Siddiqova Sadoqat G‘afforovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimiga dual ta’limni integratsiyalash jarayonini loyihalashtirish, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Ped1360
Ilmiy maslahatchi: Djuraev Rixboy Xaydarovich – pedagogika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Choriev Ruzimurat Kungratovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Beknazarova Saida Safibullaevna, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimiga dual ta’limni integratsiyalash jarayonini loyihalashtirish orqali talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim sharoitida kredit-modulga asoslangan va dual ta’limning integratsiyalashuvini ta’minlovchi “tarmoq – korxona – oliy ta’lim muassasasi” uchlik modeli sanoat klasterlari, korxona filiallari va professor-o‘qituvchilarning ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan stajirovkalari orqali talabalarning kasbiy-amaliy kompetensiyalarini shakllantirishning metodologik asoslari ishlab chiqildi;
kredit-modul tizimiga integratsiyalashgan dual ta’lim jarayonining tashkiliy-tuzilmaviy modeli vositasida o‘quv modullarining real ishlab chiqarish jarayonlari asosida bog‘lanish mexanizmi asoslab berildi hamda talabaning “nazariy tayyorgarligi – amaliy faoliyati – kasbiy kompetensiyasi” o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik ilmiy jihatdan asoslandi;
dual ta’limni kredit-modul tizimini boshqarish va monitoring qilish “DualEducation BSTU” raqamli axborot-ta’lim platformasi yordamida QR-kodli elektron jurnal asosida talabalar, o‘qituvchilar va sanoat mentorlarining o‘zaro integratsiyalashgan raqamli hamkorligi hamda talabalarning kompetensiyaviy rivojlanishini real vaqt rejimida diagnostika qilish imkonini beruvchi yangi mexanizm yaratildi va joriy qilindi;
talabalarning qiziqishlari, tayyorgarlik darajasi va kasbiy kompetensiyasiga asoslangan modulli-individuallashtirilgan o‘quv traektoriyasi asosida kredit-modul tizimi sharoitida dual ta’limning moslashuvchanligi, refleksivligi va kasbiy yo‘naltirilganligini ta’minlovchi metodik tizim strategiyalari ishlab chiqildi;
“dual ta’lim + kredit-modul tizimi + raqamli texnologiyalar” integratsiyalashgan muhitida talabalarning kasbiy rivojlanishini baholash uchun refleksiv, kompetentli va kreativ-izlanuvchan indikatorlar kompleks diagnostik mezonlar tizimi asosida integratsiyalashgan modelning ta’limiy samaradorligini baholash konsepsiyasi yaratildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimiga dual ta’limni integratsiyalash jarayonini loyihalashtirish va uni ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish natijalari asosida:
kredit-modul tizimiga integratsiyalangan dual ta’lim jarayonining tashkiliy-tuzilmaviy modeli asosida o‘quv modullarini real ishlab chiqarish jarayonlari bilan uzviy bog‘lash mexanizmi ishlab chiqildi hamda talabaning “nazariy tayyorgarlik – amaliy faoliyat – kasbiy kompetensiya” o‘rtasidagi funksional o‘zaro bog‘liqlikni ilmiy jihatdan asoslab berishga yo‘naltirilgan dasturlar asosida “Ilmiy pedagogik ish” darsligi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i, № 425337-son guvohnoma) hamda “Intellektual boshqarish nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i, № 312417-son guvohnoma). Natijada ta’lim jarayonida talabalarning kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv dasturlar mazmuni takomillashtirilgan;
kredit modul tizimiga dual ta’limni integratsiyalash jarayonini loyihalah asosida bo‘lajak muhandislarning kasbiy ko‘nikma va malakalarini tizimli shakllantirishga qaratilgan “DualEducation BSTU” raqamli platformasi yaratilgan hamda interfaol ta’lim metodlarini samarali qo‘llash va dasturiy ta’lim vositalaridan samarali foydalanib, talabalarni innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi”ning 2025-yil 18-noyabrdagi 02/01-01-504-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar dual ta’lim orqali talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalarini oshirishga xizmat qilgan;
ta’lim jarayonining ilmiylik, motivatsion yondashuv, ko‘rgazmalilik, tizimlilik va izchillik tamoyillariga tayanib ishlab chiqilgan, metodik model dual ta’limni kredit-modul tizimi asosida uyg‘unlashtirish imkonini bergan hamda “Texnologik jarayonlarni loyihalash” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni dual ta’lim shaklida tashkil qilish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 2-fevraldagi 1620-8869-a2cb-22bc-9436-0335-8983-sonli maʼlumot-nomasi). Natijada dual ta’limni kredit-modul tizimi bilan uyg‘unlashtirish, model maqsadli, mazmunli, jarayonli, baholash va natija komponentlarining o‘zaro uzviy aloqadorligini ta’minlashga erishilgan;
kredit-modul tizimiga dual ta’limni integratsiyalash orqali bo‘lajak muhandislarda dual ta’lim sharoitida ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish, real muammolarni hal etish, workplace-learning orqali kasbiy malakalarni amalda namoyon etish darajasi oshganligi kuzatildi hamda o‘quv jarayoni samaradorligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan “101082221 – UzMedEn – ERASMUS-EDU-2022-CBHE: New master’s degree and training course programs in the field of medical engineering in Uzbekistan” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi”ning 2025-yil 18-noyabrdagi 02/01-01-504-son ma’lumotnomasi). Natijada, malakali muhandis kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirishga erishilgan.