Ortiqova Iroda Shuhratovnaning filologiya fanlari fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Tilshunoslikda determinologizatsiya hodisasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.1.PhD/Fil2343
Ilmiy rahbar: Xodjaeva Dilnoza Shavkatovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.34.02
Rasmiy opponentlar: Abdurahmonova Nilufar Zaylobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor; Nurmanova Dilfuza Abdulhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyot va folklor instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tilshunoslikda determinologizatsiya hodisasining lingvistik tabiatini tadqiq etish. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tilshunoslikda determinologizatsiya hodisasiga uchragan terminlarning mohiyati va tahlili hamda terminlarning semantik va so‘z yasash salohiyati, lisoniy belgilari, referensial funksiyalari va sinonimiya polisemiyasi tavsiflash usul asosida isbotlangan;
tilshunoslikda terminlarning kasbiy-hunar, ish; badiiy-adabiyot (proza); rasmiy ish hujjatlar; OAV; harbiy yozishmalar; so‘zlashuv; internet media aloqa sohalarda semantik, stilistik va kontekstual jihatdan determinologizatsiyaga uchrash mahsuldorligi o‘rtasidagi korrelyasiyasi  komponent usuli negizida aniqlangan;
determinologizatsiyaga uchragan terminlar orasida terminlarning bir sohadan boshqa sohaga o‘tishi “transterminologizatsiya”, qayta asl sohaga yangi ma’no bilan qaytishi “reterminologizatsiya” hamda terminlarning umumxalq tiliga kirib borishi “determinologizatsiya”, tilning fan va texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda yangi tushunchalarni ifodalashi leksik birliklar semantikasi va pragmatik usullar asosida ilmiy dalillangan;
determinologizatsiyaga uchragan terminlarda lingvistik ya’ni, terminlarning umumleksik birlikka o‘tishi, funksional, strukturaviy, semantik jihatdan o‘zgarishi, ma’no kengayishi va torayishi va ekstralingvistik jihatdan ijtimoiy tarqqiyot, fan-texnika yutuqlari, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar omillari ingliz, rus va o‘zbek tillarida qiyosiy-chog‘ishtirma usul asosida ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tilshunoslikda determinologizatsiya hodisasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida olingan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
tilshunoslikda determinologizatsiya hodisasiga uchragan terminlarning mohiyati va tahlili hamda terminlarning semantik va so‘z yasash salohiyati, lisoniy belgilari, referensial funksiyalari va sinonimiya polisemiyasi tavsiflash usul asosida isbotlanganligi, tilshunoslikda terminlarning kasbiy-hunar, ish; badiiy-adabiyot (proza); rasmiy ish hujjatlar; OAV; harbiy yozishmalar; so‘zlashuv; internet media aloqa sohalarda semantik, stilistik va kontekstual jihatdan determinologizatsiyaga uchrash mahsuldorligi o‘rtasidagi korrelyasiyasi komponent usuli negizida aniqlanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida 2022-2024-yillarda bajarilgan shifrli “DLP” (№37-06.06/12-2022) amaliy loyiha doirasida foydalanilgan.(O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti 2025-yil 23-iyundagi 10/1283-sonli ma’lumotnomasi) Natijada  determinologizatsiyaga uchragan terminlarning matn va nutqdagi funksional-diskursiv qo‘llanishi, ularning semantik siljish mexanizmlari, so‘z yasash modellari hamda sinonimiya va polisemiyaning yuzaga kelish omillari korpus va kontekst tahlili orqali tizimlashtirilib, olingan ilmiy-nazariy natijalar mudofaa sohasidagi axborot-kommunikatsiya terminlarini standartlashtirish, talqinini birxillashtirish va kelgusida amaliy-lug‘aviy bazani boyitishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar sifatida umumlashtirildi;
determinologizatsiyaga uchragan terminlar orasida terminlarning bir sohadan boshqa sohaga o‘tishi “transterminologizatsiya”, qayta asl sohaga yangi ma’no bilan qaytishi “reterminologizatsiya” hamda terminlarning umumxalq tiliga kirib borishi “determinologizatsiya”, tilning fan va texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda yangi tushunchalarni ifodalashi leksik birliklar semantikasi va pragmatik usullar asosida ilmiy dalillanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilayotgan FA-F-1-005-sonli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini ilmiy o‘rganish” nomli fundamental loyiha doirasida dissertatsiya ishining ilmiy natijalaridan foydalanilgan.(Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti 2025-yil 16-iyundagi 331/1-sonli ma’lumotnomasi) Natijada komponent tahlil asosida turli sohalar terminlarining determinologizatsiyaga uchrash mahsuldorligi bilan ularning semantik ko‘chish darajasi, stilistik funksional faolligi va kontekstual moslashuvchanligi o‘rtasidagi korrelyativ bog‘lanishlar aniqlanib, fundamental loyiha ehtiyojlari uchun ilmiy asoslangan xulosalar va amaliy tavsiyalar shakllantirildi; 
determinologizatsiyaga uchragan terminlarda lingvistik ya’ni, terminlarning umumleksik birlikka o‘tishi, funksional, strukturaviy, semantik jihatdan o‘zgarishi, ma’no kengayishi va torayishi va ekstralingvistik jihatdan ijtimoiy tarqqiyot, fan-texnika yutuqlari, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar omillari ingliz, rus va o‘zbek tillarida qiyosiy-chog‘ishtirma usul asosida ilmiy asoslanganligiga oid xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan 2025-yilda bajarilgan ILM-202405160857-sonli “Buxoro ziyoratgohlarining elektron 3D modelini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 2025-yil 4-martdagi 5-107-sonli ma’lumotnomasi) bo‘lib, ushbu tahlil va tavsiyalar asosida ziyoratgohlar haqidagi ilmiy-ommabop hamda texnik matnlarda qo‘llanadigan terminlarning ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi muqobil variantlari va semantik-pragmatik mosligi mezonlari belgilandi, determinologizatsiyaga uchragan birliklarning kontekstga mos standart talqini ishlab chiqildi. Natijada, dissertatsiya ilmiy natijalari loyiha doirasida dastur, qo‘llanma va ishlanmalar ishlab chiqishda hamda taklif etilgan tavsiya va xulosalar amaliy loyiha yaratishda va uning takomillashishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish