Fazilov Odil Yuldashevichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “O‘zbek va ingliz tillarida hosila nominalining motivatsion asoslari (perifrazalar misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.2.PhD/Fil1668
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Umurqulov Zafar Bekpo‘latovich, filologiya fanlari doktori, dotsent
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ahmedov Oybek Saparboevich, filologiya fanlari doktori, professor; Boboqulov Ismoil Turkmanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillari misolida hosila nomlar tarkibida perifrastik nomlash vositalari orqali ifodalangan motivatsion asoslarni lingvomadaniy va struktur-semantik jihatdan chog‘ishtirma tahlil qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va ingliz tillarida perifrazaga asoslangan hosila nomlarning motivatsion shakllanishi ilk bor qiyosiy-lingvosemantik tahlil asosida tizimli ravishda tadqiq etilib, ushbu birliklarning yuzaga kelish mexanizmlari, leksik-semantik, morfologik va pragmatik omillar bilan bog‘liq shakllanish jarayonlari ilmiy-nazariy mezonlar asosida dalillandi;
o‘zbek va ingliz tillarida perifrazal birliklarning lingvomadaniy tabiati tizimli ravishda o‘rganilib, xalq tafakkuri, madaniy xotirasi, milliy mentalitet hamda muloqot etikasi bilan uzviy bog‘liqligi dalillar asosida ochib berilib, ularning madaniyatlararo konnotatsion tafovutlari ilmiy jihatdan asoslangan;
badiiy, publisistik, diniy va siyosiy matnlarda qo‘llaniladigan perifrazal hosila nomlarning kontekstual-semantik xususiyati aniqlashtirilib, ularning nomlash vositasi sifatida funksional-pragmatik imkoniyatlari hamda kommunikativ vazifalari til materiallari asosida dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillarida perifrazal nomlash asosida shakllanadigan ikkilamchi nomlarning umumiy va xos tipologik xususiyatlari aniqlanib, ular asosida nomlashning universal va milliy modeli ishlab chiqilgan hamda zamonaviy tilshunoslik uchun ilmiy ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida ikkilamchi nominatsiyaning yuzaga kelish omillarini chog‘ishtirma aspektdagi tadqiqi borasidagi nazariy takliflar, amaliy tavsiyalar va xulosalar asosida:
o‘zbek va ingliz tillarida perifrazaga asoslangan hosila nomlarning motivatsion shakllanishi ilk bor qiyosiy-lingvosemantik tahlil asosida tizimli ravishda tadqiq etilib, ushbu birliklarning yuzaga kelish mexanizmlari, leksik-semantik, morfologik va pragmatik omillar bilan bog‘liq ekanligi haqidagi xulosalardan 2021 – 2023-yillarga mo‘ljallangan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan). Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 30-iyun № 01/4-2845-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu loyihada perifrazal nomlar orqali hosil bo‘lgan so‘zlarning o‘zbek va ingliz tillaridagi milliy fikrlash va matndagi ishlatilish tarziga ko‘ra farqlanishi asoslab berilgan;
o‘zbek va ingliz tillarida perifrazal birliklarning lingvomadaniy tabiati tizimli ravishda o‘rganilib, xalq tafakkuri, madaniy xotirasi, milliy mentalitet hamda muloqot etikasi bilan uzviy bog‘liqligi dalillarlanib, ularning madaniyatlararo konnotatsion tafovutlari ilmiy jihatdan asoslanganligi to‘g‘risidagi xulosalardan 2020 – 2023-yillarga mo‘ljallangan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 30-iyun № 01/4-2844-son ma’lumotnomasi) Natijada, loyiha o‘zbek va ingliz tillarida perifrazal hosila nomlarning semantik, pragmatik, morfologik va lingvomadaniy jihatlari bo‘yicha ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
badiiy, publisistik, diniy va siyosiy matnlarda qo‘llaniladigan perifrazal hosila nomlarning kontekstual-semantik xususiyati aniqlashtirilib, ularning nomlash vositasi sifatida funksional-pragmatik imkoniyatlari hamda kommunikativ vazifalari til materiallari asosida dalillanganligi haqidagi nazariy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 8-aprel 04-36-478-son ma’lumotnomasi) Natijada, ushbu ko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga erishilgan va ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.