Rahmonov G‘afforjon Ro‘zmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida lug‘aviy sinonimiya va graduonimiyaning o‘zaro munosabati”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.Fil/PhD387.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Nizomiddin Mamadalievich,filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Xurinisa Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor; Yuldasheva Dilafruz Maxamadalievna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilidagi predmet va belgi bildiruvchi sinonimik qatorlar misolida graduonimiyaning voqelanish hodisasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gradual sinonimlardagi farqlovchi semalar aniqlanib, ularning ma’noviy darajalanish hodisasi bilan bog‘liqligi asoslangan;
lug‘aviy sinonimiya va graduonimiya hodisalarining o‘zaro aloqa-munosabati belgilangan;
ayrim so‘zlarning ma’no munosabatida sinonimiya bilan bir vaqtda graduonimiyaning ham amal qilishi dalillangan;
predmet va belgi ifodalovchi 436 ta sinonimik qatordan 149 tasida gradual sinonimlarning darajalanish xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Lug‘aviy sinonimiya va graduonimiyaning o‘zaro munosabatini tadqiq etish natijalari asosida:
“O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining rivojlanish tamoyillari” fundamental ilmiy tadqiqot loyihasining lotin yozuvidagi ko‘p jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” yo‘nalishida lug‘at so‘zliklarida ayrim sinonimlarning ma’nolarini izohlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 18 apreldagi 3/1255-988-son ma’lumotnomasi).Natijada lug‘at so‘zliklari ma’nosining izohi ilmiy asoslangan;
graduonimik birliklar haqidagi nazariy xulosalardan “So‘z ma’no taraqqiyotida ziddiyat. O‘zbek tili enantiosemik so‘zlarining izohli lug‘ati” innovatsion ilmiy tadqiqot loyihasida ayrim enantiosemik birliklarning ma’nosini izohlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 18 apreldagi 3/1255-988-son ma’lumotnomasi). Natijada enantiosemik birliklar ma’nosining izohi ilmiy asoslangan;
o‘zbek tilida lug‘aviy sinonimiya va graduonimiyaning o‘zaro munosabatini o‘rganish materiallaridan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 1 apreldagi “Adabiy muhit” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 22-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallar yangi qarashlar asosida mazmunan boyitilgan.