Shaniyazova Zamira Oralbaevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi):  “Innovatsion menejment tamoyillari asosida qishloq xo‘jaligi korxonalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning uslubiy asoslarini takomillashtirish”. 08.00.13-“Menejment” ixtisosligi bo‘yicha
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.4.DSc/Iqt618. 
Ilmiy maslahatchi: Irisbekova Mavluda Narinbaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Hamdamova Govxar Absamatovna; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ismailov Akmal Maksudovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xangeldieva Guzal Sherovna. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda innovatsion menejment tamoyillari asosida qishloq xo‘jaligi korxonalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.    
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi qyudagilardan iborat: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “innovatsion menejment tamoyillari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni innovatsion jarayonlarda qaror qabul qilish, resurslar taqsimoti, texnologik yangilanish va tijoratlashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish orqali tashkilotning innovatsion salohiyati va iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqaruv munosabatlari jihatidan takomillashtirilgan;
meva-sabzavot mahsulotlarini zamonaviy qadoqlarda realizatsiyaga chiqaradigan hamda zamonaviy qadoqlangan meva-sabzavot mahsulotlarini soliq davrida realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum jami tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 50 foizini tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun foyda solig‘i va o‘zlarining xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan ijtimoiy soliq stavkalarini 1 foiz etib belgilash taklifi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ilmiy-tadqiqot natijalari va innovatsion ishlanmalarni korxonalar faoliyatiga samarali integratsiya qilish darajasini baholash uslubini “yuqori daraja” (0,85 < IDyud ≤ 1,0), “o‘rta daraja” (0,65 < IDo‘d ≤ 0,85), “quyi daraja” (0,35 < IDqd ≤ 0,65) miqdoriy chegaralari orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
meva-sabzavot mahsulotlarini aholi tomorqalari, dehqon va fermer xo‘jaliklaridan yig‘ib, saralab, zamonaviy qadoqlab shartnoma asosida realizatsiya qilgan qishloq xo‘jaligi kooperativlariga qadoq xarajatlarining 25 foizi miqdorda qoplab berish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi korxonalarida innovatsion jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar innofatsion faoliyatning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion menejment tamoyillari asosida qishloq xo‘jaligi korxonalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “innovatsion menejment tamoyillari” tushunchasining iqtisodiy mazmunini innovatsion jarayonlarda qaror qabul qilish, resurslar taqsimoti, texnologik yangilanish va tijoratlashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish orqali tashkilotning innovatsion salohiyati va iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqaruv munosabatlari jihatidan takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Statistika” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 2024-yil 20-oktyabr, 10-sonli buyruq). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda tashkilotning innovatsion salohiyati va iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqaruv munosabatlari jihatidan takomillashtirilgan “innovatsion menejment tamoyillari” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
meva-sabzavot mahsulotlarini zamonaviy qadoqlarda realizatsiyaga chiqaradigan hamda zamonaviy qadoqlangan meva-sabzavot mahsulotlarini soliq davrida realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum jami tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 50 foizini tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun foyda solig‘i va o‘zlarining xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan ijtimoiy soliq stavkalarini 1 foiz etib belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorida inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 1-fevraldagi 02-06/9-02/113-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etgan tadbirkorlik sub’ektlarini soliq mexanizmi orqali rag‘batlantirish imkoni yaratilgan;
qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ilmiy-tadqiqot natijalari va innovatsion ishlanmalarni korxonalar faoliyatiga samarali integratsiya qilish darajasini baholash uslubini “yuqori daraja” (0,85 < IDyud ≤ 1,0), “o‘rta daraja” (0,65 < IDo‘d ≤ 0,85), “quyi daraja” (0,35 < IDqd ≤ 0,65) miqdoriy chegaralari orqali takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 1-fevraldagi 02-06/9-02/113-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ilmiy-tadqiqot natijalari va innovatsion ishlanmalarni korxonalar faoliyatiga samarali integratsiya qilish darajasini baholash uslubini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
meva-sabzavot mahsulotlarini aholi tomorqalari, dehqon va fermer xo‘jaliklaridan yig‘ib, saralab, zamonaviy qadoqlab shartnoma asosida realizatsiya qilgan qishloq xo‘jaligi kooperativlariga qadoq xarajatlarining 25 foizi miqdorda qoplab berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorida inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 1-fevraldagi 02-06/9-02/113-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida meva-sabzavot mahsulotlarini aholi tomorqalari, dehqon va fermer xo‘jaliklaridan yig‘ib, saralab, zamonaviy qadoqlash jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etgan tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy dastaklar orqali rag‘batlantirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi korxonalarida innovatsion jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan innovatsion faoliyatning prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 1-fevraldagi 02-06/9-02/113-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Vazirlik tomonidan 2030-yilga qadar qishloq xo‘jaligi korxonalarining innovatsion faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini xalqaro talablar asosida rivojlanishiga erishishning ta’minlanishi qayd etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish