Nurmonov Suvonqul Erxonovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Faol vodorodli organik birikmalarni katalitik vinillash», 02.00.14–«Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi» ixtisosligi (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /kimyo fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 12.05.2015/B2015.2.T471.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi 16.07.2013.T.08.01 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ikromov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Magrupov Farxod Asadullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Maxsumov Abduxamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Sayfutdinov Ramziddin Sayfutdinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atsetilen spirtlari va diollari, gidroksil guruhi tutgan ayrim halqali birikmalar, neft` kislotalarini atsetilen va uning hosilalari bilan vinillash jarayonlarini optimallashtirish va texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atsetilen spirtlari va diollarini, fenol va uning ayrim hosilalari, lagoxilin, enant, pelargon va siklogeksankarbon kislotalarni atsetilen ishtirokida atmosfera bosimida vinil hosilalari sintez qilingan;
KON-DMSO yuqori asosli sistemasining tanlangan organik birikmalarni vinillashdagi ahamiyati ko‘rsatilgan;
aromatik atsetilen spirtlari va ularning vinil efirlari fazoviy tuzilishi, molekulalarda elektron zichlikning taksimlanishi kvant-kimyoviy va molekulyar-dinamik hisoblashlar orqali aniqlangan, vinillash jarayoni matematik modellashtirilgan;
butin-3-ol-2, geksin-3-diol-2,5, 1-fenil-3-metilbutin-1-ol-3 va 1-fenil-3-metilpentin-1-ol-3vinil efirlarini defoliantlik faolligi, 1-fenil-3-metilbutin-1-ol-3 va 1-fenil-3-metilpentin-1-ol-3 vinil efirlarini metall sirtlari biokorroziyasiga qarshi ingibitorlik xossalari aniqlangan;
aromatik atsetilen spirtlarining vinil efirlarini sintez qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Asetilen va sirka al`degididan butin-3-ol-2, geksin-3-diol-2,5 va ularni vinil efirlari sintezi texnologiyasi yaratilgan va ishlab chiqarishga joriy qilingan (TR-12-08 KXXT 2008 yil 30 dekabr`, 2009 yil 6 yanvar` va 11 martdagi dalolatnomalar). Butin-3-ol-2 o‘simlik o‘sishini boshqaruvchi preparat sifatida, geksin-3-diol-2,5 va uning vinil efirlari defoliant sifatida qo‘llanilib, yiliga 570 mln. dan ortiq sof foyda bermoqda («Elektrokimyozavod» O‘zbekiston-Panama qo‘shma korxonasi aksiyadorlik jamiyati 321-sonli 2015 yil 16 iyun` va «Navoiazot» aksiyadorlik jamiyati 03/4545-sonli 2015 yil 16 iyundagi ma’lumotnomalari).