika zavodi" AJ ga joriy qilingan ("O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ning 14.11.2025 yildagi 01/4528-25-sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida pech muhitiidagi erkin vodorod miqdori 3-4 % ga kamaygan.