Omonov Sardor O‘lmasovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kapital bozorini rivojlantirishda ishtirokchilar faolligini ta’minlashning metodologik asoslari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt861.
Ilmiy maslahatchi: Elmirzaev Samariddin Eshquvvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Olimjonov Odil Olimovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Oblomuradov Narzullo Naimovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Berdiyarov Bahriddin Tavasharovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda kapital bozorini rivojlantirishda ishtirokchilar faolligini ta’minlashning metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kapital bozorida davlatning emitent sifatidagi ishtirokini kengaytirish, qimmatli qog‘ozlar bozorida davlat qimmatli qog‘ozlari bilan bog‘liq faoliyat yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda tijorat banklarining kapital bozoridagi faolligini oshirish maqsadida Markaziy bank obligatsiyalarining har oylik emissiyasi hajmini kamida 2 trln. so‘m etib belgilash taklif etilgan;
qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni kengaytirish orqali investorlarga likvidli va investision jozibador moliyaviy instrumentlarni taklif qilish maqsadida muomala muddati 1 oydan kam bo‘lgan Markaziy bank obligatsiyalarining emissiyalarini tashkil etish taklif etilgan;
oltin-valyuta zaxiralarini boshqarishni samarali tashkil etish, mazkur jarayonda risklarni kamaytirish hamda likvidlilik va daromadlilikni oshirish, xalqaro zaxiralarni diversifikatsiya qilish hamda aktivlarning ko‘lamini oshirish maqsadida xorijiy davlat qimmatli qog‘ozlariga 100 mln. AQSh dollari hajmida investisiya kiritish zarurligi asoslangan;
kapital bozorida kompaniya aksiyalariga nisbatan qo‘shimcha talabni shakllantirish maqsadida aksiyalarni maydalash yuzasidan nominal qiymati 1380 so‘m bo‘lgan bir dona aksiyani nominal qiymati 690 so‘m bo‘lgan ikki dona aksiyaga ayirboshlash amaliyotini o‘tkazish taklif etilgan; 
investision portfelni diversifikatsiyalash hamda investision faoliyat daromadliligini oshirish maqsadida kapital bozorining boshqa ishtirokchilari ustav kapitaliga kiritilgan investisiya hajmini 2025-yilda kamida 30 foizga oshirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kapital bozorini rivojlantirishda ishtirokchilar faolligini ta’minlashning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
kapital bozorida davlatning emitent sifatidagi ishtirokini kengaytirish, qimmatli qog‘ozlar bozorida davlat qimmatli qog‘ozlari bilan bog‘liq faoliyat yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda tijorat banklarining kapital bozoridagi faolligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining har oylik emissiyasi hajmini kamida 2 trln. so‘m etib belgilash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining har oylik emissiyasini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025-yil 18-sentyabrdagi 27-11/1161-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida 2025-yilning dastlabki yarim yilligida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan har oyda kamida 2 trln. so‘m obligatsiyalarining emissiyasi amalga oshirilgan bo‘lib, mazkur davrda jami 22 trln. so‘m qiymatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalari joylashtirilgan. Natijada mazkur obligatsiyalar emissiyasi 2025-yilning dastlabki yarim yilligida 2024-yildagi umumiy yillik ko‘rsatkichga nisbatan 25,7 foizga o‘sgan;
qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni kengaytirish orqali investorlarga likvidli va investision jozibador moliyaviy instrumentlarni taklif qilish maqsadida muomala muddati 1 oydan kam bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining emissiyalarini tashkil etish taklifidan muomala davri bir oydan kam bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalari savdosini joriy etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025-yil 18-sentyabrdagi 27-11/1161-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida portfel diversifikatsiyasini optimallashtirish va investision jozibador moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq operatsiyalarni kengaytirish imkoniyati yuzaga kelgan. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi muomala davri bir oydan kam bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalari savdosini tashkil etishga xizmat qilgan. Xususan, 2025-yilning faqatgina avgust oyining o‘zida muomala davri 7 kundan iborat bo‘lgan hamda har bir emissiya hajmi 20 000 mln. so‘mdan iborat bo‘lgan jami 4 ta emissiya amalga oshirlib, 80 000 mln. so‘mlik O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalari muvaffaqiyatli joylashtirilgan hamda keyingi oylarda ham mazkur amaliyot davom ettirilgan;
oltin-valyuta zaxiralarini boshqarishni samarali tashkil etish, mazkur jarayonda risklarni kamaytirish hamda likvidlilik va daromadlilikni oshirish, xalqaro zaxiralarni diversifikatsiya qilish hamda aktivlarning ko‘lamini oshirish maqsadida xorijiy davlat qimmatli qog‘ozlariga 100 mln. AQSh dollari hajmida investisiya kiritish taklifidan davlatning xalqaro zaxiralari tarkibida davlat qimmatli qog‘ozlaridan iborat investision portfelni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025-yil 18-sentyabrdagi 27-11/1161-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2024-yil davomida xorijiy davlat qimmatli qog‘ozlariga 100 mln. AQSh dollari ekvivalentida investisiya kiritilgan hamda davlatning oltin-valyuta zaxiralari tarkibida davlat qimmatli qog‘ozlaridan iborat investision portfel shakllantirilgan. Keyinchalik 2025-yil fevral oyida qo‘shimcha 100 mln. AQSh dollari ekvivalentida xorijiy davlat obligatsiyalariga investisiya kiritilgan hamda 2025-yil setyabr oyigacha mazkur qimmatli qog‘ozlar portfeli umumiy qiymati 1 mlrd. AQSh dollariga etkazilgan;
kapital bozorida kompaniya aksiyalariga nisbatan qo‘shimcha talabni shakllantirish maqsadida aksiyalarni maydalash yuzasidan nominal qiymati 1380 so‘m bo‘lgan bir dona aksiyani nominal qiymati 690 so‘m bo‘lgan ikki dona aksiyaga ayirboshlash amaliyotini o‘tkazish taklifi Alskom sug‘urta kompaniyasi AJning 2025-yil 4-apreldagi navbatdan tashqari aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bayonida aks etgan (“ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYaSI” AJning 2025-yil 28-noyabrdagi 02-7431-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida sug‘urta kompaniyaning 2025-yil 4-apreldagi navbatdan tashqari aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida tegishli qaror qabul qilingan va natijada sug‘urta kompaniyaning umumiy chiqarilgan aksiyalari soni 2 baravarga oshirilgan bir vaqtda aksiya kotirovkasi 2025-yil 1-oktyabr holatiga nominal qiymatga nisbatan 30 foizga oshishiga erishilgan;
investision portfelni diversifikatsiyalash hamda investision faoliyat daromadliligini oshirish maqsadida kapital bozorining boshqa ishtirokchilari ustav kapitaliga kiritilgan investisiya hajmini 2025-yilda kamida 30 foizga oshirish taklifidan Alskom sug‘urta kompaniyasi AJning qimmatli qog‘ozlar portfelini oshirishda foydalanilgan (“ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYaSI” AJning 2025-yil 28-noyabrdagi 02-7431-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida Alskom sug‘urta kompaniyasi AJ tomonidan 2025-yilda kapital bozori ishtirokchilari ustav kapitaliga kiritilgan investisiya hajmi jamiga nisbatan  38,1 foizni tashkil etgan. Mazkur sug‘urta kompaniyaning AT “Aloqabank”dagi ulushi 6,6 mlrd. so‘mga oshirilishi natijasida umumiy qimmatli qog‘ozlar portfeli hajmi 17,31 mlrd. so‘mga etkazilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish