Xamraeva Umida Madrimovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Tasviriy va amaliy san’at O‘zbekiston inklyuziv badiiy ta’lim tizimida, 17.00.08 – San’at nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/San236.
Ilmiy rahbar: Abdurahmanov Ibrohim Raimovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020.San.119.01. 
Rasmiy opponentlar: Mo‘minova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sharipova Dilyara Safargalievna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent (Qozog‘iston).
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda inklyuziv badiiy ta’lim tizimida tasviriy va amaliy san’atning xususiyatlari, asosiy yo‘nalishlari va rivojlanish istiqbollarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eshitishida nuqsoni bo‘lgan talabalarning badiiy ta’lim olish jarayonini engillashtirish, tasviriy va amaliy san’at atamalarini imo-ishora va vizual shaklda tushuntirishda qo‘l harakatlarining plastik ifodaliligi kontrast fon orqali erishilishi sababli devor ko‘k-yashil rangda bo‘lishi sifatli surdotarjima ta’minlanishiga ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
badiiy inklyuziv ta’lim milliy konsepsiyasiga «Maxsus kasbiy-badiiy ehtiyojlar» tushunchasi kiritilib, u jismoniy cheklanish darajasi va xususiyatiga qarab talaba rassomning ish jihozlarini individual moslashtirishni ta’minlaydigan konstruktiv va sensor vositalar majmuasi sifatida izohlanishi asoslangan;
O‘zbekiston inklyuziv badiiy ta’limi tizimida san’at obektlarining vizual qiyofasi va terminologik bayoni o‘rtasidagi badiiy struktura va semantik talqin kabi nomutanosibliklar aniqlanib, mazkur jarayonda badiiy obrazlarni assotsiativ idrok etish xususiyatlarini eshitish imkoniyati cheklangan talabalar uchun ekspressiya, ijodiy erkinlik hamda psixologizm asosiy ifoda tiliga aylanishi sababli inobatga olish asoslangan;
nogironligi bo‘lgan talabalarning badiiy ijodini rivojlantirish jarayoni ekspozision loyihalarning kommunikativ imkoniyatlarini ishtirokchilar haqidagi media-kontentlar, tomoshabinlarning estetik idrok etish xususiyatlariga ko‘ra baholash, erkin ijodiy hamjamiyat va badiiy vorisiylik maktabini shakllantirish orqali kengaytirish hamda mualliflik asarlarini professional san’at muhitida badiiy-estetik qimmatga ega bo‘lgan mustaqil ijod mahsuli sifatida reprezentatsiya qilish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Tasviriy va amaliy san’at O‘zbekiston inklyuziv badiiy ta’lim tizimida” mavzusidagi tadqiqot doirasida olingan ilmiy natijalar asosida:
eshitishida nuqsoni bo‘lgan talabalarning badiiy ta’lim olish jarayonini engillashtirish, tasviriy va amaliy san’at atamalarini imo-ishora va vizual shaklda tushuntirishda qo‘l harakatlarining plastik ifodaliligi kontrast fon orqali erishilishi sababli devor ko‘k-yashil rangda bo‘lishi sifatli surdotarjima ta’minlanishiga ta’sir ko‘rsatishi aniqlanganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan 2023-yil 1-dekabr kuni Toshkent fotosuratlar uyining «Ko‘k» zalida imkoniyati cheklangan talabalar ishtirokida «Cheklovsiz ijod» nomli ilk ko‘rgazma loyihasini tayyorlash va o‘tkazish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2025-yil 12-sentyabrdagi 03-07/163-1577-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning amaliy jarayonida imo-ishora tiliga sinxron tarjima sifati sezilarli darajada yaxshilanib, uni idrok etish yanada qulay va samarali bo‘lgani kuzatilgan;
badiiy inklyuziv ta’lim milliy konsepsiyasiga «Maxsus kasbiy-badiiy ehtiyojlar» tushunchasi kiritilib, u jismoniy cheklanish darajasi va xususiyatiga qarab talaba rassomning ish jihozlarini individual moslashtirishni ta’minlaydigan konstruktiv va sensor vositalar majmuasi sifatida izohlanishi asoslanganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan harakat funksiyalarida turli buzilishlari bo‘lgan rassomlar uchun ergonomik molbert-stol modeli loyihalashtirilib, konstruksiyasi va tashqi bilgilari intellektual mulk obekti sifatida e’tirof etilganligida foydalanilgan (Sog'liqda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun moʼljallangan molbert-stol sanoat namunasi patenti. №SAP 2676. O‘zbekiston Respublikasi: MKPO 7 / Xamraeva Umida Madrimovna. -№SAP 20240112). Natijada, mazkur patentlangan molbert loyihasi ijodiy ustaxonalarning ergonomik muhitini shakllantirish uchun konseptual asos sifatida qabul qilingan;
O‘zbekiston inklyuziv badiiy ta’limi tizimida san’at obektlarining vizual qiyofasi va terminologik bayoni o‘rtasidagi badiiy struktura va semantik talqin kabi nomutanosibliklar aniqlanib, mazkur jarayonda badiiy obrazlarni assotsiativ idrok etish xususiyatlarini eshitish imkoniyati cheklangan talabalar uchun ekspressiya, ijodiy erkinlik hamda psixologizm asosiy ifoda tiliga aylanishi sababli inobatga olish asoslanganligi hamda nogironligi bo‘lgan talabalarning badiiy ijodini rivojlantirish jarayoni ekspozision loyihalarning kommunikativ imkoniyatlarini ishtirokchilar haqidagi media-kontentlar, tomoshabinlarning estetik idrok etish xususiyatlariga ko‘ra baholash, erkin ijodiy hamjamiyat va badiiy vorisiylik maktabini shakllantirish orqali kengaytirish hamda mualliflik asarlarini professional san’at muhitida badiiy-estetik qimmatga ega bo‘lgan mustaqil ijod mahsuli sifatida reprezentatsiya qilish orqali takomillashtirilganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan 2023-yil 1-dekabr kuni Toshkent fotosuratlar uyida jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar ishtirokida o‘tkazilgan «Cheklovsiz ijod» nomli ilk ko‘rgazma loyihasi doirasida eshitishida qobiliyati cheklangan talabalar ijodiy ishlarining semantikasi va semiotikasini baholash hamda tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2025-yil 12-sentyabrdagi 03-07/163-1577-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning amaliy jarayonida yosh ijodkorlarning asarlari tomoshabinlar va mutaxassislar tomonidan fiziologik emas balki estetik nuqtai nazardan professional rassomlik ishlari sifatida baholandi, bu esa musavvirning ichki dunyosini to‘yingan ranglar va keng, ekspressiv surtmalar (mazoklar) orqali chuqurroq anglash, shuningdek, bosiq kolorit va ohanglar yordamida asardagi psixologik ma’noni yoritib berish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish