Tursunova Nodirabegim Fayzullo qizining fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Leksema hamda frazemaning mustaqil til birligi sifatidagi maqomi va ularning leksiko-frazeografik talqini”. 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: Umarxodjaev Muxtar Ishanxodjaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Saidxonov Ma’murjon Muhammedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, professor; Bushuy Tatyana Anatolevna,  filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi leksik hamda frazeologik  birliklarining mustaqil til birligi sifatidagi maqomini aniqlash, ularning semantik, funksional va struktur xususiyatlarini tahlil qilish hamda leksikografiya va frazeografiya amaliyotida aks ettirilish prinsiplari asosida ularning tavsifiy va tizimli talqinini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
leksema va frazemaning mustaqil nominativ til birliklari sifatidagi maqomi kompleks, tizimli va qiyosiy yondashuv asosida asoslab berilgan bo‘lib, ularning semantik, struktur, funksional hamda paradigmatik xususiyatlari uzviy bog‘liqlikda asoslab berilgan;
an’anaviy binar oppozisiya (leksema    frazema) yangilangan nazariy paradigma asosida qayta talqin qilinib, bu birliklar o‘rtasidagi chegaralar qat’iy emasligi, balki semantik faollik, kontekstual bog‘liqlik va vazifasiga ko‘ra uzlyuksiz gradatsiya tamoyiliga asoslanishi isbotlangan; 
leksema va frazemalarning leksikografik hamda frazeografik manbalarda berilish tamoyillari struktur-semantik, funksional va komponent tahlil asosida tizimlashtirilgan hamda ularning differensial va integratsion belgilarini hisobga olgan holda lug‘atshunoslik amaliyoti uchun takomillashtirilgan nazariy mezonlar ishlab chiqilgan;
frazeologik birliklarning ikkilamchi nominativ birlik sifatidagi lisoniy maqomi markaz – periferiya modeli asosida yoritilib, frazemalar semantikasida komponentlarning to‘liq va qisman semantik zaiflashuv (puchlashish) darajalari frazeologik tizimning ichki ierarxiyasini belgilovchi muhim omil ekani ilmiy asoslangan;
leksikografiya va frazeografiyaning tarixiy taraqqiyoti Sharq va G‘arb lug‘atshunoslik an’analari qiyosida tahlil qilinib, o‘zbek tilining agglyutinativ tabiati, fe’llarning shakl hosil qilish imkoniyatlari va frazemalarning kontekstual xususiyatlarini to‘liq aks ettiruvchi zamonaviy lug‘at modeli nazariy jihatdan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Leksema va frazemaning mustaqil til birligi sifartidagi maqomini aniqlashda hamda ularning leksikografik, frazeografik tahlili asosida ishlab chiqilgan metodik va amaliy takliflar: 
til birliklarining lug'atlarda aks etish tarixiy an’anasi o‘rganilib, ularning leksikografik tasviri lingvistik tahlildan ilgari shakllangan amaliy yondashuvga tayanishini ko‘rsatish orqali leksikografiyaning tilshunoslikdagi maqomi yangi nazariy asosda yoritigan Xalq ta'limi vazirining 2023 yil 18 maydagi 156-son buyrug'i asosida 2023-2024 yillarda bajarilishi nazarda tutilgan AI-201704-sonli “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ona tili (o‘zbek tili) fani bo'yicha malakasini baholash hamda 14 ta fandan test tizimini ishlab chiqish”) nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining 2025-til 8-avgust №03-16-09-985-son ma’lumotnomasi). Natijada, leksema va frazemalarning maqomini aniqlovchi mezonlar asosida lug‘aviy birliklarni tasniflash va tavsiflash bo‘yicha tavsifiy-mantiqiy model taklif qilindi va ajratilgan prototipik va chegaraviy frazeologik birliklar asosida frazeologik lug‘atlar uchun tanlov mezonlari va material saralash uslublari ishlab chiqildi.
tadqiqotda an'anaviy binar oppozisiya (leksema frazema) doirasida qaraladigan yondashuv yangicha nazariy asosda takomillashtirilib, gradient va prototipik yondashuvlar asosida qayta ko'rib chiqildi. Bu orqali ushbu birliklar o'rtasidagi chegaralar qat'iy emas, balki ma'no darajasi va funksional faoliyatga ko‘ra uzlyuksizlik (gradientlik) tamoyiliga asoslanganligi isbotlandi. Ushbu yondashuv ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohalarida yangi imkoniyatlarni yaratdi va ochib berilgan yangiliklar va ilmiy natijalardan 2023-2024 yillarda bajarilgan I-203-4 raqamli, madaniy-ma’rifiy muassasalar nomoddiy milliy merosni rivojlantirish sho‘basi tomonidan o‘zbek xalqining boy milliy til an’analari, nomoddiy madaniy merosi, ijtimoiy qadriyatlarimizning millatlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va aloqalarni mustahkamlash borasida tuzilgan “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg'unlashtirish” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 8-avgust №02-15-06-918-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy xulosalarning qo‘llanilishi, shuningdek, foydalanilgan ilmiy-metodik tavsiyalar loyiha ishlanmalarining takomillashishiga xizmat qildi.
til tizimining mustaqil birliklari sifatida leksema va frazemani nazariy asoslash, ularning tasnifi, semantik-funksional xususiyatlari hamda leksiko-frazeografik tavsif prinsiplari Germaniya Federativ Respublikasining Bremen shahridagi “A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH” ilmiy-tadqiqot va ta’lim markazida tayyorlangan “World Linguistics” nomli hisobotni lingvistik ma’lumotlar va analitik modellar bilan boyitishga xizmat qildi (Confirmation of Implementation (Ausbildung und Arbeit Plus GmbH: Germany): 10.08.2025). Dissertatsiyada jamlangan va tizimlashtirilgan leksik hamda frazeologik birliklar majmuasi, shuningdek, ularning tahliliga doir metodologik asoslar hisobotni dastlabki lingvistik manbalar bilan boyitib, ilmiy izlanish va ta’lim jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan amaliy misollar va nazariy qarashlarni taqdim etdi.  (professor John Maer imzosi bilan).
tadqiqotning leksema-leksikografiyaning, frazema-frazeografiyaning obekti maqomida  ekanligi haqidagi ilmiy xuloslar va ularning nazariy hamda amaliy jihatdan dalillanishi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023 yillarda bajarilgan PF-20191258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy loyihaning til birliklarning to‘g‘ri tasniflash, alohida modullar shaklida ajratib ko‘rsatish va ko‘p tilli tarjimlarda izchil qo‘llash jarayonida tatbiq etilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti OO‘MTVning  2025-yil 20-sentyabr № 01/4-4329-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ma’lumotlar bazasida leksik birliklar va frazeologik birliklarning alohida ko‘rinishda berilishi, tarjimada ekvivalentlik va idiomatik moslikni ta’minlagan, foydalanuvchilar uchun qulay qidiruv tizimini yaratishda amaliy ahamiyat kasb etgan.
dissertatsiyaning leksikografik va frazeografik manbalarda leksema va frazemalrni aks etishi prinsiplari va ularning mustaqil til birligi sifatidagi maqomi, milliy-madaniy va lingvokognitiv xususiyatlari haqidagi xulosalari asosida “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi, “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” radioshittirishlar ssenariysini tayyorlashda 2024–2025 yillar davomida foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 19-avgustdagi 05-09-1328-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot xulosalari ilmiy-nazariy ahamiyat bilan birga amaliy jarayonlarda qo‘llanilib, ommaviy axborot vositalari mazmunini boyitish va ilmiy g‘oyalarni jamoatchilikka etkazishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish