Shoyimova Komila O‘rol qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi: “Ingliz va o‘zbek tillarida toponimlarning chog‘ishtirma tahlili (Vinchester va Termiz shaharlari toponomik obektlari nomlari misolida)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4902.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Bakirov Poyon Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.13.02.
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shohista Muhammadjonovna   filologiya fanlari doktori (DSc), professor, Cho‘ponov Otanazar Otajonovich  filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida toponimlarning leksik, semantik, metaforik, etnolingvistik va lingvomadaniy xususiyatlarining chog‘ishtirma tahlilini amalga oshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Termiz va Vinchester toponimlari chog‘ishtirma aspektda tahlil qilinib, jahon, ingliz va o‘zbek tilshunosligida toponimlarning nazariy asoslari ochib berilgan, ingliz toponimiyasi tarixiy, mulkchilik, patriarxal jamiyat tuzilmasi, hamda geografik joylashuv asosda ekanligi, o‘zbek toponimiyasi esa xalqning milliy madaniyati, etnik kelib chiqishi, tarixiy-geoagrafik joylashuvi hamda millat qadriyatlari asosida shakllanishi nazariy asoslarga ko‘ra dalillangan;
Vinchester va Termiz oykonimlari, gidronimlari, urbanonimlari  intertoponimik bog‘liqlik asosida makro va mikrotoponimlarga ajratilgan, tarmoqlanish xususiyatlari Termiz va Vinchester shaharlari misolida umumiy va xususiy jihatlarga ko‘ra isbotlangan; mikrotoponimlarda umumiy xususiyatiga ko‘ra Termiz toponimiyasida kishi nomlari, Vinchester toponimiyasida esa tarixiy voqea hodisalar ustunligi aniqlangan, Termiz makrotoponimlari esa makronimlarning mikronimlarga aylanishi, Vinchester makrotoponimiyasida aksincha mikronomlarning makronomlarga aylanish xususiyatlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida joy nomlari orqali ifodalangan madaniyatlararo o‘xshashlik va tafovutlar lingvosemantik, lingvoqiyosiy, diskriptiv hamda qiyosiy tarixiy, milliy-madaniy aspektda intermadaniy-lingvistik moslik mezonlari asosida baholanib, ikki shahar toponimlari ham ko‘proq tarixiy o‘zgarishlar asosida shakllanganligi dalillangan.
 Vinchester va Termiz shaharlari toponimlari ilk bor chog‘ishtirma-lingvistik tahlil asosida  metaforik, etnolingvistik va lingvomadaniy xususiyatlarga ko‘ra, izchil tahlil qilingan, metaforik xususiyatga ko‘ra Termiz toponimlarning metaforik obrazlar bilan bog‘liqligi, Vinchester toponimlarining esa konseptual maydonlar xalq tafakkuridagi estetik va madaniy tasavvurlar bilan aloqadorligi, etnolingvistik va lingvomadaniy xususiyatlarga ko‘ra toponimlar  milliy qadriyatlar,  milliy-madaniy omillar nuqtayi nazariga tayanilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida toponimlarning chog‘ishtirma tahlilini (Vinchester va Termiz shaharlari toponomik obekt nomlari misolida) amalga oshirish asosida:
Vinchester va Termiz toponimlari chog‘ishtirma aspektda tahlil qilinishi bilan ingliz va o‘zbek tilshunosligida toponimlarning nazariy asoslari, ingliz toponimiyasi tarixiy, mulkchilik, patriarxal jamiyat tuzilmasi, hamda geografik joylashuv asosda ekanligi, o‘zbek toponimiyasi xalqning milliy madaniyati, etnik kelib chiqishi, tarixiy-geoagrafik joylashuvi hamda millat qardiyatlari asosida shakllanishiga oid nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish mavzusi” nomli amaliy loyihasida bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025 yil 17 sentyabr № 01/4-4263-son ma’lumotnomasi). Natijada, auditoriya toponimik bilimini oshirish bilan birga, toponimlar shakllanishida milliy qadriyatlar, joyning geografik joylashuvi, etnik kelib chiqish xususiyatlariga ko‘ra shakllanishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lgan. 
Termiz va Vinchester oykonimlari, gidronimlari, urbanonimlari  intertoponimik bog‘liqlik asosida makro va mirotoponimlarga ajratilishi, tarmoqlanish xususiyatlari  umumiy va xususiy jihatlarga ko‘ra tahlil qilinishi, mikrotoponimlarda umumiy xususiyatiga ko‘ra Termiz toponimiyasida kishi nomlari, Vinchester toponimiyasida esa tarixiy voqea hodisalar ustunligi, Termiz makrotoponimlari esa makronimlarning mikronimlarga aylanganligi va Vinchester makrotoponimiyasida mikronomlarning makronomlar sifatida shakllanishiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan SUZ80020GR0039 raqamli “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025 yil 18 sentyabrdagi № 2832/02-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek toponimiyasi loyiha negizida tashkil etilgan madaniy, shaxsiy rivojlanish va jamoaga xizmat ko‘rsatish faoliyat tadbirlarini tashkil qilishda foydalanilgan;
 Ingliz va o‘zbek tillarida joy nomlari madaniyatlararo o‘xshashlik va tafovutlarga ega ekanligi lingvosistematik, lingvoqiyosiy, diskriptiv hamda qiyosiy tarixiy, milliy-madaniy aspektda intermadaniy-lingvistik moslik mezonlari asosida baholanligi hamda Termiz va Vinchester shaharlari toponimlarining metaforik, etnolingvistik va lingvomadaniy xususiyatlarga ko‘ra, izchil tahlili bilan bog‘liq xulosa va natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil yanvar va may oylaridagi “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va senariylarini tayyorlashda  foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil 3 iyundagi 05-09-795-son  ma’lumotnomasi). Natijada, toponimlarning lingvosistematik, metaforik va etnolingvistik tahliliga bag‘ishlangan misollardan foydalanish ilmiy loyihaning amaliy dolzarbligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish