Namozov Jasurbek Quvadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
“Elektr tarmoqlari korxonalarida xarajatlarning buxgalteriya hisobini takomillashtirish”. 08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5490
Ilmiy rahbar: Raximova Guzalbegim Murodovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.08/2025.27.12.I.03.03.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ misolida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq sarf-xarajatlar hamda texnik-tijorat isroflari hisobini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-nazariy va amaliy-uslubiy echimlar, taklif va tavsiyalar shakllantirish hamda ularni amaliyotga tatbiq etishni ko‘zda tutadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Elektr energiyasini elektr tarmoqlari orqali uzatish vaqtida “O‘zdavenergonazorat” DI tasdiqlagan me’yor doirasidagi texnologik sarf miqdori, qabul qilingan elektr energiyasining sotib olish qiymati bo‘yicha hisoblangan holda davr xarajatlariga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha debet 9411 “Elektr energiyani sotish xarajatlari” schyoti; kredit 2990 “Boshqa tovarlar”  schyotida 2991 “Elektr energiyasi” schyotini alohida ajratgan holda buxgalteriya uzatmasi joriy etish taklif etilgan;
elektr energiyani etkazib berishda texnik xususiyatlardan kelib chiqqan holda maishiy iste’molchilar bilan hisob-kitoblarda tariflar o‘zgarishi natijasini buxgalteriya hisobida aks ettirish takomillashtirilgan;
energiya ta’minoti xarajatlari 2014-2024-yillardagi o‘zgarish ko‘rsatkichlari asosida, 2030-yilga qadar prognozlash orqali baholash ko‘rsatkichlari aniqlangan;
elektr energiya ta’minoti xarajatlari va yo‘qotishlarni tan olish va buxgalteriya hisobida aks ettirishning ayrim xususiyatlaridan kelib chiqib,  moliyaviy hisobotning xalqaro standartiga transformatsiya qilish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Elektr energiya ta’minoti xarajatlari hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Elektr energiyasini elektr tarmoqlari orqali uzatish vaqtida “O‘zdavenergonazorat” DI tasdiqlagan me’yor doirasidagi texnologik sarf miqdori, qabul qilingan elektr energiyasining sotib olish qiymati bo‘yicha hisoblangan holda davr xarajatlariga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha debet 9411 “Elektr energiyani sotish xarajatlari” ishchi schetlarini kiritish taklifi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining «2023-yil, 2024-yil uchun hisob siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 03-fevraldagi 01-05-16/160-sonli ma’lumotnomasi), natijada elektr energiya yo‘qotishlarni buxgalteriya hisobining alohida obekti sifatida aks ettirish, elektrdagi yo‘qotishlarni me’yorlariga asosan tarkibiy qismlarining miqdorlari alohida ajratilib, zarur hollarda buxgalteriya hisobi tizimida mustaqil ko‘rsatkichlar sifatida xaqqoniy ifodalash yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, mavjud buxgalteriya tizimi elektr energiyaning tovar balansida aks ettirilgan ma’lumotlarni buzib ko‘rsatilishini oldini olishga, boshqarish uchun to‘liq va etarli, shaffof axborot ta’minotini shakllantirishga, yo‘qotishlarning haqiqiy hajmi, kelib chiqish sabablari, aybdorlari va xaqqoniy qiymatini aniqlash orqali, bartaraf etish va minimallashtirish imkoniyati yaratildi;
elektr energiyani ishlab chiqarish, ta’minoti hamda iste’mol qilishdek uzlyuksiz jarayonning ayrim o‘ziga xos xususiyatlari (masalan, saqlab turish imkonining yo‘qligi, ishlab chiqarish-ta’minoti-iste’mol bir vaqtda ro‘y berishi va hokazo)dan kelib chiqqan holda elektr energiyaning yo‘qotishlarni hisobga olish metodologiyasini takomillashtirish taklifi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining «2023-yil, 2024-yil uchun hisob siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 03-fevraldagi 01-05-16/160-sonli ma’lumotnomasi), natijada ta’minoti xarajatlarini aniqlash, yo‘qotish turlari va miqdorlarini baholash hamda xaqqoniy qiymatda aks ettirish, shuningdek, buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettirish bo‘yicha buxgalterlik provodkalari ishlab chiqilishiga erishilgan;
moliyaviy hisobotning xalqaro standarti talablari asosida elektr ta’minoti korxonalarining hisobot davridagi yo‘qotishlari hajmiga muvofiq moliyaviy ragʻbatlantirish va jazolash ustunlarini o‘zida mujassam etgan, hisobvaraq-fakturaning namunaviy shakli ishlab chiqish taklifi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining «2023-yil, 2024-yil uchun hisob siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 03-fevraldagi 01-05-16/160-sonli ma’lumotnomasi), natijada elektr energiyani sotuvchi korxonalarda har qanday yo‘qotishlar hajmini kamaytirishga bo‘lgan motivatsiya shakllantirilishiga hamda elektrdagi yo‘qotishlari hajmini 1,3 foizga kamayishiga erishilgan;
elektr energiya ta’minoti xarajatlari tan olish va buxgalteriya hisobida aks ettirishning ayrim xususiyatlaridan kelib chiqib, moliyaviy hisobotning xalqaro standartiga transformatsiya qilish taklifi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining «2023-yil, 2024-yil uchun hisob siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 03-fevraldagi 01-05-16/160-sonli ma’lumotnomasi), natijada aksiyadorlar va investorlar uchun muxim bo‘lgan sodda, tushunarli, aniq hamda xaqqoniy qiymat ko‘rsatkichlarini o‘zida jamlagan ma’lumotlar shakllantirilishiga, elektr ta’minoti xarajatlari va yo‘qotishlarning yakuniy moliyaviy natijalarga salbiy ta’sirini baholash, tahlil qilish va hisobda aks ettirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish