Aripova Madina Xalimdjanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy dala shpatlari asosida seolit-NaX olish texnologiyasi va qo‘llanilishi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5562.
Ilmiy rahbar: Aminov Zayir, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.12.05.
Rasmiy opponentlar: Shukurov Jamshid Sultonovich, texnika fanlari doktori, professor; Mukimov Abdullo Soatovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy dala shpati asosida seolit-NaX olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xom ashyolardan dala shpati hamda granit minerali asosida sintetik quyi modulli T = 80-90 °S haroratda 6 soat davomida A tipdagi seolit sintez bo‘ladi, T = 95-100 °S haroratda 12 soat davomida X tipdagi seolitlar olingan;
Samarqand viloyati hududida mavjud tabiiy granit minerali asosida seolit sintez qilingan; 
olingan sintetik seolitlarning tabiiy gazlarni tozalash-quritishda muhim bo‘lgan adsorbsion xossalarini tadqiq etish natijasida suvga chidamlilik massa ulushi 99,3%, dinamik sig‘im suv bug‘i bo‘yicha 118 mg/sm3, mexanik mustahkamlikga ega  18,6 kg/tabletka bo‘lgan seolit sintez qilingan;
sintetik seolitlar olish uchun massa jihatdan komponentlar quyidagicha bo‘lishi lozimligi aniqlangan: granit – 80 %; alyuminiy oksidi – 7%; natriy ishqori – 13%;
olingan Na-X formada seolit tabiiy gazni namlikdan quritishda qo‘llanildi, sintez qilingan seolit 280 – 285 mg/g namlik sig‘imiga ega, suvga chidamlilik massa ulushi 99,8% ni tashkil qilishi aniqlangan;
sintetik seolitlar olish uchun material balans, texnologik rejim hamda texnologik sxema ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyi modulli sintetik seolitlar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan seolitlar naminalari “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” da sinovlardan o‘tkazidi hamda tabiiy gazlarni quritish-tozalashda qo‘llashga joriy qilingan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning 2025 yil 1 maydagi 703-G‘K-05-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sinov natijalariga ko‘ra olingan mahsulotlar gazlarni namlikdan quritishda qo‘llash mumkinligi, bunda “shudring nuqtasi” – 38 ºS ga qadar namlik yoʻqotilishiga erishish imkonini bergan;
sintez qilingan seolit-NaX Muborak gazni qayta ishlash zavodida tabiiy gazni namlikdan qurutish maqsadida adsorbent sifatida amaliyotda qo‘llanildi (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” ning 2025 yil 1 maydagi 703- G‘K-09-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi adsorbentlarni mahalliylashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish