Bo‘riev Sardor Norovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishda xorijiy investisiyalaridan samarali foydalanishning ekonometrik modellari (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6012.
Ilmiy rahbar: Matyoqubova Dilfuza Olimboevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Baxodirjon Tursunboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Shamurotov Sabirjon Bazarbaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish jarayonida xorijiy investisiyalardan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan ekonometrik modellarni takomillashtirish asosida hududiy investisiya siyosatini optimallashtirishga xizmat qiluvchi ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada xorijiy investisiyalar oqimi bo‘yicha (statistik; muqobil; dinamik;) kompleks ekonometrik tahlillarning (0.38<0.56<1.23) past, o‘rta va yuqori ta’sir darajalarda baholash taklifi asoslangan;
mintaqalar kesimida xorijiy investisiyalarni jalb qilishda mavjud iqtisodiy resurs bazasi (Y=[((s_k^(1-β-γ) s_H^β S_c^γ ))/((n+δ+g) )]^(1/((1-α-β-γ)))) va investision faollik darajasini (Y=K^α H^β C^γ 〖(AL)〗^(1-α-β-γ))  baholash modellari ishlab chiqiligan;
investisiyaviy jarayonlarni tartibga solish, hududlarda investision siyosatni optimallashtirish va hududiy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning Y_5t=-240,54+0,37*Y_(5t-1)+0,96*ε_(t-1)+0,71*Y_2t     ekonometrik modeli ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo viloyatida xorijiy investisiyalarni va kreditlarni jalb qilish, samarali taqsimlash va ularni iqtisodiy jihatdan asosli joylashtirish bo‘yicha sun’iy intellekt yondashuviga asoslangan istiqbolli 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan  prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishda xorijiy investisiyalaridan samarali foydalanishning ekonometrik modellari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqada xorijiy investisiyalar oqimi bo‘yicha (statistik; muqobil; dinamik;) kompleks ekonometrik tahlillarning (0.38<0.56<1.23) past, o‘rta va yuqori ta’sir darajalarda baholash taklifi Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatiga amaliyotga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 6-noyabrdagi 0707/9916-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqalarda xorijiy investisiya monitoringini yuritish imkoniyati yaratilgan;
mintaqalar kesimida xorijiy investisiyalarni jalb qilishda mavjud iqtisodiy resurs bazasi (Y=[((s_k^(1-β-γ) s_H^β S_c^γ ))/((n+δ+g) )]^(1/((1-α-β-γ)))) va investision faollik darajasini (Y=K^α H^β C^γ 〖(AL)〗^(1-α-β-γ))  baholash modellari Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatiga amaliyotga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 6-noyabrdagi 0707/9916-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy investisiyalarni joylashtirish mexanizmidagi yangi elementlarni kombinatsiyalash orqali mintaqaning iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar statistik umumlashtirish imkonini bergan;
investisiyaviy jarayonlarni tartibga solish, hududlarda investision siyosatni optimallashtirish va hududiy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning Y_5t=-240,54+0,37*Y_(5t-1)+0,96*ε_(t-1)+0,71*Y_2t     ekonometrik modeli Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatiga amaliyotga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 6-noyabrdagi 0707/9916-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu model yordamida xorijiy investorlarni jalb etish darajasi va investisiyalarning hududiy iqtisodiyotga ta’siri aniqlangan; 
Qashqadaryo viloyatida xorijiy investisiyalarni va kreditlarni jalb qilish, samarali taqsimlash va ularni iqtisodiy jihatdan asosli joylashtirish bo‘yicha sun’iy intellekt yondashuviga asoslangan istiqbolli 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan  prognoz qiymatlari Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatiga amaliyotga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 6-noyabrdagi 0707/9916-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan hududiy iqtisodiy rivojlanish prognoz ssenariylari, ekstensiv, intensiv va raqamli texnologiyalar asosidagi yondashuvlar bo‘yicha taklif va tavsiyalar hududiy rivojlanish dasturlarini shakllantirishda foydalanilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish