Sultonova Dildoraxon Toxirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalqaro standartlar talablarini joriy etish asosida ta’lim sifatini takomillashtirish” mavzusida 05.02.04 – “Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5106
Ilmiy rahbar: Mamajonov Abduvoxid Abduraxmonovich kimyo fanlari nomzodi dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat texnika instituti, PhD 03/2025.27.12.T.18.01
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Parakhat Maylievna Matyakubova, texnika fanlari nomzodi, dotsent Akbarov Xatam Ulmasalievich.
Yetakchi tashkilot: “Namangan davlat texnika universiteti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta’lim tashkilotlarini boshqaruv tizimlarini xalqaro standartlari “ISO 9001 Sifat menejmenti tizimlari” va “ISO 21001 Ta’lim tashkilotlari menejment tizimlari” talablariga muvofiqligini ta’minlab, O‘zbekiston milliy standartini ishlab chiqish asosida doimiy takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim boshqaruvini xalqaro menejment tizimlari va manfaatdor tomonlar talablariga muvofiqlikni ta’minlashning rejalashtirish-bajarish-tekshirish-takomillash (PDCA) sikli asosida ta’lim menejmenti tizimlariga jarayonli yondashuv modeli ishlab chiqilgan;
ta’lim tashkilotida transformatsiya modelidan foydalanish hisobiga ISO 21001 Ta’lim menejment tizimlari standartlar talablarining joriy etish bosqichlari va mexanizmlari aniqlanib, ularning o‘zaro funksional bog‘liqligi jarayonli yondashuv asosida asoslangan;
xavf va imkoniyatlarni tahlil qilish asosida oliy ta’lim muassasining ta’lim menejmenti tizimlarini natijaviyligini oshirish, samaradorligiga erishish va muammolar oldini olish jarayoni ishlab chiqilgan;
ta’lim boshqaruvni xalqaro menejment tizimlari va manfaatdor tomonlar talablariga muvofiqligi statistik tahlil asosida ichki auditda aniqlangan nomuvofiqliklar sonining 40,54% dan 86,5% gacha kamayganligi Fisher mezoni bo‘yicha baholanib, samaradorlik koeffisienti asosida isbotlandi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ISO 21001:2018 Xalqaro standarti talablariga muvofiq, tashkilot konteksti, ta’lim sifat siyosati va maqsadlarni, jarayonlar xaritasi va ularning o‘zaro bog‘liqligi mezonlari, xavf va imkoniyatlar, baholash va tuzatuvchi choralarini boshqarish hujjatlari ishlab chiqilan va joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yilning 15-iyuldagi № 02-33-1988-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim muassasalari ichida birinchi bo‘lib ISO 21001:2018 bo‘yicha xalqaro sertifikatiga ega bo‘lgan;
O‘zMSt ISO 21001:2025 (ISO 21001:2018 IDT) “Ta’lim tashkilotlari. Ta’lim tashkilotlari menejment tizimlari. Talablar va qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar” O‘zbekiston milliy standarti ishlab chiqilgan tavsiyalar joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yilning 15-iyuldagi № 02-33-1988-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Standartlar institutining 2025-yil 23-maydagi 111/XSt-son buyrug‘i bilan davlat ro‘yxatiga olingan va 2025-yil 23-iyuldan O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga kiritilgan.