Ibragimova Dilorom Abdulazizovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Teri melanomasi klinik-epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish va diagnostikasini takomillashtirish», 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4588.
Ilmiy rahbar: Polatova Djamila Shagayratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi, immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.06.01.
Rasmiy opponentlar: Rahimov Nodir Maxammatqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xasanov Akbar Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga moyil.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida teri melanomasining klinik-epidemiologik xususiyatlarini tahlil qilish, xavf xududlarni aniqlash va kasallik diagnostikasini takomillashtirish maqsadida innovatsion dastur ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda teri melanomasi bilan kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari jahon standart aholisiga muvofiq yoshga mos standartlashtirilgan ko‘rsatkichlar (ASR) asosida hisoblanib, respublika miqyosida kompleks klinik-epidemiologik baholash asosida milliy populyasiyada kasallanishning haqiqiy darajasi va dinamikasi aniqlangan;
vaqt qatorlarini tahlil qilish va Moving Average modelini qo‘llash orqali kasallikning kelgusi epidemiologik tendensiyalarini baholash asosida respublikada teri melanomasi bilan kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarining 2027 yilgacha bo‘lgan davr uchun ilmiy asoslangan prognoz modeli ishlab chiqilgan;
respublikada teri melanomasi bilan kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarining hududiy xususiyatlari geoepidemiologik tahlili asosida baholanib, yuqori, o‘rta va past xavfli zonalar ajratilgan holda hududlarning geografik xavf landshafti (zonal tipologiya) ishlab chiqilgan;
teri melanomasini erta aniqlash maqsadida dermatoskopik mezonlarga asoslangan ishlab chiqilgan “MelanoTest” innovatsion elektron dasturning diagnostik samaradorligi baholanib, uning melanotsitar o‘smalarni saralashda sezgirligi 72%, o‘ziga xosligi 66% va umumiy ishonchliligi 68,7% ekani ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Teri melanomasi klinik-epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish va diagnostikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekistonda teri melanomasi bilan kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari jahon standart aholisiga muvofiq yoshga mos standartlashtirilgan ko‘rsatkichlar (ASR) asosida hisoblanib, respublika miqyosida kompleks klinik-epidemiologik baholash asosida milliy populyasiyada kasallanishning haqiqiy darajasi va dinamikasi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 6 noyabrda 3-son bilan tasdiqlangan “Teri melanomasi erta tashxislash va oldini olish uchun innovatsion dasturni qo‘llash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIOvaRIATM Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 19.09.2024 yildagi 106-son,  RIOvaRIATM Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali bo‘yicha 25.09.2024 yildagi 1814-son, RIOvaRIATM Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 24.09.2024 yildagi 25-son hamda RIOvaRIATM Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 13.09.2024 yildagi 77-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 20 iyundagi 20/27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: respublika bo‘yicha standartlashgan ko‘rsatkichlarning muayyanlashtirilishi teri melanomasi holatini xalqaro miqyosda to‘g‘ri solishtirish va mintaqaviy epidemiologik tarmoqlarda xolis baho berish imkonini beradi. Bu aholi salomatligini muhofaza qilish strategiyalarini rejalashtirishda hamda xatarli hududlarni aniqlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: standartlashgan ko‘rsatkichlar asosida teri melanomasining haqiqiy yuklamasi aniqlanib, profilaktika va erta tashxisga yo‘naltirilgan choralar bilan kechki bosqichlarda aniqlanishni kamaytirish orqali davolash xarajatlari sezilarli ravishda (taxminan 4–6%) iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: vaqt qatorlarini tahlil qilish va Moving Average modelini qo‘llash orqali kasallikning kelgusi epidemiologik tendensiyalarini baholash asosida respublikada teri melanomasi bilan kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarining 2027 yilgacha bo‘lgan davr uchun ilmiy asoslangan prognoz modeli ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 6 noyabrda 3-son bilan tasdiqlangan “Teri melanomasi erta tashxislash va oldini olish uchun innovatsion dasturni qo‘llash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIOvaRIATM Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 19.09.2024 yildagi 106-son,  RIOvaRIATM Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali bo‘yicha 25.09.2024 yildagi 1814-son, RIOvaRIATM Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 24.09.2024 yildagi 25-son hamda RIOvaRIATM Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 13.09.2024 yildagi 77-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 20 iyundagi 20/27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: prognoz natijalari har bir hududda sog‘liqni saqlash xizmatlarini, skrining va profilaktika dasturlarini vaqtida qayta yo‘naltirish imkonini beradi. Bu esa aholi orasida erta tashxisni oshirish va o‘limni kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan dastur orqali xavf guruxiga kiruvchi aholi o‘zlarini nazorat qilishlari, qayta ko‘rikka borishi va terinisini himoya qilishi haqida bilimlarini oshirish tufayli kasallikka chalinishini (nogironligini) oldini olish natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish va nogironlik nafaqaga sarflanadigan 8964000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: respublikada teri melanomasi bilan kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarining hududiy xususiyatlari geoepidemiologik tahlili asosida baholanib, yuqori, o‘rta va past xavfli zonalar ajratilgan holda hududlarning geografik xavf landshafti (zonal tipologiya) ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 6 noyabrda 3-son bilan tasdiqlangan “Teri melanomasi erta tashxislash va oldini olish uchun innovatsion dasturni qo‘llash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIOvaRIATM Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 19.09.2024 yildagi 106-son,  RIOvaRIATM Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali bo‘yicha 25.09.2024 yildagi 1814-son, RIOvaRIATM Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 24.09.2024 yildagi 25-son hamda RIOvaRIATM Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 13.09.2024 yildagi 77-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 20 iyundagi 20/27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: geografik landshaft bo‘yicha yuqori xavfli hududlarda maqsadli profilaktik tadbirlar (maxsus skrining kampaniyalari, axoliga qaratilgan targ‘ibot, dermatologik xizmatlarni kengaytirish) joriy etilishi aholining kechki bosqichlarda aniqlanishini kamaytiradi va umumiy salomatlik darajasini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: hududlarga moslashtirilgan intervensiyalar orqali davolash xarajatlarini optimallashtirish va o‘ziga xos o‘tkazilgan profilaktika choralari natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan byudjet mablag‘larining 9–12% iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: teri melanomasini erta aniqlash maqsadida dermatoskopik mezonlarga asoslangan ishlab chiqilgan “MelanoTest” innovatsion elektron dasturning diagnostik samaradorligi baholanib, uning melanotsitar o‘smalarni saralashda sezgirligi 72%, o‘ziga xosligi 66% va umumiy ishonchliligi 68,7% ekani ilmiy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 6 noyabrda 3-son bilan tasdiqlangan “Teri melanomasi erta tashxislash va oldini olish uchun innovatsion dasturni qo‘llash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RIOvaRIATM Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 19.09.2024 yildagi 106-son,  RIOvaRIATM Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali bo‘yicha 25.09.2024 yildagi 1814-son, RIOvaRIATM Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 24.09.2024 yildagi 25-son hamda RIOvaRIATM Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 13.09.2024 yildagi 77-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 20 iyundagi 20/27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: dastur aholi uchun o‘z-o‘zini kuzatish va shifokorlarga tezkor saralash imkonini beradi, bu esa tashxisni erta qo‘yishni oshiradi, bemorlarning hayot sifati va yashovchanlik ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: dastur yordamida noto‘g‘ri yoki ortiqcha invaziv tekshirishlar va kechki bosqichdagi davolash xarajatlari kamayadi; bular davlat tibbiѐt xarajatlarida sezilarli tejamkorlik beradi (taxminan 6–15% holatlari). Xulosa: dasturni keng joriy etish orqali TM erta tashxislashni oshirish, g‘ri yoki ortiqcha invaziv tekshirishlarni kamaytirish va skrining samaradorligini yaxshilash natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan byudjet mablag‘larining 6–15% iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish