Muftaydinova Shaxnoza Kiyomiddinovnaning
 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma`lumotlar.
 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tashqi genital endometriozni tashxislash, xirurgik davolash va oldini olishda multidissiplinar yondashuv», 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Tib887.
Ilmiy maslaxatchilar:  Buralkina Natal`ya Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim, Muminova Ziyoda Abrorovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.05.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Djaxongir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dubrovina Svetlana Olegovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya).
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomli Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tashqi genital endometriozning turli shakllarida tibbiy yordam ko‘rsatishda multidissiplinar yondashuvga asoslangan integratsiyalashgan konsepsiyani ishlab chiqish orqali tashxislash tizimini va bemorlarni olib borish taktikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chuqur infil`trativ endometriozda klinik, nurli (TVUZI, MRT) va endoskopik usullarning kompleks qo‘llanilishining diagnostik samaradorligi kasallik fenotipiga bog‘liq holda diagnostik aniqlik ko‘rsatkichlari (sezgirlik, o‘ziga xoslik, ROC-tahlil) ni miqdoriy baholash asosida ilmiy jihatdan isbotlangan;
chuqur infil`trativ endometriozda eutopik endometriyning sekretor fazasida EphA4 ekspressiyasining oshishi (p=0,038) hamda nazorat guruhiga nisbatan eutopik va ektopik endometriyda EphB4 ekspressiyasining ishonchli oshishi (p<0,001) tashqi genital endometriozning infil`trativ shakllari patogenezida EphA4 va EphB4 ning ishtiroki isbotlangan;
EphA4, EphB4 va VEGF (IGX) ekspressiyasi asosida chuqur infil`trativ endometriozning diagnostik modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, uning diagnostik ahamiyati ROC-tahlil bilan tasdiqlangan (EphA4 uchun AUC — 0,751, EphB4 uchun AUC — 0,74; p<0,005), ≥77 shartli birlik bo‘sag‘asida sezgirlik 68,57% va o‘ziga xoslik 64,52% ni tashkil etgani aniqlanib, EphA4, EphB4 va VEGF ning diagnostik va prognostik ahamiyati isbotlangan;
efrin signal tizimini hujayralarning apoptozga chidamliligi va endometrioz rivojlanishi mexanizmlarida ishtirok etishi EphA4 va EphB4 reseptorlari ekspressiyasi hamda apoptoz markeri Bcl-2 o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik orqali isbotlangan;
chuqur infil`tratsiya qiluvchi endometriozli bemorlarni ko‘p tarmoqli davolashning fenotipga yo‘naltirilgan jarrohlik taktikasi integratsiyalashgan konsepsiyasi, og‘riq sindromining pasayishini (VASh: 72 soat — p<0,05; 6–8 soat — p<0,001), gospitalizatsiya muddatining 1,36 martaga qisqarishini (7,0 ga qarshi 9,5 kun; p<0,001), operatsiyadan keyingi yotoq kunining 1,30 martaga kamayishini (5,0 ga qarshi 6,5 kun; p=0,001), SF-36 ko‘rsatkichlarining yaxshilanishini («tanaviy og‘riq»: 42→73; p<0,001) va homiladorlikka erishish darajasining 39,6% gacha oshishini ta’minlashi ilmiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tashqi genital endometriozning klinik, instrumental, morfologik va molekulyar ko‘rsatkichlarini kompleks o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, shuningdek ushbu patologiyaga ega bemorlarni diagnostika qilish va olib borish taktikasini patogenetik jihatdan asoslangan holda takomillashtirishga qaratilgan ishlanmalar asosida, multidissiplinar yondashuvga asoslangan integratsiyalashgan konsepsiya ishlab chiqildi:
birinchi ilmiy yangilik: chuqur infil`trativ endometriozda klinik, nurli (TVUZI, MRT) va endoskopik usullarning kompleks qo‘llanilishining diagnostik samaradorligi kasallik fenotipiga bog‘liq holda diagnostik aniqlik ko‘rsatkichlari (sezgirlik, o‘ziga xoslik, ROC-tahlil) ni miqdoriy baholash asosida ilmiy jihatdan isbotlanganligi, Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 23-dekabrdagi №12-24/441-t-son bilan tasdiqlangan “Optimizatsiya algoritma vedeniya patsientok s razlichnimi formami endometrioza” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika Perinatal Markazi amaliyotiga 2025-yil 27-martdagi №120-son buyrug‘i va RIO VA BSIATM Xorazm viloyati filialining amaliyotiga 2025-yil 25-apreldagi №58-I-sonli buyrug‘i asosida joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi  Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi №26/25-son xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: klinik, nur (TVUZI, MRT) va endoskopik usullardan foydalangan holda kompleks diagnostik yondashuvni joriy etish endometriozni erta verifikatsiya qilish, kasallikning infil`trativ shakllarini o‘z vaqtida aniqlash va davolash taktikasini ilmiy asoslangan tarzda tanlashni ta’minlaydi. Bu diagnostik xatolar sonini kamaytirishga, kech aniqlanadigan holatlar ulushini qisqartirishga, organosaqlovchi davolash imkoniyatlarini kengaytirishga hamda reproduktiv yoshdagi ayollar hayot sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks diagnostika etishmasligi endometriozning kech aniqlanishiga, kasallikning rivojlanishi va keng tarqalgan hamda infil`trativ shakllarining shakllanishiga olib keladi, bunday holatlarni davolash esa katta moliyaviy xarajatlar bilan bog‘liq. Bunday shakllarni davolashning o‘rtacha qiymati bir klinik holat uchun 12–15 mln so‘mni tashkil etadi. Shu bilan birga, klinik, TVUZI, MRT va endoskopik usullar asosida erta kompleks diagnostika 1,2–2,0 mln so‘mni talab qiladi va jarayon rivojlanishining oldini olish imkonini beradi. Ishlab chiqilgan diagnostik algoritmni joriy etish asossiz xirurgik aralashuvlar sonini 18–25% ga kamaytiradi va bir klinik holat uchun 9–12 mln so‘mgacha iqtisod qilish imkonini beradi, umumiy davolash va reabilitatsiya xarajatlarini 20–35% ga qisqartiradi. Xulosa: Klinik, nurli va endoskopik usullar asosida kompleks endometrioz diagnostikasini joriy etish diagnostika aniqligini oshirish va davolash taktikasini optimallashtirishni ilmiy jihatdan asoslaydi hamda sog‘liqni saqlash tizimi uchun ahamiyatli ijtimoiy va iqtisodiy afzalliklarni ta’minlaydi;
ikkinchi ilmiy yangilik: chuqur infil`trativ endometriozda eutopik endometriyning sekretor fazasida EphA4 ekspressiyasining oshishi (p=0,038) hamda nazorat guruhiga nisbatan eutopik va ektopik endometriyda EphB4 ekspressiyasining ishonchli oshishi (p<0,001) tashqi genital endometriozning infil`trativ shakllari patogenezida EphA4 va EphB4 ning ishtiroki isbotlanganligi, Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 23-dekabrdagi №12-24/441-t-son bilan tasdiqlangan “Optimizatsiya algoritma vedeniya patsientok s razlichnimi formami endometrioza”, №12-24/444-t-son bilan tasdiqlangan “Novie metodi v molekulyarnoy diagnostike i terapii glubokogo endometrioza”   nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika Perinatal Markazi amaliyotiga 2025-yil 27-martdagi №120-son buyrug‘i va RIO VA BSIATM Xorazm viloyati filialining amaliyotiga 2025-yil 25-apreldagi №58-I-sonli buyrug‘i asosida joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi  Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi №26/25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: eutopik endometriyda EphA4 reseptorining giper-ekspressiyasini verifikatsiyalash uning oddiy biopsiya materialini tahlil qilishda infil`trativ o‘sishning erta va noinvaziv molekulyar prediktori sifatida ishlatilishi uchun asos bo‘ladi. 165 shartli birlikdagi kesish nuqtasida 88,89% sezgirlikka erishish har 10 ChE holatidan deyarli 9 tasini aniqlashni ta’minlaydi va gistologik tekshiruvning prognostik qiymatini sezilarli darajada oshiradi. Operatsiyadan oldingi bosqichda EphA4 giper-ekspressiyasining aniqlanishi invaziya darajasi va jarayonning tarqalishini yuqori aniqlikda prognoz qilishga yordam beradi, bu esa o‘z vaqtida murakkab multidissiplinar jarrohlikni rejalashtirish va tor mutaxassislarni jalb qilish uchun asosiy omil hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorligi: EphA4 ni ChIE markeri sifatida baholashni joriy etish diagnostika yo‘nalishini sezilarli darajada ratsionalizatsiya qilishga olib keladi, bu qimmat usullarni (masalan, kichik chanoq a’zolari MRT) birlamchi bo‘g‘inla mavjud va informativ IGX-testi bilan almashtirish imkonini beradi. EphA4 ning yuqori sezgirligi (88,89%) hisobiga asossiz va yuqori xarajatli diagnostik laparoskopiyalar ulushi kamayadi. Laparoskopiya narxi 2700000 so‘mdan 9000000 so‘mgacha o‘zgaradi. 15–20% keraksiz invaziv aralashuvlarning oldini olish sezilarli darajada to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy tejashni ta’minlaydi. Instrumental tekshiruvlarni optimallashtirish: Molekulyar marker kontrastli kuchaytirilgan qimmat MRT larni takroran o‘tkazish zaruratini kamaytiradi (o‘rtacha narxi 840000 so‘mdan 1200000 so‘mgacha). ChIE ning erta va aniq verifikatsiyasi adekvat birlamchi davolashga yordam beradi, bu murakkab operatsiyalarni talab qiladigan og‘ir asoratlarning rivojlanishini oldini oladi (narxi 8500000 so‘mdan yuqori), shuningdek, qaytalanish ehtimolini kamaytiradi. Bu uzoq muddatda umumiy davolash xarajatlarini 15–25% ga qisqartirish uchun asos bo‘ladi. Xulosa: EphA4 ning fazaga bog‘liq xususiyatlari va ChE da uning giper-ekspressiyasini 165 shartli birlik chegarasida 88,89% sezgirlik bilan aniqlash kasallikning invaziv o‘sishga moyilligini erta molekulyar baholashni ta’minlaydi. Markerni joriy etish diagnostika yo‘nalishini optimallashtirishga, rejalashtirilgan jarrohlik aralashuvlarining xavfsizligini oshirishga va invaziv protseduralar (laparoskopiya 2,7 – 9 mln so‘m) va qimmat instrumental tekshiruvlarga (MRT 1,2 mln so‘mgacha) ehtiyojni kamaytirish hisobiga sezilarli iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi;
uchinchi ilmiy yangilik: EphA4, EphB4 va VEGF (IGX) ekspressiyasi asosida chuqur infil`trativ endometriozning diagnostik modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, uning diagnostik ahamiyati ROC-tahlil bilan tasdiqlangan (EphA4 uchun AUC — 0,751, EphB4 uchun AUC — 0,74; p<0,005), ≥77 shartli birlik bo‘sag‘asida sezgirlik 68,57% va o‘ziga xoslik 64,52% ni tashkil etgani aniqlanib, EphA4, EphB4 va VEGF ning diagnostik va prognostik ahamiyati isbotlanganligi, Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 23-dekabrdagi №12-24/441-t-son bilan tasdiqlangan “Optimizatsiya algoritma vedeniya patsientok s razlichnimi formami endometrioza”, №12-24/444-t-son bilan tasdiqlangan “Novie metodi v molekulyarnoy diagnostike i terapii glubokogo endometrioza”   nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika Perinatal Markazi amaliyotiga 2025-yil 27-martdagi №120-son buyrug‘i va RIO VA BSIATM Xorazm viloyati filialining amaliyotiga 2025-yil 25-apreldagi №58-I-sonli buyrug‘i asosida joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi  Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi №26/25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: rivojlantirilgan diagnostik model`ga VEGF ni kiritish ChIE faolligi va kasallikning agressiv kechishini erta aniqlashni ta’minlaydi, bu esa gormonal terapiyani va dispanser kuzatuv taktikasini individuallashtirish imkonini beradi. Kasallikni aniq dooperatsion verifikatsiya qilish jarrohlik aralashuvi hajmini noto‘g‘ri tanlash xavfini kamaytiradi va bemorlarni ixtisoslashgan markazlarga o‘z vaqtida yo‘naltirishga xizmat qiladi. Bu tuxumdonlarning yatrogen shikastlanishini minimallashtiradi, ovarial zahiraning pasayishini oldini oladi va reproduktiv funksiyani saqlash hamda amalga oshirish imkoniyatlarini oshiradi, bu esa reproduktiv yoshdagi ayollar uchun yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: EphA4, EphB4 va VEGF ni o‘z ichiga olgan kompleks mul`timarkerli diagnostika modeli (>90% sezgirlik va >85% spesifiklik) chuqur infil`trativ endometriozni (ChIE) erta verifikatsiya qilish va diagnostika marshrutini optimallashtirishni ta’minlaydi. Ushbu modelni qo‘llash MRT tekshiruvlariga bo‘lgan ehtiyojni (taxminan 1,0–1,2 mln so‘m) va asossiz diagnostik laparoskopiyalarni (taxminan 4,6–7,3 mln so‘m) kamaytiradi, natijada har bir bemorga to‘g‘ri keladigan xarajatlar 1,5 mln so‘mgacha qisqaradi. Angiogen faolligini (VEGF) erta aniqlash kasallikning og‘ir shakllargacha progressiya qilish xavfini pasaytiradi, qiymati 15,4 mln so‘mgacha bo‘lgan murakkab operatsiyalarga ehtiyojni kamaytiradi va davolashga ketadigan umumiy xarajatlarni 15–25% ga qisqartiradi. Xulosa: Ishlab chiqilgan diagnostika modeli Respublika sog‘liqni saqlash tizimida diagnostika marshrutini sezilarli darajada optimallashtirish, operatsion resurslardan maqsadli foydalanish va differensial diagnostika bosqichida har bir bemor uchun o‘rtacha 1500000 so‘mgacha iqtisod qilish orqali muhim iqtisodiy samarani ta’minlaydi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: efrin signal tizimini hujayralarning apoptozga chidamliligi va endometrioz rivojlanishi mexanizmlarida ishtirok etishi EphA4 va EphB4 reseptorlari ekspressiyasi hamda apoptoz markeri Bcl-2 o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik orqali isbotlanganligi, Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 23-dekabrdagi №12-24/441-t-son bilan tasdiqlangan “Optimizatsiya algoritma vedeniya patsientok s razlichnimi formami endometrioza”, №12-24/444-t-son bilan tasdiqlangan “Novie metodi v molekulyarnoy diagnostike i terapii glubokogo endometrioza” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika Perinatal Markazi amaliyotiga 2025-yil 27-martdagi №120-son buyrug‘i va RIO VA BSIATM Xorazm viloyati filialining amaliyotiga 2025-yil 25-apreldagi №58-I-sonli buyrug‘i asosida joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi  Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi №26/25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Efrinlar va apoptoz o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni fundamental aniqlash standart gormonal terapiyaga chidamli ektopik o‘choqlarni tanlab yo‘q qilishga qodir bo‘lgan endometriozni davolashning innovatsion maqsadli usullarini ishlab chiqish uchun ilmiy asos yaratadi. Yangi, maqsadli yondashuv uzoq muddatli gormonal preparatlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy muammolarni (ko‘pincha 2 yilgacha), shu jumladan yaqqol nojo‘ya ta’sirlarni (libidoning pasayishi, isitma, kayfiyat o‘zgarishlari) va bemorlarning davolanishga past rioya qilishini potensial ravishda bartaraf etadi. Hujayralarning yashovchanligini tartibga soluvchi molekulyar mexanizmlarga (Bcl-2) muvaffaqiyatli ta’sir qilish qaytalanish chastotasini sezilarli darajada kamaytirishga va uzoq muddatli prognozny yaxshilashga imkon beradi, bu reproduktiv yoshdagi ayollarning hayot sifatini bevosita oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalar endometrioid o‘choqlarida tirozinkinaza reseptorlarini induksiya qilishga qaratilgan target terapiyani ishlab chiqish uchun ilmiy zamin yaratadi. Bunday yondashuvlarni joriy etish 12–24 oy davom etadigan uzoq muddatli gormonal davolashni qisqartirish yoki to‘liq almashtirish imkonini beradi. Gormonal terapiyaning o‘rtacha oylik qiymati (~250000 so‘m)ni hisobga olganda, ikki yillik kurs davomida bir bemorga to‘g‘ri keladigan dori-darmon xarajatlarini 6,0 mln so‘mdan ortiqqa qisqartirish mumkin. Uzoq muddatli istiqbolda davolash taktikasini optimallashtirish gospitalizatsiyalar, takroriy konsul`tatsiyalar va surunkali og‘riq sindromini davolash xarajatlarini kamaytirish hisobiga bir bemorni olib borish bilan bog‘liq umumiy sarf-xarajatlarni 20–30% ga (3,0–6,0 mln so‘m) qisqartirishga olib keladi. Xulosa: EphA4/EphB4 va Bcl-2 o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash muhim iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, target terapiyani ishlab chiqish uchun ilmiy platforma yaratadi. Bu sog‘liqni saqlash tizimida sezilarli iqtisodiy samara beradi, xususan, uzoq muddatli gormonal davolashga ketadigan xarajatlarni (bir kurs uchun 6000000 so‘mdan ortiq) qisqartirish imkonini ta’minlaydi;
beshinchi ilmiy yangilik: chuqur infil`tratsiya qiluvchi endometriozli bemorlarni ko‘p tarmoqli davolashning fenotipga yo‘naltirilgan jarrohlik taktikasi integratsiyalashgan konsepsiyasi, og‘riq sindromining pasayishini (VASh: 72 soat — p<0,05; 6–8 soat — p<0,001), gospitalizatsiya muddatining 1,36 martaga qisqarishini (7,0 ga qarshi 9,5 kun; p<0,001), operatsiyadan keyingi yotoq kunining 1,30 martaga kamayishini (5,0 ga qarshi 6,5 kun; p=0,001), SF-36 ko‘rsatkichlarining yaxshilanishini («tanaviy og‘riq»: 42→73; p<0,001) va homiladorlikka erishish darajasining 39,6% gacha oshishini ta’minlashi ilmiy jihatdan isbotlanganligi,  Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024-yil 23-dekabrdagi №12-24/441-t-son bilan tasdiqlangan “Optimizatsiya algoritma vedeniya patsientok s razlichnimi formami endometrioza”, №12-24/444-t-son bilan tasdiqlangan “Novie metodi v molekulyarnoy diagnostike i terapii glubokogo endometrioza”   nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika Perinatal Markazi amaliyotiga 2025-yil 27-martdagi №120-son buyrug‘i va RIO VA BSIATM Xorazm viloyati filialining amaliyotiga 2025-yil 25-apreldagi №58-I-sonli buyrug‘i asosida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi  Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 oktyabrdagi №26/25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kompleks reabilitatsiya va multidissiplinar protokollarni joriy etish to‘liq remissiya va operatsiya qilingan organlarning funksiyalarini tiklashni ta’minlaydi. Bu tez-tez qaytalanishlar va takroriy operatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan reproduktiv yoshdagi ayollarning xayot sifatini yaxshilaydi. Jarrohlikni optimallashtirish (organlarni saqlash prisiplari) va operatsiyadan keyingi tiklanish fertillikni yaxshilaydi, bu reproduktiv funksiyaning amalga oshirilishiga olib keladi (operatsiyadan keyin bir yil ichida holatlarning 20% gacha), bepushtlikning o‘tkir sotsial muammosini hal qiladi. Fizioterapevtik ta’sirlarni (radon vannalari, magnitoterapiya) o‘z ichiga olgan uch bosqichli reabilitatsiya uzoq muddatli va yaqqol og‘riqsizlantirishni (VASh bo‘yicha og‘riq intensivligini 0,33±0,01 ballgacha kamaytirish) ta’minlaydi, bu bemorlarning hayot sifatini tubdan oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: integratsiyalashgan konsepsiya va erta reabilitatsiya operatsiya atrofidagi asoratlar (bir holatga 2000000 so‘mdan 5000000 so‘mgacha iqtisod) va qaytalanishlar chastotasini kamaytiradi (oldini olingan operatsiya uchun 6000000 so‘mdan 15400000 so‘mgacha iqtisod). FTS protokollari va erta faollashtirishni (fizioterapiya) qo‘llash statsionar davolanish muddatini va mehnatga layoqatsizlik davrini qisqartiradi, statsionar mablag‘larini tejashni va iqtisodiyot uchun bilvosita foyda taʼminlaydi. Reproduktiv natijalarning yaxshilanishi EKU sikllariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Bitta EKU siklining oldini olish (narxi 50000000 so‘m va undan yuqori) eng sezilarli iqtisodni taʼminlaydi, bu multidissiplinar yondashuvni ishlab chiqishga kiritilgan investisiyalarni oqlaydi. Xulosa: Ilmiy asoslangan integratsiyalashgan konsepsiya operatsiya atrofidagi asoratlarni davolash xarajatlarini kamaytirish (bir holatga 10000000 so‘mgacha), takroriy operatsiyalarni oldini olish (15,4 mln so‘mgacha) va eng muhimi, samarasiz EKU yordam sikllaridan (bir sikl uchun 50 mln so‘mdan) kelib chiqadigan moliyaviy yuklamani kamaytiradi va reproduktiv natijalarni yaxshilash hisobiga iqtisodiy samaradorlikni sezilarli darajada oshiradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish