ShARIPOVA Visolatxon Xamzaevnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shoshilinch operatsiyalar perioperatsion davrida mul`timodal analgeziya adekvatligini klinik-patogenetik asoslash», 14.00.37– Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari)

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiy fanlari nomzodi/

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib533

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sabirov Djuraboy Ma’rufbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, 16.07.2013.Tib.17.01

Rasmiy opponentlar: Djong Ku Yong, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yu.S. Polushin, tibbiyot fanlari doktori, professor; T.S.Agzamxodjaev, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Seul Milliy Universiteti (Janubiy Koreya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik

    II. Tadqiqotning maqsadi: turli og‘riqli jarrohlik muolajasida perioperatsion mul`timodal analgeziyaning usullarini ishlab chiqish va uning samaradorligini urganishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

abdominal va shoshilinch torakal jarrohlik muolajalarida bemorlarga qo‘llangan mul`timodal anesteziya-analgeziya usullarining afzalliklari asoslangan;

ko‘krak qafasida va qorin a’zolarida kuchli og‘riq bilan kechadigan jarrohlik muolajalarida perioperatsion mul`timodal analgeziya usullarining sxemalari ishlab chiqilgan;

ball shkalalari yordamida mul`timodal analgeziya asosida og‘riqsizlantirish bilan standart usulini qo‘llashni taqqoslab, operatsiyadan keyingi davrda og‘riqsizlantirishning samaradorligi qiyosiy baholangan;

turlicha og‘riqlar bilan kechadigan jarrohlik muolajalarida perioperatsion mul`timodal anesteziyadan foydalanish operatsiyadan keyingi og‘riqni profilaktika qilish, xamda, narkotik analgetiklarni intra- va operatsiyadan keyingi davrda ehtiyojni kamaytirish imkonini berishi isbotlangan;

operatsiyadan keyingi davrda perioperatsion mul`timodal analgeziyani qo‘llash, operatsiyadan keyin ro‘y beradigan pnevmoniya rivojlanishini kamaytirishiga, me’da-ichak yo‘llarini peristal`tikasini erta tiklanishiga, buyraklar funksiyasini yaxshilashga, tashqi nafas funksiyasi erta tiklanishiga imkon berishi, xamda, bemorlarni reanimatsiya bo‘limida va klinikada yotish muddatini qisqarishiga sabab bo‘lishi asoslab berilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

    Perioperatsion mul`timodal anal`geziya usulini takomillashtirishdan iborat tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallari amaliyotiga tadbiq qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 20.11.2015 y. dagi 83/13 raqamli xulosasi). Xirurgiyada operatsiyadan keyngi og‘riqsizlantirishni takomillashtitishga bag‘ishlangan metodik qo‘llanma hamda zamonaviy anesteziologiyaning yangi istiqbol va yo‘nalishlariga bag‘ishlangan amaliy qo‘llanma ishlab chiqildi. Sog‘liqni saqlash amaliyotida joriy qilingan amaliy tavsiyalar asosida uzoq davom etadigan travmatik abdominal va shoshilinch torakal jarrohlik muolajalarida perioperatsion mul`timodal usullarining qo‘llanilishi anesteziya va operatsiyadan keyingi davrning og‘riqsizlantirish sifatini 56% ga oshirishga, operatsiyadan keyingi asoratlarning 30% ga kamayishga, bemorlarning tez tiklanishi va kasalxonada davolanish muddatini 36% qisqartirishga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish