Allayarov Suxrob Rustamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yashil iqtisodiyot sharoitida ekologik innovatsiyalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Iqt1035.
Ilmiy maslahatchi: -
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Haydarov Nizomiddin Hamroevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Usmonov Qahramon Akbaralievich; iqtisodiyot fanlari doktori, Alimardonov Muxammadali Ibragimovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ekologik innovatsiyalarni moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ekologik innovatsiya” tushunchasi atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, tabiiy resurslardan oqilona va barqaror foydalanish, shuningdek, yashil iqtisodiyot tamoyillarini amaliyotga joriy etish maqsadida yaratilgan hamda tatbiq etiladigan ilg‘or texnologiyalar, ekologik mahsulotlar, xizmatlar, boshqaruv hamda moliyaviy mexanizmlarni o‘z ichiga olgan innovatsion faoliyat shakli sifatida takomillashtirilgan;
yashil iqtisodiy infratuzilmaga katta miqdordagi davlat kapitalini yo‘naltirish maqsadida davlat kapital mablag‘larini bosqichma-bosqich 5 yil davomida jami davlat investisiyalarining 25 foizigacha “yashil” iqtisodiyot infratuzilmasiga yo‘naltirish, taklif etilgan;
ekologik tamoyillarni o‘zining kundalik hayotiga joriy etishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan banklarda iste’mol kreditini olishda chegirma taqdim etish taklif etilgan;
qurilish materiallari ishlab chiqarish va kimyo sanoatida ekologik normativlarni individual emas, balki tarmoq usulida belgilash amaliyotini joriy etish, ushbu tarmoqlarda ekologik talablarni moliyalashtirish jarayonini standartlashtirish, resurslarni maqsadli yo‘naltirish, hamda xalqaro ekologik fondlar va yashil obligatsiyalar orqali jalb qilinadigan sarmoyalar hajmini 25 foizga oshirish taklif etilgan;
qiymati 10 million AQSh dollardan yuqori bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik asosida yangi loyihalarni “Source” xalqaro platformasi va “PIERS” tizimi bilan integratsiya qilish orqali loyihalarning «yashil komponent»lari va barqaror rivojlanish maqsadlariga mosligini baholashni yo‘lga qo‘yish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yashil iqtisodiyot sharoitida ekologik innovatsiyalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ekologik innovatsiya” tushunchasi atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, tabiiy resurslardan oqilona va barqaror foydalanish, shuningdek, yashil iqtisodiyot tamoyillarini amaliyotga joriy etish maqsadida yaratilgan hamda tatbiq etiladigan ilg‘or texnologiyalar, ekologik mahsulotlar, xizmatlar, boshqaruv hamda moliyaviy mexanizmlarni o‘z ichiga olgan innovatsion faoliyat shakli sifatida takomillashtirish taklifi , Oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan “Ekologik menejment” nomli darslik tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025 – yil 10-oktyabrdagi 422-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalari va bo‘lg‘usi mutaxassislarda yashil iqtisodiyot sharoitida ekologik innovatsiyalarni moliyalashtirish mexanizmlarini tahlil qilish, yashil moliyalashtirishga doir nazariy hamda amaliy bilimlarni yanada chuqurlashtirishga yangi bilimlar va ko‘nikmalarning shakllanishiga imkon yaratilgan.
yashil iqtisodiy infratuzilmaga katta miqdordagi davlat kapitalini yo‘naltirish maqsadida davlat kapital mablag‘larini bosqichma-bosqich 5 yil davomida jami davlat investisiyalarining 25 foizigacha “yashil” iqtisodiyot infratuzilmasiga yo‘naltirish, taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida PF-16-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining Byudjet va iqtisodiy masalalar Qo‘mitasining 2025 yil 16 oktyabrdagi 04/2-11-45 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 250 million evro miqdoridagi xalqaro moliya institutlari imtiyozli kredit va grant mablag‘larini yashil va kam uglerodli istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga jalb etish choralarini ko‘rishga erishilgan.
ekologik tamoyillarni o‘zining kundalik hayotiga joriy etishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan banklarda iste’mol kreditini olishda chegirma taqdim etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida PF-16-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining Byudjet va iqtisodiy masalalar Qo‘mitasining 2025 yil 16 oktyabrdagi 04/2-11-45 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Ekofaol fuqaro” maqomini joriy etish va ularga davlat tomonidan moliyaviy rag‘batlar - jumladan, davlat xizmatlaridan foydalanishda 10% chegirma hamda davlat ulushi 50% dan yuqori bo‘lgan banklarda iste’mol kreditlarida chegirmani taqdim etish orqali yashil mahsulotlar va xizmatlarga bo‘lgan talabni 10-15% darajada oshirish, ekologik innovatsiyalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini 15-20% oshirishga hamda iqtisodiy barqarorlik va raqobatbardoshlikni mustahkamlashga erishish ko‘zda tutilgan.
qurilish materiallari ishlab chiqarish va kimyo sanoatida ekologik normativlarni individual emas, balki tarmoq usulida belgilash amaliyotini joriy etish, ushbu tarmoqlarda ekologik talablarni moliyalashtirish jarayonini standartlashtirish, resurslarni maqsadli yo‘naltirish, hamda xalqaro ekologik fondlar va yashil obligatsiyalar orqali jalb qilinadigan sarmoyalar hajmini 25 foizga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida PF-16-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining Byudjet va iqtisodiy masalalar Qo‘mitasining 2025 yil 16 oktyabrdagi 04/2-11-45 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Qurilish materiallari ishlab chiqarish va kimyo sanoatida ekologik normativlarni tarmoq usulida belgilash hamda moliyalashtirish jarayonini standartlashtirish orqali ekologik loyihalarga yo‘naltiriladigan investisiyalar hajmini 15–25% ga oshirish natijasida, sanoat korxonalarining chiqindilarni utilizatsiya qilish xarajatlari o‘rtacha 12–18% ga kamayadi, ishlab chiqarish samaradorligi esa 10–15% ga oshadi hamda investision jozibadorlik sanoat tarmoqlarida o‘rtacha 15–25% gacha oshishiga erishiladi, ayniqsa xorijiy investorlar uchun.
qiymati 10 million AQSh dollardan yuqori bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik asosida yangi loyihalarni “Source” xalqaro platformasi va “PIERS” tizimi bilan integratsiya qilish orqali loyihalarning «yashil komponent»lari va barqaror rivojlanish maqsadlariga mosligini baholashni yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid qonun ijodkorligi faoliyatida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining Byudjet va iqtisodiy masalalar Qo‘mitasining 2025 yil 16 oktyabrdagi 04/2-11-45 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, davlat-xususiy sheriklik loyihalarining yashil komponentlari va barqaror rivojlanish maqsadlariga mosligi ta’minlanib, ekologik risklar kamayadi va investision shaffoflik oshadi.