Jumanov Bektosh Karimovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sayqaliy she’riyati poetikasi», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4. (PhD)/ Fil 4057
Ilmiy rahbar: Muhiddinov Muslihiddin Qutbiddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12. Fil.09.08.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umirzoq Abdurazzoqovich, filologiya fanlari doktori, professor; 
Eshonqulov Husniddin Pirimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sobir Sayqaliyning poetik mahorati, lirikasining janrlari, mavzular ko‘lami, obrazlar tizimini aniqlashtirib, shoir sifatidagi adabiy mahoratini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sobir Sayqaliyning boshqa shoirlar ijodida kuzatilmagan, qofiyalanish tartibi, bandlar tuzilishi musammatga xos, 12 misrali she’riy shaklni yaratgani, ularda ijtimoiy, falsafiy, ishqiy mavzular bayon etilgani hamda lirikasi orqali XVIII asr davr voqeligini yoritishda “Bahrom”, “parvona”, “rabot”, “sarbon” kabi obrazlardan unumli foydalangani aniqlangan; 
Sobir Sayqaliy “Bahrom va Gulandom” dostonida an’anaviy syujetga ijodiy yondashib, uni kompozisiya, motiv va obrazlar jihatidan  qayta badiiylashtirishga erishgani, Bahrom va Gulandom o‘rtasidagi yozishmalarni  she’riy noma janrida keltirgani, bu esa dostonda stilizatsion folklorizm sifatida namoyon bo‘lgani, jang lavhalari tasvirida  asarlararo ko‘chuvchi statik va individual uslubdagi dinamik portret yaratgani isbotlangan; 
“Qissayi Sayqaliy”da shoirning she’riy hikoyat yaratishdagi roviylik mahorati, Payg‘ambar (s.a.v.) vafoti haqidagi hikoyatda musaddas shaklidan foydalanib, uni adabiy-estetik hodisaga aylanishini ta’minlagani, fikriy qaytariq usuliga murojaat etib, istiora, tashbeh, sifatlash, husni ta’lil, ta’dil, irsoli masal singari tasviriy vositalarni qo‘llaganligi dalillangan;     
“Qissayi Sayqaliy” dostoni masnaviy, g‘azal va musammat kabi janrlardan tuzilgani, farzandidan judolik iztirobidagi shaxs ruhiyati payg‘ambarlar, Imom Hasan va Imom Husayn bilan aloqador voqeliklarda ishtirok etuvchi ijobiy, salbiy xarakterdagi obrazlar misolida ochib berilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilishi. Sayqaliy she’riyati poetikasini tadqiq etishdan olingan ilmiy natijalar asosida: 
Sobir Sayqaliyning boshqa shoirlar ijodida kuzatilmagan, qofiyalanish tartibi musammatga xos, 12 misrali she’riy shaklni yaratgani, ularda ijtimoiy, falsafiy, ishqiy mavzular bayon etilgani hamda lirikasi orqali XVIII asr davr voqeligini yoritishda “Bahrom”, “parvona”, “rabot”, “sarbon” kabi obrazlardan faol foydalangani aniqlanganligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzularidagi fundamental ilmiy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi Milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali  2025-yıl “04” 06 №243 son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy xulosalarning qo‘llanishi orqali fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalar ilmiy saviyasini oshirishda xizmat qilgan; 
Sobir Sayqaliy “Bahrom va Gulandom” dostonida an’anaviy syujetga ijodiy yondashib, uni kompozisiya, motiv va obrazlar jihatidan  qayta badiiylashtirishga erishgani, Bahrom va Gulandom o‘rtasidagi yozishmalarni  she’riy noma janrida keltirgani, bu esa dostonda stilizatsion folklorizm sifatida namoyon bo‘lgani, jang lavhalari tasvirida  statik va dinamik portret yaratgani isbotlangan ilmiy yangiliklardan 2021-2023-yillarda bajarilgan IZ-2021020813 Alisher Navoiy ijodining xorijda o‘rganilishi va targ‘iboti asosida ko‘p tilli multimediya to‘plamini yaratish amaliy grant loyihasining metaforalar qismini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 3-dekabrdagi 04/1-3999 son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi fikr-mulohazalar bilan boyishiga erishilgan;
 “Qissayi Sayqaliy”da shoirning she’riy hikoyat yaratishdagi mahorati, Payg‘ambar (s.a.v.) vafoti haqidagi hikoyatda musaddas shaklidan foydalanib, uni adabiy-estetik hodisaga aylanishini ta’minlagani, fikriy qaytariq usuliga murojaat etib, istiora, tashbeh, sifatlash, husni ta’lil, ta’dil, irsoli masal singari tasviriy vositalarni qo‘llaganligi dalillangan mavzu va g‘oya mushtarakligi xususidagi yangiliklaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi she’riyat va adabiy tanqid kengashlari hisoboti yig‘ilishlarida, shuningdek, Samarqand viloyat bo‘limi qoshida faoliyat yuritayotgan “Sadoqat” to‘garagi faoliyatida va adabiy kechalarda, ijodkor yoshlar bilan uchrashuvlarda, ijodkor yoshlar bilan bo‘lgan amaliy, onlayn seminarlarda foydalanildi.  (O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining 2025 yil 20 apreldagi 01-03/228-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida tashkil etilgan yosh shoir va olimlar bilan uchrashuvlarda mazkur tadqiqotda o‘rganilgan she’r vazni haqida bahs yuritadigan bir qator nazariy manbalarning mazmun-mohiyati, bugungi davr ijod ahli uchun muhim dasturulamal sifatida xizmat qilishi mumkinligi muhokama etilgan;
“Qissayi Sayqaliy” dostoni masnaviy, g‘azal va musammat kabi janrlardan tuzilgani, farzandidan judolik iztirobidagi shaxs ruhiyati payg‘ambarlar, Imom Hasan va Imom Husayn bilan aloqador voqeliklarda ishtirok etuvchi ijobiy, salbiy xarakterdagi obrazlar misolida ochib berilgan ilmiy yangiliklaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024-yillarda bajarilgan IZ-30910203-raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 23-dekabrdagi 04/1-399-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi fikr-mulohazalar bilan boyishiga erishilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish