Xodjaniyazov Adham Azamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quyi Orolbo‘yi hududlarida yashovchi ayollarda sut bezi metastatik raklarining morfologik xarakteristikasi», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2487.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Baxrom Sobirjanevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Bobur Lukmonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Maxkamov Nosirjon Jo‘raevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: Quyi Orol bo‘yi xududida yashovchi ayollarda sut bezi metastatik saratonining patomorfologik xususiyatlari, gistotipi, metastaz joylashishi, immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlari, morfologiyasini baholash orqali individual morfometrik tahlillar amalga oshirish tartibini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Quyi Orolbo‘yi xududida yashovchi ayollarda sut bezi metastatik saratonining keng qamrovli patomorfologik tahlili asosida nekrozning og‘irligi, qon tomir stromal reaksiyalar va boshqa morfologik ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda, o‘smaning duktal, lobulyar va aralash shakllarining morfologik tuzilishining xususiyatlari aniqlangan;
sut bezi metastatik saratonida HER2, ER, PR va Ki-67 immunogistokimyoviy markerlarining ekspressiyalanishining prognostik ahamiyati, ularning o‘sma jarayonining hududiy xususiyatlari hamda qaytalanish va metastazlanish xavfi bilan bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
metastaz xavfini yuqori, o‘rta va past darajalarda baholash imkonini beradigan 5 mezonli balli (gistotip, Ki-67, HER2, ER/PR holati, atipik hujayralar hajmi) algoritm shakllantirilib, o‘smaning metastatik potensialini baholash uchun morfometrik mezonlar ishlab chiqilgan;
ilk bor sut bezi metastatik o‘smalarini tashxislash va morfologik baholash samaradorligini oshirish uchun «Patho Consult» telemedisina platformasi va shifokor-patomorfolog maslahat markazlari tizimidan foydalanish ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Quyi orolbo‘yi hududlarida yashovchi ayollarda sut bezi metastatik saratonlarining morfologik xarakteristikasini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Quyi Orolbo‘yi xududida yashovchi ayollarda sut bezi metastatik saratonining keng qamrovli patomorfologik tahlili asosida nekrozning og‘irligi, qon tomir stromal reaksiyalar va boshqa morfologik ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda, o‘smaning duktal, lobulyar va aralash shakllarining morfologik tuzilishining xususiyatlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Urganch davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 iyunda 178-son bilan tasdiqlangan «Orolbo‘yi hududida yashovchi ayollar sut bezi rakining immunogistokimyoviy xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 23.09.2025 yildagi 23-son, Qoraqolpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 26.09.2025 yildagi 29/1-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali bo‘yicha 06.10.2025 yildagi 125-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: metastatik sut bezi saratonining morfologik va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarini standart baholash natijasida tashxis aniqligi sezilarli darajada oshirish, erta aniqlangan holatlar ulushi ortib, kech tashxis qo‘yilishi bilan bog‘liq asoratlar kamayishi va davolash individuallashtirish, qayta-qayta biopsiyalar, takroriy tekshiruvlar va shifokorlar o‘rtasidagi interpretatsiya farqi kamayishi hisobiga bemorlarga psixoemotsional yukni engillashtirish, reabilitatsiya jarayoni tezlashishi va hayot sifati yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Quyi Orolbo‘yi hududida ayollarda sut bezi metastatik va saraton oldi patologiyalarini morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy baholash asosida ishlab chiqilgan tavsiya va algoritmlarning amaliyotga joriy etilish orqali mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1820000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: sut bezi metastatik saratonida HER2, ER, PR va Ki-67 immunogistokimyoviy markerlarining ekspressiyalanishining prognostik ahamiyati, ularning o‘sma jarayonining hududiy xususiyatlari hamda qaytalanish va metastazlanish xavfi bilan bog‘liqligi ilmiy asoslanganligi bo‘yicha takliflar Urganch davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 iyunda 178-son bilan tasdiqlangan «Orolbo‘yi hududida yashovchi ayollar sut bezi rakining immunogistokimyoviy xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 23.09.2025 yildagi 23-son, Qoraqolpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 26.09.2025 yildagi 29/1-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali bo‘yicha 06.10.2025 yildagi 125-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: disgormonal o‘zgarishlarni aniqlovchi morfometrik tizimning joriy etilishi ayollarda xavfli o‘zgarishlarni erta bosqichda aniqlash orqali sut bezi saratonining kech bosqichda aniqlanishi kamayishi, ayollarda onkologik xavotir darajasini pasaytirish, ginekologik patologiyalar bilan bog‘liq qonuniyatlarni aniqlash orqali profilaktik ishlarni kuchaytirish, mazkur tizim yordamida bemorlarga maqsadli maslahat, individual monitoring va o‘z vaqtida davolashni boshlash imkoniyati yaratiladi. Iqtisodiy samaradorligi: morfometrik va disgormonal o‘zgarishlarni erta aniqlash hamda yomon sifatli o‘smaga o‘tish xavfini baholash tizimi qo‘llanilishi natijasida qo‘shimcha biopsiya, gormonal panellar va takroriy instrumental tekshiruvlarni qisqartirish natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1515000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: metastaz xavfini yuqori, o‘rta va past darajalarda baholash imkonini beradigan 5 mezonli balli (gistotip, Ki-67, HER2, ER/PR holati, atipik hujayralar hajmi) algoritm shakllantirilib, o‘smaning metastatik potensialini baholash uchun morfometrik mezonlar ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Urganch davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 iyunda 178-son bilan tasdiqlangan «Orolbo‘yi hududida yashovchi ayollar sut bezi rakining immunogistokimyoviy xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 23.09.2025 yildagi 23-son, Qoraqolpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 26.09.2025 yildagi 29/1-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali bo‘yicha 06.10.2025 yildagi 125-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/56-son xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: estrogen disbalansi va onkologik jarayonlarga moyillik o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy asoslanishi ayollar salomatligi uchun muhim profilaktik yo‘nalishni shakllantirishi, tashxisning erta bosqichda qo‘yilishi natijasida agressiv o‘smalar ulushini kamaytirish, davolashning murakkab usullariga ehtiyoj pasayishi, bemorlarda o‘z sog‘lig‘iga nisbatan mas’uliyat va hushyorlik kuchaytirish, onkologik xavf guruhlarida muntazam monitoring yo‘lga qo‘yish orqali ayollar hayot sifati, reproduktiv salomatlik va imkoniyatlarini saqlashga katta ijtimoiy hissa qo‘shishini imkoni yaratiladi. Iqtisodiy samaradorligi: estrogenga bog‘liq disgormonal o‘zgarishlar va onkologik xavfni baholash algoritmini joriy etish ortiqcha sektor rezeksiyalari, qayta tekshiruv va statsionar davolash xarajatlarini kamaytirish orqali mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1675000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor sut bezi metastatik o‘smalarini tashxislash va morfologik baholash samaradorligini oshirish uchun «Patho Consult» telemedisina platformasi va shifokor-patomorfolog maslahat markazlari tizimidan foydalanish ilmiy asoslanganligi bo‘yicha takliflar Urganch davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 iyunda 178-son bilan tasdiqlangan «Orolbo‘yi hududida yashovchi ayollar sut bezi rakining immunogistokimyoviy xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 23.09.2025 yildagi 23-son, Qoraqolpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 26.09.2025 yildagi 29/1-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali bo‘yicha 06.10.2025 yildagi 125-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/56-son xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: masofaviy konsilium platformasining ishga tushirilishi patologoanatomik xulosalarning tezkorligi va xolisligini ta’minlash, respublika bo‘ylab mutaxassislar o‘rtasida malakali maslahat olish imkoniyatini kengaytirish, chekka hududlardagi bemorlar yuqori malakali tashxisotga to‘sqinliksiz ega bo‘lishi, xatolik ehtimolining kamayishi, klinik qarorlar bir xil standartda qabul qilinishi, bemorlarga davolashni ertaroq boshlash imkonini yaratish, hayot sifatini oshirish va asoratlar ulushini kamaytirish va oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: “pathoconsult.uz” masofaviy konsilium platformasi ortiqcha biopsiya, qayta gistologiya, takroriy ultratovush tekshiruvi va immunogistokimyoviy tahlillar sonini hamda statsionarda yotish kunlarini qisqartirish orqali mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1720684 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish