Djumaeva Zarrina Furkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mirzacho‘lda tarqalgan Onobrychis Mill. turkumi ayrim vakillarining bioekologik va reproduktiv xususiyatlari”, 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/B1092.
Ilmiy rahbar: Karshibaev Hazratqul Kilichevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.38.03.
Rasmiy opponentlar: Abduraimov Ozodbek Sultonqulovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Duschanova Guljan Madrimbaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mirzacho‘l sharoitida tarqalgan Onobrychis turkumi ayrim turlarining bioekologik xususiyatlarini aniqlash va ko‘p komponentli yaylovlar yaratishda ulardan foydalanish imkoniyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Onobrychis pulchellaning dala sharoitida stratifikatsiyalangan urug‘lari unuvchanligi O. micrantha, O. chorassanica va O. saravschanica turlariga nisbatan yuqoriligi aniqlangan;
O. pulchella va O. micrantha turlarining adir mintaqasi sharoitiga moslashishi, ontogenez bosqichlari va vegetatsiya davomiyligini qisqarishi, O. chorassanica va O. saravschanica larda esa ushbu davrning uzayishi bilan amalga oshishi isbotlangan;
O. chorassanica va O. saravschanica larda reproduksiya jarayonining generativ bosqichi ontogenezining ikkinchi yilida sodir bo‘lishi ochib berilgan;
Onobrychis turkumiga mansub turlarda gullash poya va to‘pgulda akropetal tarzda kechishi hamda adir sharoitida O. pulchella va O. chorassanica larda chang va urug‘kurtaklarning yuqori fertilligi aniqlangan;
ilk bor Onobrychis turkumi ayrim turlarining urug‘dan ko‘payish asosiy ko‘rsatkichlari (generativ faolligi, potensial va real urug‘ mahsuldorligi, mahsuldorlik koeffisenti) baholangan;
ilk bor kompleks tadqiqotlari asosida Mirzacho‘l hududidagi tabiiy yaylovlarda Onobrychis turkumi vakillarining urug‘ zaxirasi, turlar tarkibi va miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan;
Onobrychis turkumi turlari introduksion baholangan va istiqbollilik darajasi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Onobrychis turkumi ayrim vakillarning bioekologiyasi hamda reproduktiv xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Mirzacho‘lda tarqalgan Onobrychis turkumi ayrim vakillarining bioekologik va reproduktiv xususiyatlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanma va tavsiyanoma O‘rmon xo‘jaligi agentligining Sirdaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligining 2025 yil 17 sentyabrdagi 03/18-4379-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, inqirozga uchragan erlarda O. pulchella va O. chorassanica turlari saqlanuvchanligining 65 % ga ortishini ta’minlash hamda iqtisodiy samara keltirish imkonini bergan;
zirako‘t urug‘larini ekishdan oldin impaksiya qilish hamda mikroelementlarning 0,05-0,1% eritmalari bilan ishlov berish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslub Sirdaryo viloyati Qolgansir davlat o‘rmon ov xo ’jaligi amaliyotiga joriy etilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 21 noyabrdagi 03-03/1-03/3-1225-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, zirako’t urug‘larini unuvchanligini 85-90% gacha, maysalari saqlanuvchanligini 63-65% gacha oshirish imkonini bergan.