Miralimova Shahzoda Xasanboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Internet fenomenida ommaviy so‘zlashuv muloqoti”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil3670.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
Ilmiy rahbar: Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Satimova Dilafruzxon Numonjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Xursanov Nurislom Iskandarovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi internet muloqotining shakllanishi va rivoji, o‘ziga xos tamoyillari, lingvistik va medialingvistik omillar hamkorligi va muvofiqligi, verbal va noverbal imkoniyatlar masalasini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
internet nutqi nutqning uchinchi ko‘rinishi, yaʼni “yozma og‘zaki nutq” yoki gibrid shakli sifatida paydo bolib, ozida yozma nutqning grafik shakli hamda og‘zaki muloqotning sintaktik soddaligi, ekspressivligi, spontanligi va adabiy til me’yorlariga amal qilinmasligi asosida shakllanganligi ilmiy asoslangan;
internetning jadal rivojlanishi insonlararo muloqot va ijtimoiy munosabatlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, virtual muhit anʼanaviy muloqot modellarini transformatsiya qilib, tilning lug‘at tarkibi, grammatik tuzilishi, janr va uslub meʼyorlari hamda kommunikativ strategiyalarida yangi tendensiyalarni yuzaga keltirishi, internetning muloqot maydoni sifatida shakllanishi insonlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning yangi mexanizmlarini vujudga keltirib, zamonaviy til jarayonlariga sezilarli darajada ta’sir etuvchi omilga aylangani ochib berilgan;
internet fenomenida ommaviy so‘zlashuv muloqotining zamon va makon cheklovlarining amal qilmasligi, anonimlik, munosabatlarning ixtiyoriyligi va maqsadga muvofiqligi, ishtirokchilarning maqom jihatdan tengligi, qo‘shimcha ifoda vositalari, turli xil audiovizual ma’lumotlar bilan almashish mumkinligi, til vositalarini tanlashda cheksiz imkoniyat, nutqiy muvofiqlik, atipik, meʼyoriy bo‘lmagan xatti-harakatlar imkoniyatlari mavjudligi aniqlangan;
lisoniy shaxsning motivatsion, lingvistik-kognitiv (tezaurus) va verbal-semantik darajalariga ko‘ra, semantik idrok qilish sxemasida motivatsion, shakllantiruvchi va realizatsiya darajalari ajratilgan model axborot texnologiyalarining faol ishlatilishi munosabati bilan paydo bo‘lgan yangi kommunikativ makonda lisoniy shaxsning muloqotda shakllanishi va namoyon bo‘lishi har qanday nutq turi doirasida real o‘ziga xoslik bilan tavsiflangan yangi turdagi lisoniy shaxs sifatidagi kommunikativ imkoniyatlari, kommunikativ maydonining pragmatik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tili internet muloqotining amaliy lisoniy jihatlari tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
internetning kommunikativ makon sifatida shakllanishi odamlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning yangi mexanizmlarini yaratganini va zamonaviy til jarayonlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi omilga aylanganini ko‘rsatuvchi misollar va topilmalar bilan birgalikda pragmatik va lingvistik tahlillarni o‘tkazishda hamda ma’ruzalarimni yanada rivojlantirishda xulosa va natijalardan Mashhad Firdavsi universitetida foydalanilgan. (Mashhad Firdavsi universitetining 2026-yil 22-yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada, pragmatika sohasida qiyosiy mavzular bo‘yicha dissertatsiyalar yozayotgan aspirantlar uchun ham foydali xizmat qildi.
internetning jadal rivojlanishi insonlararo muloqot va ijtimoiy munosabatlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, virtual muhit anʼanaviy muloqot modellarini transformatsiya qilib, tilning lug‘at tarkibi, grammatik tuzilishi, janr va uslub meʼyorlari hamda kommunikativ strategiyalarida yangi tendensiyalarni yuzaga keltirishi asosida shakllantirilgan ilmiy xulosa va natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan “№ IL-402104209” “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion ilmiy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanildi. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 22-yanvardagi №04/1-336-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha nazariy asoslanishi va amaliy samaradorligi oshdi.
internet fenomenida ommaviy so‘zlashuv muloqotining zamon va makon cheklovlarining amal qilmasligi, anonimlik, munosabatlarning ixtiyoriyligi va maqsadga muvofiqligi, ishtirokchilarning maqom jihatdan tengligi, qo‘shimcha ifoda vositalari, turli xil audiovizual ma’lumotlar bilan almashish mumkinligi, til vositalarini tanlashda cheksiz imkoniyat, nutqiy muvofiqlik, atipik, meʼyoriy bo‘lmagan xatti-harakatlar imkoniyatlari mavjudligi aniqlangani bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari va ulardan kelib chiqqan xulosa va natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan “№ AM-FZ-201908172E – “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 18-fevraldagi №04/1-991-son ma’lumotnomasi). Natijada, internetga xos nutqda ijtimoiy va pragmatik omillarning o‘rni, shuningdek, muloqot jarayonida namoyon bo‘ladigan til xususiyatlari (xususan, semantik va strukturaviy shakllar) bo‘yicha olingan ilmiy xulosalar loyiha doirasida o‘quv lug‘atlari yaratishning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish va matn tahlili metodologiyasini yangi nazariy qarashlar bilan boyitishda muhim asos bo‘lib xizmat qildi.
tadqiqotda internetning jadal rivojlanishi insonlararo muloqot va ijtimoiy munosabatlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, virtual muhit anʼanaviy muloqot modellarini transformatsiya qilib, tilning lug‘at tarkibi, grammatik tuzilishi, janr va uslub meʼyorlari hamda kommunikativ strategiyalarida yangi tendensiyalarni yuzaga keltirishi, internetning muloqot maydoni sifatida shakllanishi insonlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning yangi mexanizmlarini vujudga keltirib, zamonaviy til jarayonlariga sezilarli darajada ta’sir etuvchi omilga aylangani ochib berilgan Eshittirishlarda bu ma’lumotlar muloqot maydoni qurilishini takomillashtirish va mazmuniy optimallashtirish uchun xulosa va natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi O‘zbekiston teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarini tayyorlashda (2025-yil dekabr va 2026-yil yanvar oylarida) foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil 30-yanvardagi 05-09-161-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirishlarning ilmiy, ritorik saviyasi ortgan.
internet nutqi nutqning uchinchi ko‘rinishi, yaʼni “yozma og‘zaki nutq” yoki gibrid shakli sifatida paydo bolib, ozida yozma nutqning grafik shakli hamda og‘zaki muloqotning sintaktik soddaligi, ekspressivligi, spontanligi va adabiy til me’yorlariga amal qilinmasligi asosida shakllanganligiga doir ilmiy xulosa va natijalardan Andijon davlat universitetida bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan. (Andijon davlat universiteti 2026-yil 26-yanvardagi 04-321-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha nazariy asoslanishi va amaliy samaradorligi oshdi.