Hayitboev Doniyor Komiljon o‘g‘lining
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston sharoitida bosh piyoz (Allium cepa L) ning  hosildor, ertapishar nav namunalarini tanlash va yangi nav yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Qx1777.
Ilmiy rahbar: Xurramov Ulug‘bek Xolmamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/2025.27.12.Qx.14.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (seleksiya yutug‘i) ixtiroga patenti: bosh piyozning “Qizil nur” navi (NAP 543).
II. Tadqiqotning maqsadi bosh piyozning qimmatli xo‘jalik xususiyatlariga ega, tashqi muhit omillariga chidamli nav namunalarini aniqlash, yangi nav yaratish va uni amaliyotga tadbiq etishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Qoraqolpog‘iston Respublikasining tuproq iqlim sharoitida bosh piyozning chetdan introduksiya qilingan 32 ta nav namunalari morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha qiyosiy Kaba 132 navi bilan solishtirib o‘rganilgan va istiqbolli namunalari ajratilgan;
bosh piyoz nav namunalarini har tomonlama o‘rganish asosida ertapishar bo‘lgan 23 ta: Dermo (k-1), Brown Beauty (k-9), k-194, Kind Variety (k-10), Pioneer 25013 (k-12), Canade maple (k-13),  k-173, k-185, Xalsedon (k-11), Meteor (k-18), Roket (k-40), Spring Onion (k-43), Grandina (k-44), k-170, k-120, Super Bear (k-50), Prince-33 (k-75), Qizil piyoz (k-153), Qizil  sak (k-128), K-3 (k-85), K-11 (k-81), K-12 (k-83) va K-13 (k-80) nav namunalari ajratilgan. Ushbu nav namunalarida piyozboshlarning texnik pishishigacha bo‘lgan davr  115-150 kunni tashkil etgan. Ular standart Kaba 132 naviga nisbatan 5-40 kungacha erta pishib etilganligi isbotlangan;
umumiy hosildorligi yuqori bo‘lgan k-145, k-156, k-164 , K-3 (k-85) va k-88 nav namunalari ajratib olingan va ularning umumiy hosildorligi 41,3-45,9 t/ga bo‘lib standart Kaba-132 (35 t/ga) naviga nisbatan 6,3-10,9 t/ga  yoki  18,0-31,1  foizga yuqori ekanligi aniqlangan;
tovarbop hosildorligi yuqori va  qimmatli xo‘jalik belgilarga ega Dermo (k-1) (91%), Kind Variety (k-10) (92%), Super Bear (k-50) (91%), k-205 (93%), Roket (k-40) (93%), Spring Onion (k-43) (94%), Prince-33 (k-75) (93%), K-3 (k-85) (93%), k-95 (93%) va K-13 (k-80) (95%) nav namunalari ajratib olingan. Ushbu namunalarda tovarbop hosildorligi 91-95 % ni tashkil etgan va standart Kaba-132 naviga nisbatan 1-5% gacha yuqori ekanligi aniqlangan;
Koreya Respublikasidan keltirilgan K-3(k-85) namunasidan analitik seleksiya usulidan foydalanib  Qizil nur navi yaratilgan hamda ushbu seleksiya yutug‘iga Intelektual mulk agentligidan  NAP 543 raqamli patent olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston sharoitida bosh piyoz (Allium cepa L.) ning hosildor, ertapishar nav namunalarini tanlash va yangi navini yaratish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
bosh piyozning ertapishar, hosildor va eksportbop yangi Qizil nur navi yaratilgan va Intelektual mulk agentligi tomonidan ushbu seleksiya yutug‘iga NAP-543 raqamli patent olingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 24-fevral 05/06-04-225-sonli malumotnomasi). Natijada, bosh piyoz navlari genofondi yangi nav bilan boyitilgan.
Yangi yaratilgan bosh piyozning ertapishar, hosildor va eksportbop yangi Qizil nur navi 2024-2025 yillarda Qoraqalpog‘iston  Respublikasi tuproq iqlim sharoitida ushbu bosh piyoz navining biologik xususiyatlar hamda qimmatli belgilari aniqlangan hamda Amudaryo tumanidagi 9 ta fermer xo‘jaligida jumladan: “Atajanov Jangaboy” fermer xo‘jaligida 0,88 ga, “Atajanov O‘razboy” fermer xo‘jaligida 0,85 ga, “Aytekov Azamat” fermer xo‘jaligida 0,85 ga, “Xidirboev Bunyodbek” fermer xo‘jaligida 0,90 ga, “O‘razimat Ota” fermer xo‘jaligida 0,85 ga, “Hamidjonov Alinur” fermer xo‘jaligida 0,95 ga, “G‘umcholi” fermer xo‘jaligida 0,85 ga, “Matyakupov Yo‘ldashboy” fermer xo‘jaligida 1,0 ga, “Erlapas Ollom” fermer xo‘jaligida 0,89 ga, jami bo‘lib 8,02 gektar maydonda, Ellikqala tumanida jumladan: “Qilichinoq istiqboli” fermer xo‘jaligida 0,45 ga, “Shaxjaxon-Sarvarbek nasl chorvasi” fermer xo‘jaligida 0,50 ga, “Reyimbergan Sarrov” fermer xo‘jaligida 0,70 ga, “VALIBEK-ASILBEK” fermer xo‘jaligida 0,60 ga, “Kenja Ruslonbek” fermer xo‘jaligida 0,60 ga, tuman bo‘yicha jami 2,85 gektar umumiy hisobda 10,87 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 24-fevral 05/06-04-225-sonli malumotnomasi). Natijada, Amudaryo tumanida gektaridan o‘rtacha 37,3 tonna hosil olingan bo‘lib, mahalliy bosh piyozga nisbatan 21,3% yuqori hosil olishga erishilgan va Ellikqa’la tumanidagi 5 ta fermer  xo‘jaligida jami 2,85 gektar maydonda amaliyotga joriy qilinib natijada gektaridan o‘rtacha 36,6 tonna hosil olinib, mahalliy navga nisbatan 19,2% ni yuqori hosil olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish