Tursunxo‘jaev Axrorxo‘ja Jamoliddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Korxonaning raqobat ustunligini ta’minlashda marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11 – “Marketing”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3866
Ilmiy rahbar: Akramov Toxir Abdiraxmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,DSc.03/2025.27.12.1.23.04.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmatov Ziyodilla Nosirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonaning raqobat ustunligini ta’minlashda marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes korxonalarida 4R munosabatlar marketingi konsepsiyasi doirasida marketingni boshqarishning konseptual modeli hamda mijoz qiymatlariga mos samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimini har bir elementning natijadorligini iste’molchi qoniqish indekslari orqali miqdoriy baholash metodikasi taklif etilgan;
iste’molchiga yo‘naltirilgan tizimga asoslangan yondashuv doirasida korxona marketing faoliyatida mijoz qadriyatini yaratish, sodiqlikni ta’minlash va brend imijini shakllantirishga qaratilgan raqamli marketing dastaklaridan foydalanish asosida raqobat ustunligini ta’minlash asoslangan;
korxona marketing faoliyati samaradorlik indeksi “mijozlar bilan munosabatlarga asoslangan strategiyalar va raqobatda ustunlikka asoslangan strategiyalar” nisbatida marketing innovatsiyasi (β=0.785) va raqobat ustunligi (β=0.841) bo‘yicha ikki o‘lchovli strategik pozisiyalash matrisasi asosida segmentlashtirilgan marketing samaradorligini baholash metodologiyasi taklif etilgan;
korxonalarda mijozlar bilan o‘zaro samarali munosabatlar shakllantirish orqali bozor faoliyatini rivojlantirish va raqobatli ustunligini ta’minlashga marketing vositalari ta’siri bog‘liq jihatlarini ifodalovchi empirik baholash modeli asosida Toshkent viloyati bo‘yicha chakana savdo hajmi 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonaning raqobat ustunligini ta’minlashda marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirsh bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik biznes korxonalarida 4R munosabatlar marketingi konsepsiyasi doirasida marketingni boshqarishning konseptual modeli hamda mijoz qiymatlariga mos samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimini har bir elementning natijadorligini iste’molchi qoniqish indekslari orqali miqdoriy baholash metodikasi “Dilnoza” MChJ va “Parkent Samo” MChJ lari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 5 dekabrdagi 05-33-193795-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Dilnoza” MChJning tovarlarni sotish bilan bog‘liq xarajatlarini 12 foizga, “Parkent Samo” MChJning sotish xarajatlarni 18 foizga kamaytirishga erishilgan;
iste’molchiga yo‘naltirilgan tizimga asoslangan yondashuv doirasida korxona marketing faoliyatida mijoz qadriyatini yaratish, sodiqlikni ta’minlash va brend imijini shakllantirishga qaratilgan raqamli marketing dastaklaridan foydalanish asosida raqobat ustunligini ta’minlash taklifi “Dilnoza” MChJ va “Parkent Samo” MChJ lari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 5 dekabrdagi 05-33-193795-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Dilnoza” MChJning yillik tovar aylanmasini 11 foizga, “Parkent Samo” MChJning yillik tovar aylanmasini esa 17 foizga oshirishga erishilgan;
korxona marketing faoliyati samaradorlik indeksi “mijozlar bilan munosabatlarga asoslangan strategiyalar va raqobatda ustunlikka asoslangan strategiyalar” nisbatida marketing innovatsiyasi (β=0.785) va raqobat ustunligi (β=0.841) bo‘yicha ikki o‘lchovli strategik pozisiyalash matrisasi asosida segmentlashtirilgan marketing samaradorligini baholash metodologiyasi “Dilnoza” MChJ va “Parkent Samo” MChJ lari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 5 dekabrdagi 05-33-193795-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Dilnoza” MChJ va “Parkent Samo” MChJ larining raqobatli ustunligini ta’minlashga imkon bergan;
korxonalarda mijozlar bilan o‘zaro samarali munosabatlar shakllantirish orqali bozor faoliyatini rivojlantirish va raqobatli ustunligini ta’minlashga marketing vositalari ta’siri bog‘liq jihatlarini ifodalovchi empirik baholash modeli asosida Toshkent viloyati bo‘yicha chakana savdo hajmi 2030-yilga qadar prognoz ssenariylari “Dilnoza” MChJ va “Parkent Samo” MChJ lari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 5 dekabrdagi 05-33-193795-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan “Dilnoza” MChJ va “Parkent Samo” MChJ larning 2030 yilgacha rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.