Dadajonov Sharabidinning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi ximoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05-06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish – “Eshilgan iplar ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish va eshish nazariyasini rivojlantirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/T752
Ilimiy maslaxatchi: Axunbabaev Oxunjon Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti DSc.03./2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam t.f.d., prof., Islambekova Nigora Murtazaevna, t.f.d., prof., Qoraboev Sherzod Axmadjonovich, t.f.d., dots.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy axamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: Ipak iplarining eshish nazariyasini rivojlantirish, eshilgan iplarning ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, tabiiy ipakdan tayyorlangan jarroxlik iplarining natijaviy chiziqli zichligini oldindan aniqlashning nazariy formulasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mahalliy pillalardan olingan maxsus xom ipak va kimyoviy kompleks iplarni eshishga tayyorlash hamda eshilgan jarrohlik iplarni ishlab chiqarish va ularni qaynatib-pishirish texnologiyalari takomillashtirilgan;
tabiiy ipak va kimyoviy kompleks iplardan jarroxlik va tikuvchilik iplarning turli assortimentlarini olish texnologiyalarini takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan;
halqali qo‘shish-eshish dastgoxlarida yugurdak bilan g‘altak orasidagi ipning tarangligini xisoblash formulasi va uning tarkibidagi koeffisientlarni hisoblangan jadvallari ishlab chiqilgan;
tabiiy ipak jarroxlik iplarini eshilish darajasidan kelib chiqqan xolda natijaviy chiziqli zichligini aniqlashning nazariy asoslari ishlab chiqilgan;
tabiiy ipakdan ishlab chiqarilgan tikuvchilik iplarini pardozlash texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya doirasida yaratilgan poliamid kompleks iplaridan jarrohlik iplari ishlab chiqarish texnologiyasini tadbiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy ipak va kimyoviy kompleks iplardan jarroxlik va tikuvchilik iplarning turli assortimentlari “O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot institutining ishlab chiqarish uchastkasida” va “Quvatekstil” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 28 sentyabrdagi № 04/25-2096-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarilgan har bir g‘altaksiz o‘ram uchun iqtisodiy samaradorlik 3200 so‘mni, butun partiya uchun esa 3 632 000 so‘mni tashkil etgan.