Omonova Muxlisa Dustnazar qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak pedagoglarda deontologik yondashuvlar asosida empatik munosabatlarni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti
Ilmiy maslahatchi: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02;
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurullaeva Shaxlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak pedagoglarda deontologik yondashuvlar asosida empatik munosabatlarni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak pedagoglarda empatik munosabatlar (hamdardlik, hissiy sezgirlik, tushunish, qabul qilish, ikkilikda fikrlash, mehr-oqibat)ni shakllantirishning kompleks va fanlararo nazariy-metodologik asoslari deontologik yondashuvlarni tizimli integratsiya qilish asosida aniqlangan;
bo‘lajak pedagoglarda empatik munosabatlarni shakllantirishni modellashtirish (maqsad–mazmun–jarayon–natija komponentlari)da psixopedagogik, ijtimoiy-psixologik va deontologik yondashuvlar mazmuni “pedagogik empatiya”, “kasbiy-axloqiy mas’uliyat”, “shaxslararo muloqot madaniyati” loyiha ishlari, “muammoli pedagogik vaziyatlar”, “axloqiy-didaktik dilemmalar” vaziyatlar tahlili hamda “o‘zini-o‘zi tahlil qilish”, “empatik refleksiya”, “pedagogik refleksiya” kabi refleksiv tahlil mashqlarini amaliyotda real vaziyatlarda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.;
bo‘lajak pedagoglarda empatik munosabatlarni shakllantirish mexanizmi (loyiha ishlari, case-study, kasbiy-pedagogik vaziyatlar tahlili, refleksiv tahlil mashqlari) deontologik yondashuvli tamoyillar (axloqiy mas’uliyat, hurmat va e’tibor, shaxsiy va professional etik me’yorlar)ni dars va darsdan tashqari jarayonlarda qo‘llash asosida ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarda empatik munosabatlarni shakllantirishning pedagogik texnologiyasi (interaktiv dars metodikasi, ko‘rgazmali va virtual binar mashg‘ulotlar, reflektiv diskussiya va kasbiy-axloqiy treninglarni o‘z ichiga olgan kompleks tizim) deontologik yondashuvlarni kasbiy etik va axloqiy normativlarni optimizatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarda empatik munosabatlarning shakllanganlik darajalari (kognitiv, affektiv-emotsional va konnativ-xulqiy komponentlarni o‘zida mujassam etgan diagnostik ko‘rsatkichlar)ni baholash mezonlari kompetentli yondashuv, psixodiagnostik usullar va deontologik tamoyillar uyg‘unligi asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
bo‘lajak pedagoglarda deontologik yondashuvlar asosida empatik munosabatlarni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak pedagoglarda empatik munosabatlar (hamdardlik, hissiy sezgirlik, tushunish, qabul qilish, ikkilikda fikrlash, mehr-oqibat)ni shakllantirishning kompleks va fanlararo nazariy-metodologik asoslari “Pedagogik deontologiya va kompetentlik” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 14-yanvardagi 6208-son buyrug‘i, №2876-2969-673d-cc2a-e4d1-2566-6381 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, asoslari deontologik yondashuvlarni tizimli integratsiya qilish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak pedagoglarda empatik munosabatlarni shakllantirishni modellashtirish (maqsad–mazmun–jarayon–natija komponentlari)da psixopedagogik, ijtimoiy-psixologik va deontologik yondashuvlar mazmuni “pedagogik empatiya”, “kasbiy-axloqiy mas’uliyat”, “shaxslararo muloqot madaniyati” loyiha ishlari, “muammoli pedagogik vaziyatlar”, “axloqiy-didaktik dilemmalar” vaziyatlar tahlili hamda “o‘zini-o‘zi tahlil qilish”, “empatik refleksiya”, “pedagogik refleksiya” kabi refleksiv tahlil mashqlarini amaliyotda real vaziyatlarda qo‘llashni tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslari ishlab chiqish natijasida ta’minlashga oid taklif va tavsiyalardan, keltirilgan ilmiy xulosa, metodik tavsiyalar va amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” (12-yanvar 2026-yil, №04/11-568) mavzusidagi amaliy loyihasining fundamental yo‘nalishlarini belgilashda qo‘llanilgan. Natijada, ta’minlangan pedagogik shart-sharoitlar bo‘lajak pedagoglarda deontologik yondashuvlar asosida empatik munosabatlarni shakllantirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak pedagoglarda empatik munosabatlarni shakllantirish mexanizmi (loyiha ishlari, case-study, kasbiy-pedagogik vaziyatlar tahlili, refleksiv tahlil mashqlari) deontologik yondashuvli tamoyillar (axloqiy mas’uliyat, hurmat va e’tibor, shaxsiy va professional etik me’yorlar)ni dars va darsdan tashqari jarayonlarda qo‘llashga oid taklif va tavsiyalar “Pedagogik deontologiya va kompetentlik” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 14-yanvardagi 6208-son buyrug‘i, №2876-2969-673d-cc2a-e4d1-2566-6381 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, dars va darsdan tashqari jarayonlarda bo‘lajak pedagoglarda deontologik yondashuvlar asosida empatik munosabatlarni shakllantirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarda empatik munosabatlarni shakllantirishning pedagogik texnologiyasi (interaktiv dars metodikasi, ko‘rgazmali va virtual binar mashg‘ulotlar, reflektiv diskussiya va kasbiy-axloqiy treninglarni o‘z ichiga olgan kompleks tizim) bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-raqamli “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonidagi ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” (15-yanvar 2026-yil №04/11-1609) mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. Natijada, deontologik yondashuvlarni kasbiy etik va axloqiy normativlarni optimizatsiya qilish asosida takomillashtirilga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarda empatik munosabatlarning shakllanganlik darajalari (kognitiv, affektiv-emotsional va konnativ-xulqiy komponentlarni o‘zida mujassam etgan diagnostik ko‘rsatkichlar)ni baholash mezonlari kompetentli yondashuv, psixodiagnostik usullar va deontologik tamoyillar uyg‘unligi asosida aniqlangan tahlil metodlari asosida takomillashtirilganligi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-raqamli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elaktron-transdisiplinar platformasini yaratish” (12-yanvar 2026-yil, №04/11-567) mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. Natijada, takomillashtirilgan pedagogik texnologiya va baholash mezonlari deontologik ta’lim sifatini va pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalari samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.