Allaberganov Sherali Yuldashevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ikkinchi jahon urushi yillarida Xorazm viloyati”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tar223.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davletov Sanjarbek Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.06.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxit Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor; Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor; Xaitov Shodmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy hayoti tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ikkinchi jahon urushi arafasida respublikada bo‘lgani kabi, sobiq sovet hukumati tomonidan o‘tkazilgan qatag‘onlik siyosatiga qaramay viloyat aholisi iqtisodiyotning barcha sohalarida tinim bilmay ishlagani va yuqori natijalarga erishgani isbotlangan;
Og‘ir urush sharoitlari va viloyatning asosiy transport tarmoqlaridan chetdaligi, sanoat uchun zarur mahsulotlarni keltirish imkoniyati bo‘lmasa ham xorazmliklar mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib sanoat korxonalarini harbiy asosda qayta tiklashda va ishlab chiqarishni yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yishda o‘rni katta bo‘lganligi dalillangan;
Urush yillarida 322 900 nafarni tashkil qilgan viloyat aholisining uchdan bir qismi frontga safarbar qilingan bo‘lsada, qishloq xo‘jaligi sohasida ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi, paxta, pilla, g‘alla, sholi va boshqa turdagi oziq-ovqat etishtirish va uni mudofaa fondi uchun ham jamg‘arish ishlari front ortidagi qariyalar, ayollar, bolalarning zahmatli mehnatlari evaziga amalga oshirilganligi ochiqlangan;
Xorazm viloyati aholisi urushning qiyin kunlarida nafaqat o‘zi balki, boshqa o‘lkalardan ko‘chirib keltirilgan 4617 nafar aholini uy-joy, kiyim-kechak, oziq-ovqat va ish bilan ta’minlashi, ko‘chirib keltirilgan bolalar uyi tarbiyalanuvchilarini bolalar uylariga joylashtirib, barcha sharoitlarni yaratib berishda qilgan mehribonliklari isbotlangan;
Xorazm viloyati harbiy qismlaridan ro‘yhatdan o‘tgan holda frontga ketgan 132 340 nafar xorazmlik yigit-qizlarning to‘liq ma’lumoti maxfiylikdan chiqarilgan arxiv xujjatlari asosida ochiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Xorazm viloyati mavzusi bo‘yicha chiqarilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Ikkinchi jahon urushi arafasida respublikada bo‘lgani kabi, sobiq sovet hukumati tomonidan o‘tkazilgan qatag‘onlik siyosatiga qaramay viloyat aholisi iqtisodiyotning barcha sohalarida tinim bilmay ishlagani va yuqori natijalarga erishgani isbotlanganligi borasida chiqarilgan xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan “Aholi o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, yangilanish jarayonlari va tub islohotlarga daxldorlik xissini uyg‘otish, tarixiy va muhim sanalarda ularni birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar” 23-bandi “Yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy choratadbirlarni yo‘lga qo‘yish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy ma'naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 10-iyundagi 10/336-sonli ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar Ikkinchi jahon urushi arafasida Xorazm viloyati ijtimoiy-ma'naviy hayotini aniq dalillar asosida tushunish imkonini bergan;
Og‘ir urush sharoitlari va viloyatning asosiy transport tarmoqlaridan chetdaligi, sanoat uchun zarur mahsulotlarni keltirish imkoniyati bo‘lmasa ham xorazmliklar mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib sanoat korxonalarini harbiy asosda qayta tiklashda va ishlab chiqarishni yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yishda o‘rni katta bo‘lganligi dalillangan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarida, Ma’naviyat va harbiy vatanparvarlik festivallarini o‘tkazish jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoa fondining 2025-yil 31-yanvardagi 01-11/31-01-2025-sonli ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar Ikkinchi jahon urushi yillarida jang maydonlarida hamda front orti ijtimoiy va xo‘jalik jabhalarida xorazmliklarning o‘rnini to‘laqonli va haqqoniy tushunish imkonini bergan;
Urush yillarida 322 900 nafarni tashkil qilgan viloyat aholisining uchdan bir qismi frontga safarbar qilingan bo‘lsada, qishloq xo‘jaligi sohasida ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi, paxta, pilla, g‘alla, sholi va boshqa turdagi oziq-ovqat etishtirish va uni mudofaa fondi uchun ham jamg‘arish ishlari front ortidagi qariyalar, ayollar, bolalarning zahmatli mehnatlari evaziga amalga oshirilganligi ochiqlangan borasidagi xulosalardan respublika miqyosida yoshlar va harbiylar o‘rtasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarida, Ma’naviyat va harbiy vatanparvarlik festivallarini o‘tkazish jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 3-fevraldagi 02-12-17-600-sonli ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar Ikkinchi jahon urushi yillarida jang maydonlarida hamda front orti ijtimoiy va xo‘jalik jabhalarida Xorazm viloyati aholisining o‘rnini to‘laqonli va haqqoniy tushunish imkonini bergan;
Xorazm viloyati aholisi urushning qiyin kunlarida nafaqat o‘zi balki, boshqa o‘lkalardan ko‘chirib keltirilgan 4617 nafar aholini uy-joy, kiyim-kechak, oziq-ovqat va ish bilan ta’minlashi, ko‘chirib keltirilgan bolalar uyi tarbiyalanuvchilarini bolalar uylariga joylashtirib, barcha sharoitlarni yaratib berishda qilgan mehribonliklari aks ettirilgan qarashlaridan O‘zbekiston Milliy teleradio-kompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2025-yil 6-fevraldagi 01-33/55-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bu ma’lumotlar o‘ta zahmatli mehnatlari bilan, shubhasiz, o‘z shaxsiy jasoratlari bilan shon-shuhratga sazovor bo‘lgan xorazmliklarning urush yillari faoliyati xalqimizning ma’naviy ildizlarini mustahkamlashda va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda xizmat qilgan;
Xorazm viloyati harbiy qismlaridan ro‘yhatdan o‘tgan holda frontga ketgan 132 340 nafar xorazmlik yigit-qizlarning to‘liq ma’lumoti maxfiylikdan chiqarilgan arxiv xujjatlari asosida ochiqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarida, Ma’naviyat va harbiy vatanparvarlik festivallarida samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 4-fevraldagi 14/290-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bu borada chiqarilgan xulosalar madaniy-tarixiy merosni o‘rganish va tadqiq qilish borasidagi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni hayotga tadbiq qilish jarayonida muhim amaliy ahamiyat kasb etgan.