Kamalova Iroda Ibroximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Ustki kiyimlar uchun mo’ljallangan ikki qatlamli trikotaj to’qimalarini mahalliy xomashyolardan ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2199
Ilmiy rahbar: B. Mirusmanov, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Rahimovna, texnika fanlari doktori, professor; Abduraxmanov Abdurashid, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikki qatlamli trikotaj to’qimalarini mahalliy xomashyolardan ishlab chiqarish texnologisini takomillashtirish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mashinaning texnologik imkoniyatlaridan foydalanib ikki qatlamli trikotaj to’qimalarining yangi tuzulishli variantlarini ishlab chiqarish texnologiyasi  takomillashtirilgan;
ikki qatlamli trikotaj to’qimalarini tarkibidagi iplarning chiziqiy zichliklari o’zgartirilganda, trikotajni texnologik ko’rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlariga ta’sir etuvchi omillari aniqlangan;
ikki qatlamli trikotaj to’qilganda ignalarga ipni qo’yish burchagini trikotaj tarkibidagi halqalar o’lchamiga ta’sir etish omillari olingan regression tenglamalar orqali aniqlangan;
ikki qatlamli trikotaj to’qimalarida hosil qilishini ta’minlashi uchun ip cho‘zilishida taranglik kuchini og‘ish burchagi, ilib olishda uzatish tezligi, ipning uzayishlarini maqbul qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Trikotaj mashinalarida yangi tuzilishdagi ikki qatlamli trikotaj to’qimalarini olish texnologiyasini takomillashtirish bo’yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
mahalliy korxonalarda ichki bozor hamda eksportga yo’naltiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish, “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan №03/25-1668 raqam bilan berilgan ma’lumotnomasi, shu jumladan TANG GROUP” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan. Natijada moddiy resurslarni tejash va ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish asosida ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga nisbatan mehnat unumdorligini 2-3 %  oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish