Tojieva Iroda Mirsoli kizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuxumdonlar polikistozi sindromida endokrin-metabolik buzilishlarning shakllanishida organokinlarning roli”, 14.00.03 – «Endokrinologiya» va 14.00.01 – «Akusherlik va ginekologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tib648.
Ilmiy maslaxatchilar: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.10.01 raqamli ilmiy kenggash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raximova Gul`nara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Voroxobina Natal`ya Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Milliy endokrinologiya instituti (Gruziya).
II. Tadqiqotning maqsadi: tuxumdonlar polikistoz sindromida (TPS) endokrin-metabolik buzilishlar shakllanishida organokinlarning rolini kompleks o‘rganish, ularning diagnostik va prognostik ahamiyatini aniqlash, shuningdek klinik, gormonal, metabolik va organokin markyorlari integratsiyasi asosida TPSning turli fenotiplarini erta aniqlash modellarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor TPS bilan og‘rigan reproduktiv yoshdagi ayollarda organokin darajasi tana massasi indeksi va yog‘ to‘qimasi foizi bilan bog‘liq bo‘lgan kasallikning metabolik fenotipini shakllantirishdagi ishtirokini aks ettiradigan o‘zgarishlar bilan tavsiflanishi aniqlangan;
ilk bor TPSda energiya almashinuvi buzilishlarining dastlabki belgisi sifatidagi ahamiyatini tasdiqlaydigan irizin darajasining pasayishi metabolik disfunksiya belgilari (semirish, ortiqcha yog‘ to‘planishi) bilan ishonchli bog‘liqligi isbotlangan;
TPSda insulinga rezistentlik va lipid almashinuvi buzilishlarini shakllanishidagi ehtimoliy patogenetik rolini aks ettiradigan fetuin-A darajasi va tana massa indeksi ko‘rsatkichi o‘rtasida ijobiy korrelyasiya aniqlangan;
TPSda yallig‘lanish markeri sifatida SAA ning diagnostik ahamiyati cheklanganligi, organokinlarni esa endokrin-metabolik kasalliklarning, jumladan normal tana massasi indeksiga ega kasallik fenotiplarining istiqbolli diagnostik va prognostik biomarkerlari sifatida ahamiyatli ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tuxumdonlar polikistozi sindromida endokrin-metabolik buzilishlarning shakllanishida organokinlarning rolini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor TPS bilan og‘rigan reproduktiv yoshdagi ayollarda organokin darajasi tana massasi indeksi va yog‘ to‘qimasi foizi bilan bog‘liq bo‘lgan kasallikning metabolik fenotipini shakllantirishdagi ishtirokini aks ettiradigan o‘zgarishlar bilan tavsiflanishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.X. Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan 2023 yil 28 sentyabr 38-son bilan tasdiqlangan “Tana vazni normal bo‘lgan ayollarda TPS terapiyasi” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATMning Farg‘ona filiali bo‘yicha 06.01.2025 yildagi 14-son hamda RIEIATMning Samarqand filiali bo‘yicha 10.01.2025 yildagi 26-k-son buyuruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/11-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan yondashuv TPSni erta aniqlash va tuzatish samaradorligini oshirish, ayollar reproduktiv salomatligini yaxshilash va kasallikning og‘ir shakllari sonini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: organokinlarni individual monitoring qilish tizimi va TPS tashxisi algoritmini joriy etish bedaflik va asoratli homiladorlik holatlarining kamayishi natijasida 10 mln so‘m byudjet mablag‘lari (TPSning og‘ir shakllarini davolash yiliga o‘rtacha 6–15 million so‘mni tashkil etsa, organokin paneli va ambulator monitoring qo‘llanilganda xarajatlar 2–5 million so‘mgacha qisqardi) iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor TPSda energiya almashinuvi buzilishlarining dastlabki belgisi sifatidagi ahamiyatini tasdiqlaydigan irizin darajasining pasayishi metabolik disfunksiya belgilari (semirish, ortiqcha yog‘ to‘planishi) bilan ishonchli bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.X. Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan 2025 yil 25 noyabrda bilan tasdiqlangan “Endokrin patologiyalar tizimida normogonadotrop tuxumdon nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATMning Farg‘ona filiali bo‘yicha 06.01.2025 yildagi 14-son hamda RIEIATMning Samarqand filiali bo‘yicha 10.01.2025 yildagi 26-k-son buyuruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/11-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan yondashuv TPSni erta aniqlash va tuzatish samaradorligini oshirish, ayollar reproduktiv salomatligini yaxshilash va kasallikning og‘ir shakllari sonini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: organokinlarni individual monitoring qilish tizimi va TPS tashxisi algoritmini joriy etish bedaflik va asoratli homiladorlik holatlarining kamayishi natijasida 10 mln so‘m byudjet mablag‘lari (TPSning og‘ir shakllarini davolash yiliga o‘rtacha 6–15 million so‘mni tashkil etsa, organokin paneli va ambulator monitoring qo‘llanilganda xarajatlar 2–5 million so‘mgacha qisqardi) iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: TPSda insulinga rezistentlik va lipid almashinuvi buzilishlarini shakllanishidagi ehtimoliy patogenetik rolini aks ettiradigan fetuin-A darajasi va tana massa indeksi ko‘rsatkichi o‘rtasida ijobiy korrelyasiya aniqlanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.X. Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan 2025 yil 25 noyabrda bilan tasdiqlangan “Endokrin patologiyalar tizimida normogonadotrop tuxumdon etishmovchiligi va tuxumdonlar polikistozi sindromining diagnostikasi” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATMning Farg‘ona filiali bo‘yicha 06.01.2025 yildagi 14-son hamda RIEIATMning Samarqand filiali bo‘yicha 10.01.2025 yildagi 26-k-son buyuruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/11-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan yondashuv TPSni erta aniqlash va tuzatish samaradorligini oshirish, ayollar reproduktiv salomatligini yaxshilash va kasallikning og‘ir shakllari sonini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: organokinlarni individual monitoring qilish tizimi va TPS tashxisi algoritmini joriy etish bedaflik va asoratli homiladorlik holatlarining kamayishi natijasida 10 mln so‘m byudjet mablag‘lari (TPSning og‘ir shakllarini davolash yiliga o‘rtacha 6–15 million so‘mni tashkil etsa, organokin paneli va ambulator monitoring qo‘llanilganda xarajatlar 2–5 million so‘mgacha qisqardi) iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: TPSda yallig‘lanish markeri sifatida SAA ning diagnostik ahamiyati cheklanganligi, organokinlarni esa endokrin-metabolik kasalliklarning, jumladan normal tana massasi indeksiga ega kasallik fenotiplarining istiqbolli diagnostik va prognostik biomarkerlari sifatida ahamiyatli ekanligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.X. Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan 2025 yil 25 noyabrda bilan tasdiqlangan “Endokrin patologiyalar tizimida normogonadotrop tuxumdon etishmovchiligi va tuxumdonlar polikistozi sindromining diagnostikasi” va “Tana vazni normal bo‘lgan ayollarda TPS terapiyasi” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATMning Farg‘ona filiali bo‘yicha 06.01.2025 yildagi 14-son hamda RIEIATMning Samarqand filiali bo‘yicha 10.01.2025 yildagi 26-k-son buyuruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/11-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan yondashuv TPSni erta aniqlash va tuzatish samaradorligini oshirish, ayollar reproduktiv salomatligini yaxshilash va kasallikning og‘ir shakllari sonini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: organokinlarni individual monitoring qilish tizimi va TPS tashxisi algoritmini joriy etish bedaflik va asoratli homiladorlik holatlarining kamayishi natijasida 10 mln so‘m byudjet mablag‘lari (TPSning og‘ir shakllarini davolash yiliga o‘rtacha 6–15 million so‘mni tashkil etsa, organokin paneli va ambulator monitoring qo‘llanilganda xarajatlar 2–5 million so‘mgacha qisqardi) iqtisod qilinadi.