Aliev Sherzod Abdixomidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asosiy vositalar hisobi va auditini takomillashtirish», 08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2020.
Ilmiy rahbar: Xajimuratov Nizomjon Shukurullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shakarov Qulmat Ashirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnalogiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Asosiy vositalar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalar buxgalteriya hisobi ishchi schyotlar rejasiga 0131 – “Mashina va asbob-uskunalar ish qobiliyatini saqlab turish” hamda 0231 – “Mashina va asbob-uskunalar ish qobiliyatini saqlab turishning eskirishi” nomli schyotlarni kiritish orqali asosiy vositalar hisobining axborot olish imkonini oshirish asoslangan;
asosiy vositalarning real vaqtdagi texnik holati, foydalanish darajasi va moliyaviy natijalarini yagona baza ma’lumotlari tizimi asosida o‘zaro bog‘lash orqali kapitalga bog‘langan mablag‘larni echish, ta’mir va hisob-hujjat aylanmasini qisqartirish asosida umumiy xarajatlarni pasaytirish asoslangan;
moliyaviy hisobot auditi jarayonlarida asosiy vositalar bilan bog‘liq muhim buzib ko‘rsatish risklarini aniqlashda balansdan tashqari hisobga olingan aktivlar ulushi (AUBT ≤ 0,12), etarlicha amortizatsiya qilinmagan asosiy vositalar hissasi (AVHAQ ≤ 0,15), qayta baholash natijasida shakllangan qiymat farqlari (QFQB ≤ 0,12) bo‘yicha chegaraviy koeffisientlarni qo‘llash orqali asosiy vositalar auditida risklarini muqobil darajaga tushirish imkoni asoslangan;
asosiy vositalar auditini tashkil etish bosqichlari tarkibiga yagona baza ma’lumotlari tizimiga yuklangan asosiy vositalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamli vositalar orqali tahlil qilish hamda yuqori riskli aktivlar guruhlari bo‘yicha risk xaritasi tuzishni o‘z ichiga oluvchi “asosiy vositalar bo‘yicha raqamli risk-profillash va aktivlar xaritasini shakllantirish bosqichi”ni kiritish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Asosiy vositalar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
korxonalar buxgalteriya hisobi ishchi schyotlar rejasiga 0131 – “Mashina va asbob-uskunalar ish qobiliyatini saqlab turish” hamda 0231 – “Mashina va asbob-uskunalar ish qobiliyatini saqlab turishning eskirishi” nomli schyotlarni kiritish orqali asosiy vositalar hisobining axborot olish imkonini oshirish taklifi O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, “Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zkimyopolimersavdo” AJlar tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2026-yil 3-fevraldagi 04/MM-sonli, “Qashqadaryo texnologik transport” AJning 2025-yil 10-oktyabrdagi 152-sonli hamda “O‘zkimyopolimersavdo” AJning 2025-yil 3-dekabrdagi 55-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi asosiy vositalar tarkibi va hisobini takomillashtirib, foydalanuvchilarni qarorlar qabul qilish uchun manfaatli bo‘lgan zaruriy axborotlar bilan ta’minlagan;
asosiy vositalarning real vaqtdagi texnik holati, foydalanish darajasi va moliyaviy natijalarini yagona baza ma’lumotlari tizimi asosida o‘zaro bog‘lash orqali kapitalga bog‘langan mablag‘larni echish, ta’mir va hisob-hujjat aylanmasini qisqartirish asosida umumiy xarajatlarni pasaytirish taklifi O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, “Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zkimyopolimersavdo” AJlar tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2026-yil 3-fevraldagi 04/MM-sonli, “Qashqadaryo texnologik transport” Ajning 2025-yil 10-oktyabrdagi 152-sonli hamda “O‘zkimyopolimersavdo” AJning 2025-yil 3-dekabrdagi 55-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi asosiy vositalarni avtomatlashtirish tizimini takomillashtirishga va inson omilidan holi bo‘lgan ishonchli ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilgan;
moliyaviy hisobot auditi jarayonlarida asosiy vositalar bilan bog‘liq muhim buzib ko‘rsatish risklarini aniqlashda balansdan tashqari hisobga olingan aktivlar ulushi (AUBT ≤ 0,12), etarlicha amortizatsiya qilinmagan asosiy vositalar hissasi (AVHAQ ≤ 0,15), qayta baholash natijasida shakllangan qiymat farqlari (QFQB ≤ 0,12) bo‘yicha chegaraviy koeffisientlarni qo‘llash orqali asosiy vositalar auditida risklarini muqobil darajaga tushirish taklifi O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, “Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zkimyopolimersavdo” AJlar tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2026-yil 3-fevraldagi 04/MM-sonli, “Qashqadaryo texnologik transport” AJning 2025-yil 10-oktyabrdagi 152-sonli hamda “O‘zkimyopolimersavdo” AJning 2025-yil 3-dekabrdagi 55-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi asosiy vositalar auditi jarayonlarida risklarini muqobil darajaga tushirishi imkonini bergan;
asosiy vositalar auditini tashkil etish bosqichlari tarkibiga yagona baza ma’lumotlari tizimiga yuklangan asosiy vositalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamli vositalar orqali tahlil qilish hamda yuqori riskli aktivlar guruhlari bo‘yicha risk xaritasi tuzishni o‘z ichiga oluvchi “asosiy vositalar bo‘yicha raqamli risk-profillash va aktivlar xaritasini shakllantirish bosqichi”ni kiritish taklifi O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, “Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zkimyopolimersavdo” AJlar tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining
2026-yil 3-fevraldagi 04/MM-sonli, “Qashqadaryo texnologik transport” AJning 2025-yil 10-oktyabrdagi 152-sonli hamda “O‘zkimyopolimersavdo” AJning 2025-yil 3-dekabrdagi 55-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi audit strategiyasini to‘g‘ri belgilanishiga hamda samarali audit o‘tkazishga imkon yaratgan.