Tashpulatov Abdirosul Eshpulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarixi anbiyo va hukamo” asari manbalari, matn tarixi va ilmiy tanqidiy matnini tuzish tamoyillari”, 10.00.00 – Matnshunoslik va adabi manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.4.PhD/Fil4274.
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zRFA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot
muzeyi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Dilnavoz Rahmonovna, filologiya fanlari doktori, professor;
Muhiddinova Nazmiya Muslihiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asari qo‘lyozma
manbalari va nashr nusxalari qiyosiy tahlili asosida matn tarixini tekshirish, siyarnoma turkumida tutgan o‘rnini aniqlash hamda ilmiy-tanqidiy matnini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Tarixi anbiyo va hukamo” asarining mamlakatimiz va xorijdagi fondlarda saqlanayotgan Navoiy davrida ko‘chirilgan qo‘lyozmalari monografik tavsif etilib, asarning islomiy-irfoniy mohiyati ochiqlangan va siyarnoma turkumiga mansubligi isbotlangan;
“Tarixi anbiyo va hukamo” asarining Turkiya To‘pqopi saroyidagi “Revan-808”, Sulaymoniya kutubxonasidagi Fotih-4056, Parij milliy kutubxonasidagi “Suppl Turc 316-317”, Rossiya FA Sharq qo‘lyozmalari instituti fondidagi “E-1219”, O‘zR FA Sharqshunoslik institutidagi P-7412, 12111, 6871 raqamli – jami 6 ta qo‘lyozma nusxasi qiyoslanib, matniy tafovutlar aniqlangan;
asarning ishonchli qo‘lyozmalari hamda nashr nusxalari qiyosiy tekshirilib, muallif ijodiy niyati va rejasining amalga oshuvi jarayoni ochiqlangan hamda “Tarixi anbiyo va hukamo”ning matn tarixi misollar orqali asoslangan;
asarning mavjud barcha qo‘lyozmalari qiyosi negizida Navoiy asarlari ilmiy-tanqidiy matnlarini yaratishdagi mavjud tajribaga tayangan holda “Tarixi anbiyo va hukamo” asarining ilmiy-tanqidiy matni yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Tarixi anbiyo va hukamo” asari manbalari,
matn tarixi va ilmiy-tanqidiy matnini tuzish tamoyillari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar
asosida:
“Tarixi anbiyo va hukamo” asarining mamlakatimiz va xorijdagi fondlarda saqlanayotgan Navoiy davrida ko‘chirilgan qo‘lyozmalari monografik tavsif etilib, asarning islomiy-irfoniy mohiyati ochiqlangan va siyarnoma turkumiga mansubligi isbotlanganiga oid xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024-yillarda bajarilgan “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 4-sentyabrdagi 04/1-3046-son ma’lumot¬no¬masi). Natijada Alisher Navoiy mualliflik korpusida buyuk shoir asarlarining qo‘lyozma manbalariga oid ma’lumotlar bazasi boyitilgan;
“Tarixi anbiyo va hukamo” asarining Turkiya To‘pqopi saroyidagi “Revan-808”, Sulaymoniya kutubxonasidagi Fotih-4056, Parij milliy kutubxonasidagi “Suppl Turc 316-317”, Rossiya FA Sharq qo‘lyozmalari instituti fondidagi “E-1219”, O‘zR FA Sharqshunoslik institutidagi P-7412, 12111, 6871 raqamli - jami 6 ta qo‘lyozma nusxasi qiyoslanib, matniy tafovutlar aniqlanganiga doir tahlilliy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan “PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 4-sentyabrdagi 04/1-3045-son ma’lumotnomasi). Nati¬jada asar matni tarixiga oid nazariy umumlashmalar hamda ilmiy-tanqidiy matn yaratilishi bilan bog‘liq xulosalar elektron platforma materiallarining boyitilishini ta’minlagan;
asarning ishonchli qo‘lyozmalari hamda nashr nusxalari qiyosiy tekshirilib, muallif ijodiy niyati va rejasining amalga oshuvi jarayoni ochiqlangan hamda “Tarixi anbiyo va hukamo”ning matn tarixi misollar orqali asoslanganiga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024-yillarda bajarilgan “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 4-sentyabrdagi 04/1-3046-son ma’lumot¬no¬masi). Nati¬jada asar matni tarixiga oid nazariy umumlashmalar hamda ilmiy-tanqidiy matn yaratilishi bilan bog‘liq xulosalar elektron platforma materiallarining boyitilishini ta’minlagan;
asarning mavjud barcha qo‘lyozmalari qiyosi negizida Navoiy asarlari ilmiy-tanqidiy matnlarini yaratishdagi mavjud tajribaga tayangan holda “Tarixi anbiyo va hukamo” asarining ilmiy-tanqidiy matni bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan “PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 4-sentyabrdagi 04/1-3045-son ma’lumotnomasi). Nati¬jada elektron platforma asarning ilmiy-tanqidiy matniga doir ilmiy-nazariy xulosalar bilan boyitgan.