Xomidov Xojiakbar Adxamovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Biznes sohasida logistikani boshqarish usullari va mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment va 08.00.05- “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6191
Ilmiy rahbar: Askarov Nodirbek Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.07.02
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Abdujabbor iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Payazov Murod Maksudovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston biznes sohasida logistikani boshqarish usullari va mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
viloyatlar kesimida logistik xizmatlarni boshqarish samaradorligini integral reyting ko‘rsatkichini iqtisodiy, infratuzilma ta’minoti, innovatsion samaradorliklar va inson kapitali kabi to‘rt tarkibiy bloklar orqali baholash asosida hududlararo logistik ta’minot samaradorligi holati bo‘yicha tafovutlarni kamaytirish orqali oshirish taklifi ilmiy asoslangan;
logistik xizmatlarni boshqaruv mexanizmini texnologik jihatdan tarkibi asosiy (WMS+TMS) va yordamchi (RFID + GPS + IoT + BigData + AI) boshqaruv texnologiyalariga asoslangan ERP tizimi orqali takomillashtirish asosida 3 PL va undan yuqori formatdagi logistik xizmatlar ko‘rsatish amaliyotini rivojlantirish taklifi ishlab chiqilgan;
logistik xizmatlarni boshqarish amaliyotini DXSh mexanizmining BOT (Built-Operate-Transfer), BOO (Built-Own-Operate), BOOT (BUILT-OWN-OPERATE-TERANSFER), DBFO (Design-Built-Finance-Operate) va konsessiya shakllari orqali takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
2025-2030-yillarda logistik xizmatlarni boshqarish mexanizmini takomillashtirish orqali tashish va saqlash sohasida yaratiladigan qo‘shilgan qiymat hajmi bo‘yicha bazaviy, pessimistik va optimistik ssenariyalarga asoslangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Biznes sohasida logistikani boshqarish usullari va mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
viloyatlar kesimida logistik xizmatlarni boshqarish samaradorligini integral reyting ko‘rsatkichini iqtisodiy, infratuzilma ta’minoti, innovatsion samaradorliklar va inson kapitali kabi to‘rt tarkibiy bloklar orqali baholash asosida hududlararo logistik ta’minot samaradorligi holati bo‘yicha tafovutlarni kamaytirish orqali oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 502-son “Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markaziga qo‘shimcha vazifalar yuklanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 12-apreldagi 305-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori ilovasining 3-a-9 bandining 5-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 26-noyabrdagi 4/11769-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida logistika samaradorligi indeksida respublikaning o‘rnini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan mavjud muammolarning tizimli tahlilini olib borishga erishilgan;
logistik xizmatlarni boshqaruv mexanizmini texnologik jihatdan tarkibi asosiy (WMS+TMS) va yordamchi (RFID + GPS + IoT + BigData + AI) boshqaruv texnologiyalariga asoslangan ERP tizimi orqali takomillashtirish asosida 3 PL va undan yuqori formatdagi logistik xizmatlar ko‘rsatish amaliyotini rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-son “O‘zbekiston Respublikasi transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 1-ilovasi, 3-bobining 3-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 26-noyabrdagi 4/11769-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida multimodal tamoyilini maksimal darajada amalga oshirish imkonini beruvchi logistika xizmatlari bozorini rivojlantirishda 3PL va undan yuqori formatda xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan yirik milliy transport operatorlari faoliyatini tashkil etilishini rag‘batlantirishga erishiladi.
logistik xizmatlarni boshqarish amaliyotini DXSh mexanizmining BOT (Built-Operate-Transfer), BOO (Built-Own-Operate), BOOT (BUILT-OWN-OPERATE-TERANSFER), DBFO (Design-Built-Finance-Operate) va konsessiya shakllari orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-son “O‘zbekiston Respublikasi transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 1-ilovasi, 4-bobi, 2-paragrafining 6-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 26-noyabrdagi 4/11769-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida o‘zining harakat tarkibiga ega bo‘lgan yuk tashuvchi kompaniya operatorlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar, shuningdek, temir yo‘l transporti infratuzilmasidan foydalanish uchun mustaqil kompaniya – operatorlarga teng imkoniyatlar taqdim etish mexanizmini yaratishga erishiladi.
2025-2030-yillarda logistik xizmatlarni boshqarish mexanizmini takomillashtirish orqali tashish va saqlash sohasida yaratiladigan qo‘shilgan qiymat hajmi bo‘yicha bazaviy, pessimistik va optimistik ssenariyalarga asoslangan holda ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-son “O‘zbekiston Respublikasi transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 3-ilovasida keltirilgan maqsadli ko‘rsatkich va indikatorlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 26-noyabrdagi 4/11769-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida tashish va saqlash sohasida yaratilgan qo‘shilgan qiymat hajmi pessimistik ssenariyada 25,2 foizga kamayishi, bazaviy ssenariyada – 10,5 foizga, optimistik ssenariyada esa 28,2 foizga ortishi mumkinligi aniqlandi.