Rashidova Gulnoza G‘ulomovnaning
fan doktori (DSc) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tarbiya darslarini individual yondashuvlar asosida tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2026.1.DSc/Ped___
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti 
Ilmiy maslahatchi: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01 asosidagi bir martalik Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; professor Shirinboy Sharofovich Olimov pedagogika fanlari doktori; Shahlo O‘ktamovna Nurullaeva pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tarbiya darslarini individual yondashuvlar asosida tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Tarbiya darslarini individual yondashuv asosida tashkil etish tizimi aksiologik va kompetensiyaviy ta’lim yondashuv yordamida shaxsiy qadriyatlarni shakllantirish algoritmi shaklida jahon taʼlim amaliyoti standartlarini oʻquv dasturlari mazmuniga imrlementatsiya qilish asoslangan.
Indivudual yondoshuv asosida tarbiya darslarini tashkil etishda hamkor subektlar faoliyati samaradorligini oshirishda dars mashg‘ulotlaridan tashqari o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarda “maktab-oila” yaxlit tizimining hamkorligi ota- onani passiv ishtirokchidan faol subektga aylantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar yordamida integrativ pedagogik faoliyatni loyihalash asosida ishlab chiqilgan;
Tarbiya darslarini tashkil etishning funksional modeli  ishlab chiqilib, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida bosqichli pedagogik tizim shaklida ta’limiy loyihalarni dars va darsdan tashqari o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni samarali tashkil etishning pedagogik bosqichlari (motivatsion, kognitiv, operatsion-texnologik, refleksiv-baholash)ga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
individual yondashuvlar asosida tarbiya darslarini tashkil etishning samarali usullarini vizual kontentlar va hayotiy vaziyatlarni taʼlim mazmuniga yoʻnaltirilgan muammoli, rivojlantiruvchi, loyiha ishi, kouch suhbat kabi metodik tavsiyalar tizimini shaxsga yo‘naltirilgan faoliyat (yakka, juftlik, jamoaviy) orqali amalga oshirishda imitatsion mashqlar (variativ, mobil, intensiv) ni integratsiya muhitida adartivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
Tarbiya darslarini individual yondashuv asosida tashkil etish samaradorligini baholashda pedagogik diagnostika va kompetensiyaviy yondashuv asosida mezon va ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan hamda tajriba-sinov jarayonlarida olingan natijalarga matematik-statistik ishlov berish orqali o‘quvchilarning ijtimoiy-faol, axloqiy va kommunikativ kompetensiyalarining rivojlanganlik darajasini baholashning  reproduktiv, konstruktiv va kreativ darajalarini aniqlashga qaratilgan didaktik vositalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tarbiya darslarini individual yondashuvlar asosida tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish asosida:
Tarbiya darslarini individual yondashuv asosida tashkil etish tizimi aksiologik va kompetensiyaviy ta’lim yondashuv yordamida shaxsiy qadriyatlarni shakllantirish algoritmi shaklida jahon taʼlim amaliyoti standartlarini oʻquv dasturlari mazmuniga imrlementatsiya qilish asoslashga doir amaliy taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Milliy universitetida ilmiy tadqiqot rejasining AL-662204339-sonli “Maktab o‘quvchilaridagi iqtidorni va kasbiy qiziqishni onlayn aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik dasturiy ta’minotni yaratish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston Milliy universiteti 2026-yil 13-yanvardagi 04/11-702-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, individual yondashuvlar asosida tarbiya darslarini tashkil etishning amaliy-metodik tizimini takomillashtirishga erishilgan;
Indivudual yondoshuv asosida tarbiya darslarini tashkil etishda hamkor subektlar faoliyati samaradorligini oshirishda dars mashg‘ulotlaridan tashqari o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarda “maktab-oila” yaxlit tizimining hamkorligi ota- onani passiv ishtirokchidan faol subektga aylantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar yordamida integrativ pedagogik faoliyatni loyihalash asosida ishlab chiqishga oid ishlanmalar, ilmiy- metodik tavsiyalari va takliflaridan O‘zbekiston Milliy universitetida ilmiy tadqiqot rejasining IL-4821091548-raqamli “Zamonaviy tahdid va da’vatlar sharoitida O‘zbekiston va Belarus yoshlari ongi shakllanishining ijtimoiy-madaniy va aksiologik asoslari” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston resrublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston Milliy universitetining 2026-yil 13-yanvardagi 04/11-701-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, global tendensiyalarni milliy xususiyatlarga moslashtirish va hayotiy vaziyatlarni modellashtirish orqali darslarning amaliy ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi;
Tarbiya darslarini tashkil etishning funksional modeli  ishlab chiqilib, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida bosqichli pedagogik tizim shaklida ta’limiy loyihalarni dars va darsdan tashqari o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni samarali tashkil etishning pedagogik bosqichlari (motivatsion, kognitiv, operatsion-texnologik, refleksiv-baholash)ga integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan “Tarbiya darslarini individual yondashuvlar asosida tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslari” nomli dissertatsiya ishining natijalari Jizzax viloyati 6-10-sonli, Namangan viloyati Chust tumani 11-76 sonli, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani 89-106 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tajriba-sinovdan o‘tkazilgani to‘g‘risida dalolatnomalar taqdim etilgan. 01/11-11- 899-sonli ma’lumotnomasi. Natijada, tarbiya darslarida ijtimoiy-ta’limiy loyihalarni dars va darsdan tashqari jarayonlarni samarali tashkil etishning redagogik bosqichlarini aniqlashtirishga hamda o‘quvchilarda insoniy fazilatlar, axloqiy qarashlar va shaxsiy qadriyatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan amaliy- metodik tizimini takomillashtirishga erishilgan.
Individual yondashuvlar asosida tarbiya darslarini tashkil etishning samarali usullarini  vizual kontentlar va hayotiy vaziyatlarni taʼlim mazmuniga yoʻnaltirilgan muammoli, rivojlantiruvchi, loyiha ishi, kouch suhbat kabi metodik tavsiyalar tizimini shaxsga yo‘naltirilgan faoliyat (yakka, juftlik, jamoaviy) orqali amalga oshirishda imitatsion mashqlar (variativ, mobil, intensiv) ni integratsiya muhitida adartivlashtirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar 60310900 – Psixologiya (oila psixologiyasi)  mutaxassisligi uchun yaratilgan “Muloqot psixologiyasi” nomli darslik foydalanilgan (Oliy ta'lim, fan va innovatsiya vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i, 792273 sonli guvohnomasi).Natijada, individual yondashuvlar asosida tarbiya darslarini tashkil etishning amaliy-metodik tizimini takomillashtirishga erishilgan;
Tarbiya darslarini individual yondashuv asosida tashkil etish samaradorligini baholashda pedagogik diagnostika va kompetensiyaviy yondashuv asosida mezon va ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan hamda tajriba-sinov jarayonlarida olingan natijalarga matematik-statistik ishlov berish orqali o‘quvchilarning ijtimoiy-faol, axloqiy va kommunikativ kompetensiyalarining rivojlanganlik darajasini baholashning  reproduktiv, konstruktiv va kreativ darajalarini aniqlashga qaratilgan didaktik vositalar ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalaridan 60310900 – Psixologiya (oila psixologiyasi)  mutaxassisligi uchun yaratilgan “Muloqot psixologiyasi” nomli darslik foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i, 792273 sonli guvohnomasi). Natijada, global tendensiyalarni milliy xususiyatlarga moslashtirish va hayotiy vaziyatlarni modellashtirish orqali darslarning amaliy ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish