Kadirova Gulnora Xasanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida o‘quvchilarni mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (kasbiy ta’limning tibbiyot yo‘nalishi misolida), 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Ped810
Ilmiy maslahatchi: Ashurova Sanobarxon Yuldashevna – pedagogika fanlari doktori, (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish  instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardonov Shukurullo Qo‘ldashevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Himmataliev Dustnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: kasbiy ta’limning tibbiyot yo‘nalishi texnikumlarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida o‘quvchilarni mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiy ta’limning kasbiy metaprofessionallik, funksional intellekt kabi innovatsion talablarni aniqlash asosida bo‘lajak mutaxassislarning mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlashga qaratilgan autokompetentligini rivojlantirishning metakognitiv, funksional-texnologik, subektiv-ijodiy komponentlari strukturasi takomillashtirilgan;
ijtimoiy-kollaborativ, kvazi-professional o‘qitish shakllarini o‘zaro integratsiyalash hamda o‘quvchilarni mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlashning metakognitiv strategiyalarini ishlab chiqish asosida mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlashni bosqichma-bosqich amalga oshirishni ta’minlovchi konsepsiya mazmuni takomillashtirilgan; 
o‘quv modullarining diversifikatsiyasiga erishishda o‘quvchining autentik xususiyatlarini shakllantirish, shaxsiy ta’lim traektoriyasini vertikal va gorizontal o‘sishiga qaratilgan pedagogik shart-sharoitlarini belgilash asosida o‘quvchilarni mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlashning konseptual-pedagogik modeli takomillashtirilgan;
avtodidaktika va refleksivlik tamoyillari asosida o‘quvchining narrativ resurslari, metakognitiv tajribasi va raqamli kontent imkoniyatlarini “TEFCAS”, “Koen modellari” hamda “Integratsion sikl” metodlari bilan uyg‘unlashtish orqali kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi takomillashtirilgan; 
metakognitivlik, funksionallik va ijodiy-subektivlik ko‘rsatkichlari bilan kollaborativ, produktiv va kreativ darajalarning indikatorlari hamda ularning miqdoriy-sifat tavsiflarini mazmunan optimallashtirish orqali kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni baholashning diagnostik-mezonlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida o‘quvchilarni mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirishdan olingan tadqiqotlar natijalari asosida:
tibbiy ta’limning kasbiy metaprofessionallik, funksional intellekt kabi innovatsion talablarni aniqlash asosida bo‘lajak mutaxassislarning mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlashga qaratilgan autokompetentligini rivojlantirish, shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini modellashtirishga oid takliflardan Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti IL–5821081323-raqamli “Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish” (2023-2025 yy.) mavzusidagi grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2026 yil 26 martdagi 01/01-01-198-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu amaliy takliflar o‘quvchilar kasbiy kompetentliligini shakllantirishda mustaqil o‘quv faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilgan; 
o‘quv modullarining diversifikatsiyasiga erishishda o‘quvchining autentik xususiyatlarini shakllantirish, shaxsiy ta’lim traektoriyasini vertikal va gorizontal o‘sishiga qaratilgan pedagogik shart-sharoitlarini belgilash asosida o‘quvchilarni mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlashga qaratilgan tavsiyalar va mashg‘ulot ishlanmalari “Organik kimyo” (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 366-256-raqamli nashr ruxsatnomasi), “Organik kimyo ma’ruzalar va laboratoriya ishlari” o‘quv qo‘llanmalari mazmunida aks ettirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 346-262-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarni mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlashning uslubiy-didaktik ta’minoti takomillashtirilgan; 
avtodidaktika va refleksivlik tamoyillari asosida o‘quvchining narrativ resurslari, metakognitiv tajribasi va raqamli kontent imkoniyatlarini “TEFCAS”, “Koen modellari” hamda “Integratsion sikl” metodlari bilan uyg‘unlashtish orqali kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi “Pedagogik mahorat” kursi, mazkur kursning “Kasbiy ta’limda 4K modelini qo‘llash”, “Kasbiy ta’limda o‘quvchilarning mustaqil faoliyati” (Kasbiy ta’lim institutining ilmiy-pedagogik kengashining 2025 yul 7-iyundagi 6-sonli bayonnomasi) nomli o‘quv didaktik ta’minoti mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2026 yil 26 martdagi 01/01-01-198-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu metodika bo‘lajak farmasevt assistentlarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak farmasevt assistentni kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan kasbiy vaziyatga asoslangan kazuslar, darajalangan tipologik o‘quv topshiriqlari, tanqidiy fikrlash yo‘nalishidagi amaliy topshiriqlar to‘plami, “Organik kimyo” modulidan tayyorlangan raqamli ta’lim resurslari ishlab chiqilgan hamda ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2026 yil 26 martdagi 01/01-01-198-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini baholash imkoniyatlari kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish