Alimxodjaeva Nargiza Elshodovnaning 
falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Modalar bozorida neyromarketingdan foydalanish metodologiyasini takomillashtiriish”, 08.00.11-“Marketing”.
Ilmiy rahbari: Teshabaev To‘lqin Zakirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiuot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.1.23.04  raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ismoilova Gulnora Fayzullaevna va iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xakimov Ziyodulla Axmadovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  modalar bozorida neyromarketingdan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha  taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:   uslubiy yondashuvga ko‘ra «modalar bozorida neyromarketingdan foydalanish» tushunchasining iqtisodiy mazmuni iste’molchilarning moda mahsulotlarini tanlashi va xarid qilish jarayonida ularning ongsiz hissiy reaksiyalari, kognitiv jarayonlari hamda qaror qabul qilish mexanizmlarini neyrofiziologik va ruhiy usullar orqali o‘rganish va shu asosda marketing strategiyalarini shakllantirish jarayoni nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
neyromarketingda reklama roliklari, rang uyg‘unligi, mahsulot joylashuvi (merchandayzing) va vitrina dizayni vositalarining xaridor e’tiboriga alohida holdagi ta’siri darajalari aniqlanib, mazkur vositalarning muayyan moda bozori sharoitida o‘zaro turli kombinatsiyalari orqali ta’sirini kuchaytirishning  p=(0.22,0.24,0.21,0.28) vektori maqbul nisbatlari taklif etilgan;
moda sanoati korxonalari raqamli platformalarda mijoz xatti-harakatlarini kuzatish va ularning e’tibor nuqtalarini aniqlashda etracking (0,1≤E≤0,3), elektroensefalografiya (0,4≤EEG≤0,7) va emotsiya xaritalash (0,5≤EX≤0,8) texnologiyalarini joriy etishning miqdoriy chegarasini ta’minlash asosida reklama materiallarining samaradorligini oshirish hamda mijozlarning brendga nisbatan ishonchi va sodiqligini mustahkamlash taklifi asoslangan; 
PLS-SEM modeli asosida sensorli idrok va brendga bo‘lgan ishonchning asosiy iste’molchi o‘zgaruvchilariga ta’siri eng kuchli bog‘liqliklar Brand Trust va Brand Loyalty (0.47) hamda Purchase Intention (0.36) kognitiv ishonch, sensor idrok hissiy va ijtimoiy reaksiyalarga sezilarli ta’siri aniqlangan;
O‘zbekistonda modalar bozorida neyromarketingdan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish doirasida ko‘p omilli ekonometrik modellar asosida to‘qimachilik mahsulotlari sotish hajmining 2030 yilgacha prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Modalar bozorida neyromarketingdan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga koʻra “modalar bozorida neyromarketingdan foydalanish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni iste’molchilarning moda mahsulotlari (kiyim-kechak, aksessuar, oyoq-kiyim, kosmetika va boshqalar)ni tanlashi va xarid qilish jarayonida ularning hissiy reaksiyalari, kognitiv jarayonlari hamda qaror qabul qilish mexanizmlarini neyrofiziologik va psixologik metodlar orqali o‘rganish va shu asosda marketing strategiyalarini shakllantirish jarayoni nuqtai nazaridan takomillashtirish taklifi oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Marketing” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18 avgustdagi 356-sonli buyrug‘i). Mazkur taklif talabalarda moda mahsulotlari (kiyim-kechak, aksessuar, oyoq-kiyim, kosmetika va boshqalar)ni tanlashi va xarid qilish jarayonida ularning ongsiz hissiy reaksiyalari, kognitiv jarayonlari hamda qaror qabul qilish mexanizmlarini neyrofiziologik va psixologik metodlar orqali o‘rganish kabi bilimlarni oshirishda  xizmat qilgan;
modalar bozorida neyromarketing yondashuvlarini tashkil etish va boshqarish faoliyatini mahalliy sharoitlarga mos jihatlarini taqqoslama baholash orqali aniqlangan “iste’molchi hissiyoti”, “vizual identifikatsiya”, “sensor tajriba” “raqamli interaktivlik” va “brend kommunikatsiyasi” kabi innovatsion elementlardan uzoq muddatli brend kapitalini shakllantirishda foydalanish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimiga joriy etilgan. Natijada, Tashkent City Mall, Samarqand Silk Road savdo markazlarida moda chakana savdosini rivojlantirishga imkoniyat yaratildi ;
PLS-SEM modeli asosida sensorli idrok va brendga bo‘lgan ishonchning asosiy iste’molchi o‘zgaruvchilariga ta’siri eng kuchli bog‘liqliklar Brand Trust va Brand Loyalty (0.47 koeffisent) hamda Purchase Intention (0.36 koeffisent) kognitiv ishonch, sensor idrok hissiy va ijtimoiy reaksiyalarga sezilarli ta’sirini aniqlash bo‘yicha taklif  “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yildagi 28 noyabr №  02/06-2788- son ma’lumotnomasi  tizimiga joriy etilgan. Natijada, Bibi Hanum, Moel Bosh, Samo, Art Studio Mir, Atlas Art kabi brendlar Fashion Week va boshqa xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, O‘zbekiston moda industriyasining tanilishiga xizmat qildi;
modalar bozorida brend qiymatini shakllantirish jarayonida isteʼmolchilarning hissiy reaksiyalari va xarid qarorlarini tahlil qilish imkonini beradigan neyromarketing indikatorlariga asoslangan baholash uslubi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi 2025 yildagi 28 noyabr № 02/06-2788- son  ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida mahalliy tabiiy matolar asosidagi kolleksiyalar Parij, London va Istanbul ko‘rgazmalarida namoyish etildi. Bu O‘zbekiston to‘qimachilik merosining brendlashuviga olib kelgan;
Ko‘p omilli ekonometrik modellar asosida O‘zbekistonda to‘qimachilik mahsulotlari sotish hajminining 2030 yilgacha prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.(“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi 2025 yildagi 28 noyabr № 02/06-2788- son  ma’lumotnomasi). Natijada, “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish 2030” strategiyasining mahsulot dizaynini modernizatsiya qilish va mahalliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash vazifalari shakillantirishda  foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish