Asrorov    Xurshid  Qobilovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xalqaro baholash dasturlarini joriy etishning pedagogik asoslari” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4732 
Ilmiy rahbar: Ro‘ziev Farxad Jo‘raevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti, 
PhD. 03/2025.27.12.Ped.08.04 
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharapovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nafisa Shavkatovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor 
Yetakchi  tashkilot: Navoiy davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xalqaro baholash dasturlarini joriy etishning pedagogik asoslarini nazariy-amaliy jihatdan asoslash va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim transformatsiyasi sharoitida xalqaro baholash dasturlarini joriy etish imkoniyatlari nazariy-amaliy jihatdan asoslangan va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalarini baholash (o‘quv faoliyati natijalarini tashxislash, korreksiyalash, pedagogik faoliyat samaradorligini aniqlash) ijtimoiy-didaktik zaruriyat sifatida aniqlashtirilgan;
xalqaro baholash dasturlari (PIRLS, TIMSS, PISA, EGRA, EGMA)dan foydalanishda ta’lim natijalari (Learning outcomes)ga asoslangan o‘quvchilarda davlat talablari (baholash va uning mazmun-mohiyati, baholashdagi yondashuvlar, baholash maqsadlari, tamoyillari, turlari, mazmuni)ni o‘zlashtirganlik darajalarinining samaradorligini ta’minlashning nazariy-amaliy asoslari takomillashtirilgan;
xalqaro baholash  dasturlari (PIRLS, TIMSS, PISA, EGRA, EGMA)dan foydalanishning nazariy asoslarini o‘quvchilarining individual ehtiyojlari (o‘quv faoliyatini jadallashtirish, kamchiliklarni tuzatish, nazorat qilish) va davlat talablarining integrativligini  belgilash asosida takomillashtirilgan;
xalqaro baholash dasturlarini  joriy etishning didaktik asoslari (baholash indikatorlari, formati, mezonlari, metodikasi, vositalari va baholashga qo‘yilgan talablar)ni takomillashtirish orqali ta’lim subektlarini o‘zaro konsolidatsiya qilish natijasida  ta’lim sifatini mustaqil baholash milliy tizimi uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida  xalqaro baholash dasturlarini joriy etishning pedagogik asoslariga oid ilmiy natijalar asosida:
ta’lim transformatsiyasi sharoitida xalqaro baholash dasturlarini joriy etish imkoniyatlari nazariy-amaliy jihatdan asoslangan va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalarini baholash (o‘quv faoliyati natijalarini tashxislash, korreksiyalash, pedagogik faoliyat samaradorligini aniqlashga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasi “Pedagogning huquqlarini” ishlab chiqish (davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, malaka talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish jarayonida ishtirok etish,ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, tajriba-sinov faoliyatida ishtirok etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, pedagogik faoliyati davomida o‘ziga biriktirilgan sinfdagi (guruhdagi, kursdagi) ta’lim oluvchilarning bilimini mustaqil baholashda foydalanilgan. (O‘zbekiton Respublikasi oliy majlisi senatining fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2025-yil 28-noyabrdagi 14/8-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarga o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalarini mustaqil baholash imkoniyatini yaratgan;
xalqaro baholash  dasturlari (PIRLS, TIMSS, PISA, EGRA, EGMA)dan foydalanishda  ta’lim natijalari (Learning outcomes)ga asoslangan o‘quvchilarda davlat talablarini o‘zlashtirganlik darajalarinining samaradorligini ta’minlashning  nazariy-amaliy asoslaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-martdagi 157-sonli “Davlat ta’lim standartlari va davlat talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 157-sonli qarorining 3 ilovasi bilan tasdiqlangan “Ta’lim standartlarining namunaviy tuzilishi” da belgilangan  baholash va uning mazmun-mohiyati, baholashdagi yondashuvlar, baholash maqsadlari, tamoyillari, turlari, mazmuni, baholash indikatorlari, formati, mezonlari, metodikasi, vositalari va baholashga qo‘yilgan talablarni ishlab chiqishda foydalanilgan.(Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2025-yil 28-noyabrdagi 02-33-4281-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar bilimini baholash, ta’lim jarayonining natijalari bilan davlat talablarining integrativligini takomillashtirishga xizmat qilgan;
xalqaro baholash dasturlari (PIRLS, TIMSS, PISA, EGRA, EGMA)dan foydalanishning nazariy asoslarini o‘quvchilarining individual ehtiyojlari(o‘quv faoliyatini jadallashtirish, kamchiliklarni tuzatish, nazorat qilish)ga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalari  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, va Xorazm viloyatlarining  umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amaliyotga joriy etilgan. (Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2025-yil 28-noyabrdagi 02-33-4281-son ma’lumotnomasi) Natijada, xalqaro baholash dasturlari (PIRLS, TIMSS, PISA, EGRA, EGMA)dan foydalanishda ta’lim natijalari (Learning outcomes)ga asoslangan o‘quvchilarda davlat talablarini o‘zlashtirganlik darajalarinining samaradorligi ta’minlangan.
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida  xalqaro baholash dasturlarini joriy etishda axborot manbalarini  o‘rganish jarayonining motivatsion faollashiruvchi o‘quvchilarning istiqboldagi o‘quv harakatlarini rejalashtirish va  baholash mezonlariga oid ilmiy va metodik tavsiyalaridan  Finlyandiya Milliy ta’lim agentligining “O‘zbekistonda Finlyandiya tajribasi asosida ta’lim tizimini rivojlantirish” (FIESDU) loyihasi hamda AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ning “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2025-yil 28-noyabrdagi 02-33-4281-son ma’lumotnomasi)Natijada, ta’lim subektlarini o‘zaro konsolidatsiya qilish natijasida  ta’lim sifatini mustaqil baholash milliy tizimi uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish