Ko‘kiev Boburmirzo Baxodir o‘g‘lining Pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Talabalarni loyihalashtirish qobiliyatlarini proeksiyalash usullaridan foydalanib rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Chizma geometriya va muhandislik grafikasi)” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Ped637 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Mardov Sanjar Xudoykulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/08.05.2024A.11.02 
Rasmiy opponentlar:
Muslimov Sherzod Narzulla o‘g‘li, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Madaminov Javlonbek Zafarjonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Mamatov Dilshod Kadirovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi proeksiyalash usullarini o‘qitish orqali talabalarni loyihalashtirish qobiliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning nazariy asoslari hamda amaliy mexanizimlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning loyihalashtirish qobiliyatlarini proeksiyalash usullari vositasida rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik asoslar didaktik tamoyillar, kompetensiyaviy yondashuv va faoliyatga yo‘naltirilgan loyiha asosida o‘qitish, muammoli ta’lim, interaktiv grafik mashg‘ulotlar kabi pedagogik texnologiyalarning tizimli integratsiyasi asosida aniqlashtirilgan;
proeksiyalash usullarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va kognitiv-kompetensiyaviy natijalar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik sun’iy intellektga asoslangan tahliliy-monitoring mexanizmlari yordamida strukturaviy-dinamik boshqaruvning innovatsion-adaptiv modeli ishlab chiqilgan;
talabalarning kasbiy-ijodiy faollik kompetentligini shakllantirishga xizmat qiluvchi o‘quv materiallarining didaktik salohiyati raqamli ta’lim muhitida strukturaviy-funksional tahlil va modellashtirish asosida aniqlanib, STEAM yondashuvi elementlari, interaktiv multimedia vositalari va immersiv vizualizatsiya texnologiyalari integratsiyasi orqali loyihaviy-grafik faoliyatni faollashtirishga yo‘naltirilgan innovatsion didaktik imkoniyatlari tizimli ravishda kengaytirilib, metodik jihatdan takomillashtirilgan;
talabalarda grafik tafakkur, fazoviy tasavvur va dizayn fikrlash sifatlarini yuqori darajada shakllantirish, proeksiyalash usullarini o‘qitish jarayonida talabalarning loyihalashtirish qobiliyatlarini kompleks rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodika interaktiv ta’lim texnologiyalari, 3D-modellashtirish vositalari va bosqichma-bosqich o‘qitish tamoyillari, kognitiv va ijodiy kompetensiyalarni o‘zaro uzviy bog‘liqlikda, kompetensiyaviy yondashuv talablariga ko‘ra parallel rivojlantirish orqali takomillashtirilgan; 
muhandislik fanlarida grafik jarayonlarni proeksiyalash va loyihalash funksiyalarini motivatsion-qadriyatli, kognitiv, amaliy-faoliyatli hamda refleksiv-baholash komponentlari bilan kompleks uyg‘unlashtiruvchi innovatsion didaktik tizim talabalarda grafik tafakkur, fazoviy tasavvur va muhandislik muammolariga kreativ echim topish ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich va tizimli rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompetensiyaviy mexanizmlarni shakllantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Proeksiyalash usullarini o‘qitish orqali talabalarni loyihalashtirish qobiliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning loyihalashtirish qobiliyatlarini proeksiyalash usullari vositasida rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik asoslar didaktik tamoyillar, kompetensiyaviy yondashuv va faoliyatga yo‘naltirilgan loyiha asosida o‘qitish, muammoli ta’lim, interaktiv grafik mashg‘ulotlar kabi pedagogik texnologiyalarning tizimli integratsiyasi asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Chizma geometriya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i asosida berilgan 376753-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada chizmachilik va chizma geometriya fanlarida talabalarni loyihalashtirish qobiliyatlarini proeksiyalash usullaridan foydalanish orqali ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
proeksiyalash usullarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va kognitiv-kompetensiyaviy natijalar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik sun’iy intellektga asoslangan tahliliy-monitoring mexanizmlari yordamida strukturaviy-dinamik boshqaruvning innovatsion-adaptiv modeli ishlab chiqishga oid takliflar “Intererni loyihalash” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i asosida berilgan 215895-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada proeksiyalash va interer loyihalashga oid o‘quv jarayonining samaradorligi oshirilib, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy loyihalash faoliyati bilan uyg‘unlashtirish hamda grafik tafakkuri, fazoviy tasavvuri va loyihalashtirish kompetensiyalarini rivojlantirishga erishildi;
talabalarning kasbiy-ijodiy faollik kompetentligini shakllantirishga xizmat qiluvchi o‘quv materiallarining didaktik salohiyati raqamli ta’lim muhitida strukturaviy-funksional tahlil va modellashtirish asosida aniqlanib, STEAM yondashuvi elementlari, interaktiv multimedia vositalari va immersiv vizualizatsiya texnologiyalari integratsiyasi orqali loyihaviy-grafik faoliyatni faollashtirishga yo‘naltirilgan innovatsion didaktik imkoniyatlari tizimli ravishda kengaytirilib, metodik jihatdan takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” loyihaning ta’lim jarayoniga joriy etish va o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirishga oid qismini bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 11-mart 104-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarda grafik tafakkur, fazoviy tasavvur va dizayn fikrlash sifatlarini yuqori darajada shakllantirish, proeksiyalash usullarini o‘qitish jarayonida talabalarning loyihalashtirish qobiliyatlarini kompleks rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodika interaktiv ta’lim texnologiyalari, 3D-modellashtirish vositalari va bosqichma-bosqich o‘qitish tamoyillari, kognitiv va ijodiy kompetensiyalarni o‘zaro uzviy bog‘liqlikda, kompetensiyaviy yondashuv talablariga ko‘ra parallel rivojlantirish orqali takomillashtirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Fakt 24” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 31-yanvardagi 03-09-89-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchilari grafik dasturlarining barcha zamonaviy imkoniyatlari haqida ma’lumot olishlariga erishilgan;
muhandislik fanlarida grafik jarayonlarni proeksiyalash va loyihalash funksiyalarini motivatsion-qadriyatli, kognitiv, amaliy-faoliyatli hamda refleksiv-baholash komponentlari bilan kompleks uyg‘unlashtiruvchi innovatsion didaktik tizim talabalarda grafik tafakkur, fazoviy tasavvur va muhandislik muammolariga kreativ echim topish ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich va tizimli rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompetensiyaviy mexanizmlarni shakllantirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Arxitektura elementlarini loyihalash” darsligini yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagigika universitetining 2025 yil 2 apreldagi 11-05-2019/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchilarining muhandislikka doir kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish