Alimuxamedov Djaxangir Djamalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoq chuqur venalari o‘tkir trombozi bo‘lgan bemorlarni davolash usullarini optimallashtirish», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2591.
Ilmiy rahbar: Muminov Shuhrat Manapovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.18.01.
Rasmiy opponentlar: Irnazarov Akmal Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipova Visolat Hamzaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Janubiy Ural davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chov burmasidan pastidagi oyoq chuqur venalari o‘tkir trombozida tashxis va davolash algoritmini takomillashtirish orqali bemorlarni davolash samarasini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oyoqlarning chov burmasidan pastda joylashgan chuqur venalari o‘tkir trombozining klinik kechish xususiyatlari, asoratlari va davolashning ijobiy natijalari o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi rivojlanishi, kechishi va undan statsionar ichidagi o‘lim ko‘rsatkichlari bilan patogenetik jihatdan uzviy bog‘liqligi asoslangan;
oyoqlarning chov burmasidan pastda joylashgan chuqur venalari o‘tkir trombozi o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi bilan asorratlanishida trombning flotatsiyalanuvchi va devoroldi shakllari, trombotik massalarning past zichligi, trombning yuqori uchdan bir qismi son venasining darajasida proksimal joylashishi hamda oldin o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi o‘tkazilganligi kabi omillarning yuqori prognostik ahamiyati asoslangan;
chov burmasidan pastdagi oyoq chuqur venalari o‘tkir trombozida taklif etilgan son venasini chuqur son venasi bilan konflyuensidan pastdagi sathida so‘riluvchi ip bilan bog‘lash usulining samaradorligi bog‘langan tomirning endoteliysini saqlanishi va tomir bo‘shligining keyinchalikda qayta ochilishi tufayli qon oqimi tiklanishi hisobiga isbotlangan;
taklif etilgan oyoqlarning chov burmasidan pastda joylashgan chuqur venalari o‘tkir trombozida tashxislash va davolash taktikasini tanlashga yo‘naltirilgan shaxsiylashtirilgan algoritmining samaradorligi trombning asosiy exografik parametrlari va klinik alomatlarini majmuaviy baholash tamoyiliga tayangan holda davolash taktikasini individuallashtirish, tromboembolik asoratlar chastotasi hamda statsionar davolash muddatlarini ishonchli kamaytirish hisobiga isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ushbu tadqiqot natijalari oyoq chuqur venalari o‘tkir trombozi bilan og‘rigan bemorlarni davolash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning xulosasi, 27.03.2025 y. dan № 2-bayonnoma):
birinchi ilmiy yangilik: oyoqlarning chov burmasidan pastda joylashgan chuqur venalari o‘tkir trombozining klinik kechish xususiyatlari, asoratlari va davolashning ijobiy natijalari o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi rivojlanishi, kechishi va undan statsionar ichidagi o‘lim ko‘rsatkichlari bilan patogenetik jihatdan uzviy bog‘liqligi  asoslanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona (18.09.2025 yildagi № 412-sonli buyruq) va Buxoro (11.09.2025 yildagi № 384-sonli buyruq) viloyat filiallarining  klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar shoshilinch angioxirurgik yordam ko‘rsatish sifatini ob’ektiv baholash, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasidan o‘limni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni rejalashtirish uchun ilmiy asos yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘pka arteriyasi tromboemboliyasidan o‘limning 11,7 martaga kamayishi va o‘rtacha statsionar davolanish muddatining 14,2±3,8 dan 10,6±2,5 kunga qisqarishi sog‘liqni saqlash resurslarini sezilarli darajada tejaydi; gospitalizatsiya muddatini qisqartirishdan olinadigan hisoblangan iqtisodiy samara har bir bemorga o‘rtacha 350000 so‘m, tadqiqot kesimida esa 132,65 mln so‘m miqdorida iqtisodiy samaraga erishishga imkon yaratgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: oyoqlarning chov burmasidan pastda joylashgan chuqur venalari o‘tkir trombozi o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi bilan asorratlanishida trombning flotatsiyalanuvchi va devoroldi shakllari, trombotik massalarning past zichligi, trombning yuqori uchdan bir qismi son venasining darajasida proksimal joylashishi hamda oldin o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi o‘tkazilganligi kabi omillarning yuqori prognostik ahamiyati asoslanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona (18.09.2025 yildagi № 412-sonli buyruq) va Buxoro (11.09.2025 yildagi № 384-sonli buyruq) viloyat filiallarining  klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan mezonlarni qo‘llash trombning exografik xususiyatlari asosida o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi xavfi yuqori bemorlarni erta aniqlash, davolash taktikasini optimallashtirish va tashxis xatolari sonini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan mezonlar bo‘yicha tashxis va davolash taktikasini aniqlash gospitalizatsiya muddatini qisqartirishga imkon berdi; vaqtincha mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqartirish va asoratlar chastotasini kamaytirish hisobiga 78000000 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlik ta’minlandi;
uchinchi ilmiy yangilik: chov burmasidan pastdagi oyoq chuqur venalari o‘tkir trombozida taklif etilgan son venasini chuqur son venasi bilan konflyuensidan pastdagi sathida so‘riluvchi ip bilan bog‘lash usuli ilmiy asoslandi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona (18.09.2025 yildagi № 412-sonli buyruq) va Buxoro (11.09.2025 yildagi № 384-sonli buyruq) viloyat filiallarining  klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: son venasini bog‘lash usuli texnik jihatdan sodda, plikatsiyaga nisbatan kamroq jarohatlovchi va mahalliy anesteziya ostida bajarilishi hisobiga anesteziologik xavfini kamaytirish va o‘pka arteriyasi tromboemboliyasini jarrohlik profilaktikasiga ko‘rsatmalarni kengaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: son venasini bog‘lash usulini qo‘llash orqali jarrohlik asoratlari chastotasini 16,0% dan 9,2% gacha kamaytirish va o‘rtacha statsionar davolanish muddatini qisqartirish hisobiga 64000000 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlik ta’minlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: taklif etilgan oyoqlarning chov burmasidan pastda joylashgan chuqur venalari o‘tkir trombozida tashxislash va davolash taktikasini tanlashga yo‘naltirilgan shaxsiylashtirilgan algoritmi asosida elektron dastur ishlab chiqildi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona (18.09.2025 yildagi № 412-sonli buyruq) va Buxoro (11.09.2025 yildagi № 384-sonli buyruq) viloyat filiallarining  klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: algoritm bemorlarni embologenlik darajasiga ko‘ra o‘z vaqtida stratifikatsiya qilish va individual davolash usulini tanlashga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: shaxsiylashtirilgan algoritmni qo‘llash o‘rtacha statsionar davolanish muddatini 14,2±3,8 dan 10,6±2,5 oyka-kungacha qisqartirish hisobiga kuzatuv davrida 142000000 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlandi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish