Karimov Ulug‘bek Usmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Xususiy ta’lim muassasalarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13 –Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5552.
Ilmiy rahbari: Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar Allayorov Shamsiddin Amonullaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Muxitdinov Shuxrat Ziyavitdinovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alfraganus universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi xususiy ta’lim muassasalarini, jumladan xususiy maktablarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondoshuvga ko‘ra xususiy ta’lim muassasalarini, jumladan xususiy maktablarni boshqarish tushunchasi resurslarni samarali boshqarish;
uslubiy yondoshunga ko‘ra “xususiy ta’lim muassasalarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi” tushunchasi ta’lim xizmatlari bozorida xususiy maktablarning barqaror faoliyat yuritishini ta’minlovchi tashkiliy tuzilmalar, iqtisodiy instrumentlar, boshqaruv texnologiyalari va davlat tartibga solish mexanizmlarining o‘zaro uyg‘unlashgan majmuasi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
xususiy maktablar boshqarish samaradorligini noaniq mantiq modeli asosida baholashning “juda past” [0 < FL ≤ 0,30], “past” [0,31 ≤ FL ≤ 0,50], “o‘rtacha” [0,51 ≤ FL ≤ 0,65], “yaxshi” [0,66 ≤ FL ≤ 0,79], “a'lo” [0,8 ≤ FL ≤ 1,0] chegaralarini qo‘llash orqali ko‘p omilli va noaniq ma'lumotlardan foydalangan holda ssenariy modellash va strategik qarorlarni asoslash taklif etilgan;
xususiy maktablarni boshqarishning byudjet, kadrlar, ta’lim texnologiyalariga oid qarorlarni qisqa muddatda rasmiylashtirishga yo‘naltirilgan adaptiv tashkiliy-iqtisodiy boshqaruv modelini bozor talablariga tez moslasha oladigan, ota-onalar segmenti ehtiyojlari, mintaqaviy mehnat bozori, moslashuvchan strategik rejalashtirish, innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, tezkor qaror qabul qilish funksiyalarini integratsiyalash orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida xususiy maktablarni boshqarish jarayonlariga ta'sir ko‘rsatuvchi omillarni ekonometrik modellashtirish asosida 2030-yilga qadar rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyaning natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida quyidagi natijalarga erishilgan:
uslubiy yondoshuvga ko‘ra Xususiy ta’lim muassasalarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondoshunga ko‘ra “xususiy ta’lim muassasalarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi” tushunchasi ta’lim xizmatlari bozorida xususiy maktablarning barqaror faoliyat yuritishini ta’minlovchi tashkiliy tuzilmalar, iqtisodiy instrumentlar, boshqaruv texnologiyalari va davlat tartibga solish mexanizmlarining o‘zaro uyg‘unlashgan majmuasi nuqtai nazaridan takomillashtirish taklifi “Menejment” qabul qiilingan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda korxonaning tashqi va ichki tahdidlarga qarshi barqaror faoliyat yuritish, korporativ resurslardan samarali foydalanish, raqobatbardoshlikni saqlash, moliyaviy barqarorlikni ta'minlash hamda strategik maqsadlarga erishish imkoniyatini kafolatlaydigan moliyaviy, texnologik va axborot himoyasini o‘z ichiga olgan kompleks holati tushunchasini shakllanishiga imkon yaratilgan.
xususiy maktablar boshqarish samaradorligini noaniq mantiq modeli asosida baholashning “juda past” [0 < FL ≤ 0,30], “past” [0,31 ≤ FL ≤ 0,50], “o‘rtacha” [0,51 ≤ FL ≤ 0,65], “yaxshi” [0,66 ≤ FL ≤ 0,79], “a'lo” [0,8 ≤ FL ≤ 1,0] chegaralarini qo‘llash orqali ko‘p omilli va noaniq ma'lumotlardan foydalangan holda ssenariy modellash va strategik qarorlarni asoslash taklifi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga joriy etilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 8-iyuldagi 02-32-1889/1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi natijasida Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyat reytingi tuzilib, viloyatda ijtimoiy motivatsion tizim shakllantirilgan;
xususiy maktablarni boshqarishning byudjet, kadrlar, ta’lim texnologiyalariga oid qarorlarni qisqa muddatda rasmiylashtirishga yo‘naltirilgan adaptiv tashkiliy-iqtisodiy boshqaruv modelini bozor talablariga tez moslasha oladigan, ota-onalar segmenti ehtiyojlari, mintaqaviy mehnat bozori, moslashuvchan strategik rejalashtirish, innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, tezkor qaror qabul qilish funksiyalarini integratsiyalash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga joriy etilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 8-iyuldagi 02-32-1889/1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi natijasida "IBRAT PRIVATE SChOOL" NTM ga jalb qilingan o‘quvchilar sonini 12,1 foizga, NAMANGAN RISING SChOOL (Namangan yuksalish maktabi) da 8,5 foizga, "IQRO IT-MED SChOOL"MChJ da esa 11,3 foizga oshishiga erishilgan;
O‘zbekiston Respublikasida xususiy maktablarni boshqarish jarayonlariga ta'sir ko‘rsatuvchi omillarni ekonometrik modellashtirish asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 8-iyuldagi 02-32-1889/1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining asosiy maqsad va rivojlanish yo‘nalishlarini ishlab chiqishda asosiy ko‘rsatkich va parametrlarni o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.