Berdakov Dauranbay Esenbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi: Yog‘och konstruksiya elementlarining birikmalarini takomillshtirish, kuchlanganlik-deformatsiyalanuvchanlik holati va mustahkamligi.
Ixtisoslik shifri: 05.09.01–Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4305.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Razzakov Sobirjon Jo‘raevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat texnika universiteti va Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.15.04
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xolmirzaev Sattar Abdujabborovich, texnika fanlari doktori, professor; Umarov Shodilbek Abdug‘ofurovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan “Kommunalta’mirloyiha” MChJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yog‘och konstruksiyalari elementlarining  birikmalari xavfsizligini oshirish hisobiga tom yopma konstruksiyalarining umumiy mustahkamligini ta’minlashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yog‘och konstruksiyalari elementlarining takomillashtirilgan «qiyshiq qulf» birikmalarining mustahkamligini amaldagi birikmaga nisbatan egiluvchi elementlarda 10–15% hamda cho‘ziluvchi elementlarda 12–16% ga yuqori bo‘lishiga erishilgan va nazariy-tajriba-sinovlar yordamida asoslangan;
yog‘och tolalari yoʻnalishiga 45° va 90° burchak ostida burama mixlarning sug‘urilishga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini aniqlash formulasi- 𝑇sug‘.𝛼=𝑅sug‘.qar.𝛼·𝜋·𝑑·𝑙his𝑚𝑙·𝑘, yangi 𝑘-koeffisientni (egiluvchi elementlarda 𝑘egil=1.16; cho‘ziluvchi elementlarda 𝑘cho‘z=1.38 ga teng) kiritish orqali takomillashtirilgan;
takomillashtirilgan yangi birikmalarning kuchlanganlik-deformatsiya- lanuvchanlik holatlari aniqlangan hamda amaldagi birikmalarga nisbatan mustahkamligini egiluvchi elementlarda 12–16% ga, cho‘ziluvchi elementlarda esa 10–16% ga yuqori bo‘lishi eksperimental-nazariy asoslangan; 
«ANSYS Workbench» dasturiy ta’minoti yordamida birikmalar modellashtirilgan hamda nazariy hisoblash va eksperimental olingan natijalar yordamida mustahkamlik zahiralari baholangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Yog‘och konstruksiyalari elementlarining birikmalarini takomillashtirish, kuchlanganlik-deformatsiyalanuvchanlik holati va mustahkamligi” mavzusidagi dissertatsiya ishi tadqiqotlaridan olingan ilmiy natijalar asosida:
yog‘och konstruksiyalari elementlarining takomillashtirilgan birikmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qanliko‘l tumani “Dosliq” MFY hududida qurilgan 120 o‘rinli DMTT binosi tom yopma konstruksiya elementlarini loyihalashga “QUADRO-STROY PROJECT” MChJ tomonidan joriy etilgan (QR Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 26.09.2025 yildagi №04-07/01-3257-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bino birikmalari uchun 12 % gacha xomashyo materiallarini tejalishiga erishilgan.
yog‘och konstruksiyalari elementlarining takomillashtirilgan birikmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qanliko‘l tumani “Dosliq” MFY hududida qurilgan 120 o‘rinli DMTT binosining tom yopma konstruksiya elementlarini tayyorlash jarayoniga “BAXIT-QURILIS” MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (QR Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 26.09.2025 yildagi №04-07/01-3257-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, birikmalarni burama mixlar yordamida biriktirish orqali yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirilishiga, shu bilan birga, amaldagi birikmaga nisbatan egilishdagi mustahkamligini 10–15 % ga, cho‘zilishdagi mustahkamligi 12–16 % ga ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish