Azamatov Umid Zokirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Mahalliy xomashyo asosida noan’anaviy makaron mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish”, 02.00.17 - Qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5262.
Ilmiy rahbar: Sanaev Ermat Shermatovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2025.27.12.T.42.01.
Rasmiy opponentlar: Barakaev Nusratilla Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor; Qurbonov Jamshid Majidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bug‘doy, soya va marjumak unlaridan tayyorlangan kompozit aralashmadan noana’naviy makaron olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
donlarning karatinoid pigmentlari va kraxmal tarkibiga asosan makaronboplik xususiyatlari aniqlanib, makaron mahsulotlari sifatini yaxshilash va biologik qiymatini oshirish uchun soya va marjumak unlari samarali ekanligi asoslangan;
makaron resepturasiga 10 % marjumak va 5 % soya unini qo‘shish xamirning reologik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini yaxshilashi, kompozit aralashmada vitamin-mineral kompleksini sutkalik ehtiyojlarni qondirish foiziga asosan 0.1 % miqdorda qo‘shish maqbul ekanligi isbotlangan;
kompozit aralashma xamirida kleykovina oqsillarining 27,8 dan 23,6 ga kamayishi hisobiga relaksatsiya vaqti 2,5 daqiqani tashkil etib, nazorat namunasi ko‘rsatkichlariga nisbatan 20 % ga kamayishi aniqlangan;
bug‘doy, soya va marjumak unlaridan tayyorlangan kompozit aralashmadan noana’naviy makaron olish texnologiyasini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyo asosida noan’anaviy makaron mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida noan’anaviy makaron mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi «O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoati» uyushmasining “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoati» uyushmasinining 2025 yil 20 maydagi 20-56/05-25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kompozit tarkibli unli aralashmadan noan’anaviy makaron ishlab chiqarish imkonini beradi;
kompozit aralashma asosida makaron ishlab chiqarish texnologiyasi «O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoati» uyushmasining “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoati» uyushmasinining 2025 yil 20 maydagi 20-56/05-25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tavsiya etilgan xo‘l makaron maxsulotlari xamirining reologik xususiyati yaxshilanib, qorilish jarayoni 20-22 daqiqadan 16-18 daqiqaga qisqartirish imkonini beradi.