Maxmudov Erkinjon Askaralievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Arab xalifaligi davrida Farg‘ona vodiysidagi siyosiy jarayonlar”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tar2320.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Saidanvarbek Baxromjon o‘g‘li tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.10.01.
Rasmiy opponentlar: Mahmudov Sherzodxon Yunusovich, tarix fanlari doktori, dotsent, Umarov Baxtishod Baxridin o‘g‘li, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: VIII–IX asr boshlarida Farg‘ona vodiysida kechgan siyosiy jarayonlar, farg‘onaliklarning Arab xalifaligi davlat boshqaruvidagi ishtiroki masalalarini kompleks o‘rganishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Farg‘ona toponimi “Farg‘ona” (فرغانة) shaklida ilk marotaba Xalifa ibn Hayyot (777–855)ning “Kitob at-Ta’rix” asarida qayd etilganligi asoslangan;
Birlamchi manbalar tahliliga ko‘ra, tarixchi olimlar B.G‘afurov (1908–1977) va A.Bernshtam (1910–1956) tomonidan ilgari surilgan farg‘onaliklarning Arab xalifaligiga qarshi kurashida Tang imperiyasi yordam bermaganligi haqidagi farazlar noto‘g‘ri ekanligi aniqlanib, xitoyliklar qo‘shini shimoliy Farg‘ona hududlariga 715-yilda etib kelganligi Sima Guang (1019–1086)ning “Shitzi tongjian” asari asosida isbotlangan;
Arab tilli manbalarga asoslanib, Farg‘ona vodiysining xalifalik tomonidan bosib olinishi VII asrning ikkinchi yarmidan 715-yilgacha, 715-yildan 
751-yilgacha, VIII asr o‘rtalaridan 819-yilgacha bo‘lgan uch boshqichda olib borilganligi dalillangan;
VIII asr oxirlariga kelib Farg‘ona vodiysida Arab xalifaligi siyosiy hokimiyatining zaiflashuvi va qarluqlar ta’sirining ortishiga hududning Bag‘doddan uzoqligi, turkiy qabilalar bilan vodiy xalqlari orasidagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy umumiylik sabab bo‘lganligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arablar davrida Farg‘ona vodiysida kechgan siyosiy jarayonlarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona toponimi “Farg‘ona” (فرغانة) shaklida ilk marotaba Xalifa ibn Hayyot (777–855)ning “Kitob at-Ta’rix” asarida qayd etilganligiga oid ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishi 41-bandida belgilangan “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy me’rosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 15-dekabr 10/847-son ma’lumotnomasi). Natijada, targ‘ibot materiallarining Vatan tarixiga doir ilmiy va ishonchli dalillar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
Birlamchi manbalar tahliliga ko‘ra, tarixchi olimlar B.G‘afurov (1908–1977) va A.Bernshtam (1910–1956) tomonidan ilgari surilgan farg‘onaliklarning arab xalifaligiga qarshi kurashida Tang imperiyasi yordam bermaganligi haqidagi farazlar noto‘g‘ri ekanligi aniqlanib, xitoyliklar qo‘shini shimoliy Farg‘ona hududlariga 715-yilda etib kelganligi Sima Guang (1019–1086)ning “Shitzi tongjian” asari asosida isbotlanganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi”, “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024–2025-yillarda efirga uzatilgan “Tarix ko‘zgusi”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali davlat muassasining 2025-yil 28-noyabr 05-09-1908-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvning VII–IX asr boshlarida Farg‘ona vodiysida kechgan siyosiy jarayonlarga oid ma’lumotlar va ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.
Arab tilli manbalarga asoslanib, Farg‘ona vodiysining xalifalik tomonidan bosib olinishi VII asrning ikkinchi yarmidan 715-yilgacha, 715-yildan 751-yilgacha, VIII asr o‘rtalaridan 819-yilgacha bo‘lgan uch boshqichda olib borilganligiga oid ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishi 41-bandida belgilangan “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy me’rosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 15-dekabr 10/847-son ma’lumotnomasi). Taqdim qilingan ma’lumotlar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uchun tayyorlangan targ‘ibot materiallarini ilmiy va sifat jihatidan boyitilishiga xizmat qilgan;
VIII asr oxirlariga kelib Farg‘ona vodiysida Arab xalifaligi siyosiy hokimiyatining zaiflashuvi va qarluqlar ta’sirining ortishiga hududning Bag‘doddan uzoqligi, turkiy qabilalar bilan vodiy xalqlari orasidagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy umumiylik sabab bo‘lganligiga doir ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi”, “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024–2025-yillarda efirga uzatilgan “Tarix ko‘zgusi”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali davlat muassasining 2025-yil 28-noyabr 05-09-1908-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning O‘zbekiston tarixiga doir bilim, tasavvurlarini yanada boyitilishiga hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish