Karshieva Saodat Xurramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kotovnik, melissa, mayoran ekinlarining xo‘jalik muhim belgilarini baholash va O‘zbekistonning janubiy sharoitida introduksiya qilish”, 06.01.05—Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD.Qx1599
Ilmiy rahbar: Aramov Muzaffar Xoshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/2025.27.12.Qx.14.01.
Rasmiy opponentlar: Nadjiev Juraxon Narsaydovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Qarshieva Umida Shukurovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston janubida kotovnik, mayoran va melissa nav namunalari to‘plamini morfologik, xo‘jalik qimmatli belgilari bo‘yicha baholash va shu asosda istiqbolli navlarni ajratish va ularni turli muddatlarda ekish, ko‘k va quruq massa hosildorligini, yuqori va sifatli urug‘ etishtirishda maqbul ekish muddatlarini, urug‘ mahsuldorligini aniqlash tadqiqotning maqsadi hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston sharoitida kotovnik, mayoran va melissa nav namunalari o‘rganilgan va istiqbolli navlar ajratilgan;
turli ekish muddatlarida kotovnik, mayoran va melissa o‘simliklarining morfobiologik va xo‘jalik muhim belgilarining namoyon bo‘lishi aniqlangan;
turli ekish muddatlarida ushbu ekinlarning ko‘k va quruq massa hosildorligi va urug‘ mahsuldorligi o‘rganilgan va kuzgi ekish muddatida ushbu belgilarning miqdori sezilarli darajada yuqori bo‘lishi isbotlangan;
turli ekish muddatlarida o‘rganilayotgan ekinlar morfologik va xo‘jalik muhim belgilarining o‘zgaruvchanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kam tarqalgan, noan’anaviy sabzavotlar kotovnik, mayoran va melissa ekinlarining nav namunalari to‘plamini o‘rganish, ularning ekish muddatlarini, urug‘chilik texnologiyasini ishlab chiqish, shu asosda yangi ekinlarni introduksiya qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Surxondaryo viloyati sharoitida kam tarqalgan, sabzavot ekinlaridan istiqbolli deb topilgan kotovnikning Barxat navi, mayoranning TerMos navi, melissaning Dozya navlari introduksiya qilingan va Surxondaryo viloyati Qumqo‘rgon tumanidagi “Alpomish o‘g‘lonlari” fermer xo‘jaligining 0,3 gektar, Termiz tumanidagi “Xodjanov Ro‘ziboy” fermer xo‘jaligining 0,4 gektar maydonida, jami 0,7 gektar maydonda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan 2025-yil 14-iyulda berilgan 05/06-286-son ma’lumotnomasi). Natijada istiqbolli deb topilgan, hosildorligi yuqori noan’anaviy sabzavot ekinlari (kotovnik, mayoran va melissa ekinlari) dan aholi ehtiyoji uchun qo‘shimcha ko‘kat mahsulotlari olish imkonini bergan;
istiqbolli sabzavot ekinlaridan kotovnikning Barxat navi, mayoranning TerMos navi, melissaning Dozya navlari etishtirish agrotexnologiyasi ishlab chiqilgan va Surxondaryo viloyati Qumqo‘rgon tumanidagi “Alpomish o‘g‘lonlari” fermer xo‘jaligining 0,3 gektar, Termiz tumanidagi “Xodjanov Ro‘ziboy” fermer xo‘jaligining 0,4 gektar maydonida, jami 0,7 gektar maydonda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan 2025-yil 14-iyulda berilgan 05/06-286-son ma’lumotnomasi). Natijada istiqbolli sabzavot ekinlari etishtirish agrotexnologiyasi qo‘llash orqali kotovnikning Barxat navidan 27,0-28,0 t/ga sifatli ko‘kat hosili olinib, 60 515 ming so‘m daromad olishga, shuningdek mayoranning TerMos navidan gektariga o‘rtacha 10,0-11,0 t/ga hosil olinib, 40685-56600 ming so‘m hamda melissaning Dozya navidan gektariga o‘rtacha 25,7 t/ga ko‘k massa hosil oliishga, 52 630 ming so‘m daromad olishga erishilgan;
istiqbolli (kotovnik, mayoran va melissa) sabzavot ekinlarini maqbul ekish mavsumlari, urug‘ mahsuldorligi, urug‘larning ekinboplik xususiyatlarini aniqlash usuli takomillashtirilgan va Termiz tumanidagi “Termiz Elita Do‘stlik urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ er maydonlarida kotovnikning Barxat navi 0,2 gektar, mayoranning TerMos navi 0,2 gektar, melissaning Dozya navi 0,2 gektar, jami 0,6 ga maydonda amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan 2025-yil 14-iyulda berilgan 05/06-286-son ma’lumotnomasi). Natijada kotovnikning Barxat navidan gektar hisobida 0,64 tonna, mayoranning Termos navidan 0,35 tonna, melissaning Dozya navidan 0,67 tonna sifatli urug‘ olingan. Mazkur urug‘larni realizatsiya qilish orqali mos ravishda o‘rtacha 45500 ming so‘m/ga; 47450 ming so‘m/ga va 67 340 ming so‘m/ga sof daromad olishga erishilgan.