Abdullaev Alimardon Ikromjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori bosimli yonilg‘i nasosining qayta tiklangan plunjer juftliklari orqali ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini asoslash” mavzusida 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T2949
Ilmiy rahbar: Ismatov Jumaniez Fayzullaevich texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Kariomov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat texnika instituti, PhD.03/2025.27.12.T.18.01
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Xudoyarov Anvar Nazirjonovich, texnika fanlari nomzodi, professor Nasirov Ilxam Zakirovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dizel dvigatelli avtomobillarnng qayta tikangan plunjer juftliklariga ega yuqori bosimli yonilg‘i nasosini ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
grafik-analitik yondashuv asosida yuqori bosimli yonilg‘i nasosining plunjer juftliklarida hosil bo‘ladigan tirqish miqdorini aniqlash uslubi hamda ularning eyilish jarayonini tavsiflovchi matematik model takomillashtirilgan; 
plunjer juftliklarining ishchi yuzalari orasida hosil bo‘ladigan abraziv zarrachalarning harakatlanish qonuniyatlari va ularning eyilish jarayoniga ta’sir etish mexanizmi zarrachalarning geometrik o‘lcham va shakllariga bog‘liqligi asoslangan;
plunjer juftliklarining yuza g‘adir-budirlik qiymatlari asosida korrelyasion-regression tahlil usuli yordamida, ularning normal taqsimlanish qonuni bo‘yicha buzilmasdan ishlash ehtimolligini aniqlash uslubi ishlab chiqilgan;  
plunjer juftliklarini gidravlik zichlikka sinash natijalariga asoslanib, eksperimental tadqiqot usullaridan foydalanish orqali ularning ekspluatatsion holatini tavsiflovchi chegaraviy parametrlarni aniqlash uslubi ishlab chiqilgan hamda ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dizel dvigatelli avtomobillarning yuqori bosimli yonilg‘i nasosining qayta tiklangan plunjer juftliklarini ekspluatasion ko‘rsatkichlarini asoslash  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dizel dvigatelli avtomobillarning yuqori bosimli yonilg‘i nasoslarida qayta tiklangan plunjer juftliklarini qo‘llash “Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Asaka tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi”da amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025 yil 27-iyundagi 4/6900-son ma’lumotnomasi). Natijada dizel dvigatelli avtomobillarning yuqori bosimli yonilg‘i nasosidagi plunjer juftliklarini avtotransport korxonalari ta’mirlash ustaxonasi sharoitida qayta tiklash orqali mustahkamligini oshirish, ekspluatatsion davriyligini ta’minlash, yonilg‘i sarfini hamda xarajatlarni kamaytirishiga olib kelgan;
yuqori bosimli yonilg‘i nasosining pulinjer juftliklarini qayta tiklash texnalogiyalarini tanlashning texnik va ekspluatatsion ko‘rsatkichlarni kompleks baholash metodi, “Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Asaka tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi” da amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2025 yil 27-iyundagi 4/6900-son ma’lumotnomasi). Natijada, qayta tiklangan plunjer juftliklariga ega yuqori bosimli yonilg‘i nasosing bosim korsatkichi 3-5 foizga farq qildi, buning natijasida amaliy ekspluatatsiya uchun to‘liq ruhsat etiladigan chegara ko‘rsatkichlari yaxshilangan;
plunjer juftliklarining ekspluatatsion holatini aniqlovchi chegaraviy qiymatlarini aniqlash uslubi “Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Asaka tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi” da amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2025 yil 27-iyundagi 4/6900-son ma’lumotnomasi). Natijada, qayta tiklangan plunjer juftliklari yangisi bilan taqqoslaganda eyilishga chidamliligi 1.1 -1.2 marta oshirishga erishilgan;
qayta tiklangan plunjer juftliklarini qollash, “Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Asaka tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi” da amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2025 yil 27-iyundagi 4/6900-son ma’lumotnomasi).  Natijada, ishlab chiqarishga joriy etilgan texnologiya iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘lib, Andijon viloyati miqyosida ta’mirtalab 338 maxsus avtomobillar hisobidan 2028 dona plunjer tiklansa yillik dasturda 233 mln, 22 ming so‘mlik samara berishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish