Maxmudova Nilufarxon Ravshanovnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida gradatsiyaning paradigmatikasi va sintagmatikasi” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.4.DSc/Fil715.
Ilmiy rahbar: Shaxobitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02 .
Rasmiy opponentlar: Saidxonov Ma’murjon Muhammedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Raupova Laylo Rahimovna filologiya fanlari doktori, professor; Ergasheva Guli Ismoiljon qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida gradatsiyaning sintagmatik va paradigmatik xususiyatlarini aniqlash va ularni pragmatik, lingvokulturologik hamda tarjima jarayonidagi o‘rni va namoyon bo‘lish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gradatsiyani tashkil etuvchi birliklar leksik darajada darajalanish sinonimlari, intensifikatorlar va kuchaytiruvchi birliklar, morfologik darajada sifatlarning daraja shakllari va affiksal intensivlik vositalari, sintaktik darajada paralel konstruksiyalar, takrorlashlar va bosqichma-bosqich kuchaytirish modellar, frazeologik darajada esa barqaror birikmalar, idiomatik vositalar va xalq maqollarida ifodalangan kuchaytirish birliklari sifatida ajratib ko‘rsatilib, ularning paradigmatik tanlov va sintagmatik bog‘lanish mexanizmlari tizimlashtirilgan, shu asosda gradatsiyaning me’yoriy va subme’yoriy ko‘rinishlari uchun gradatsiyaning me’yoriy adabiy qatlamdagi kuchaytirish vositalari hamda subme’yoriy jargon, argo, vulgarizm va kollokvial qatlamdagi kuchaytiruvchilarni farqlashga imkon beruvchi nazariy mezonlar ishlab chiqilgan;
umumlingvistik qonuniyatlar sifatida darajalanishning izchilligi, kuchaytirish va pasaytirish mexanizmlari, semantik parallelizm hamda paradigmatik va sintagmatik bog‘lanishlar, milliy xususiyatlar nuqtayi nazaridan esa o‘zbek tilida gradatsiya folkloriy kodlar, maqollar, ramziy ifodalar va tasviriy obrazlar orqali, ingliz tilida metaforik shakllar, publisistik uslubiy vositalar, badiiy stilistik parallelizmlar va ritorik kuchaytiruvchilar asosida voqelanishi aniqlangan;
gradatsiya hodisasining zamonaviy kommunikativ muhitdagi voqelanishi multimodal yondashuv asosida tadqiq qilinib lingvistik qatlamdagi darajalanish birliklari, akustik qatlamdagi intonatsion vositalar, vizual qatlamdagi ifodaviy elementlar – grafik belgilar, shrift o‘zgarishlari va tipografik kuchaytiruvchilar o‘zaro uyg‘unlikda ko‘rib chiqilib, gradatsiyaning matnni idrok etishdagi kognitiv samaradorligi isbotlangan, gradatsiya nutqning emotsional-ekspressiv kuchini oshiruvchi, semantik va pragmatik ta’sirchanlikni kuchaytiruvchi muhim lingvopoetik mexanizm sifatida asoslab berilgan;
ingliz va o‘zbek tillari badiiy hamda publisistik diskursida gradatsiya vositalarining estetik va ekspressiv xususiyatlari ochib berilgan: personajlarning nutqiy portretini shakllantirishda gradatsiyaning roli, mualliflik birliklari orqali lingvokulturologik o‘zlikni ifodalash imkoniyatlari, kinoya va emotsional bo‘yoqdorlikni kuchaytirishdagi funksional ahamiyati dalillangan, tarjima jarayonida gradatsiya birliklarini ekvivalent, analog va adekvat variantlarda ifodalashdagi murakkabliklar tizimlashtirilgan, lingvokulturologik ekvilibr tamoyili ishlab chiqilgan, bu tamoyil milliy-madaniy muvozanatni ta’minlash imkonini berishi asoslangan hamda gradatsiya birliklarini tarjimada milliy xususiyatni saqlagan holda berish paradigmatik, sintagmatik, leksik-semantik, grammatik va pragmatik mexanizmlari dalillangan;
badiiy va publisistik matnlarda gradatsiya birliklarining dinamik xususiyatlari, jumladan stilistik intensivlik va kommunikativ yo‘naltirish imkoniyatlari, gradatsiyaning nutqda kuchaytiruvchi va baholovchi funksiyalarini amalga oshirishda qo‘llanadigan stilistik, diskursiv va kognitiv modellar aniqlangan, ular asosida konseptual modellashtirish amalga oshirilgan, shu orqali gradatsiya vositalarining matnning estetik rang-barangligini ta’minlash, ekspressiv bo‘yoqdorligini kuchaytirish, mualliflik individualligini ifodalash hamda o‘quvchi yoki tinglovchi ongida kuchli emotsional rezonans va psixologik ta’sir uyg‘otishdagi roli asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
gradatsiyaga bevosita aloqador bo‘lgan masalalar borasidagi ilmiy adabiyotlar tahlil qilinib, gradatsiyaning universal va milliy-madaniy xususiyatlari, uning lingvistik ifoda vositalari, ularga xos struktur, semantik, uslubiy xususiyatlar ingliz, o‘zbek va boshqa tillar materiallari asosida dalillangan, lisoniy gradatsiyaning eksplisit va implisit ifoda vositalari haqidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda oliy ta’limda jahon andozalari darajasidagi ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash jarayonini takomillashtirish va xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy risola, maqola, tezislar yozishda yangi yondashuvlar sifatida tadqiqot ishidagi ilmiy xulosalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-Buyuk Britaniya- EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+SVNE IMEP: "O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish nomli innovatsion amaliyot tadqiqotlari loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023-yil 28-dekabrdagi 1401/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy gradatsiyaning eksplisit va implisit ifoda vositalari haqidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirilgan;
lisoniy gradatsiyaning o‘zbek va ingliz milliy asarlari tarjimalarida badiiy matnlarda ishlatilishida kuchaytirish, jonlantirish va kichayishning orni, ularning uslubiy xususiyatlari va milliy matnlarning xalq maqollari, turg‘un o‘xshatishlar, metaforalar hamda nutqiy etiketlarning eng muhim lingvomadaniy birliklar ekanligi haqida ilmiy qarashlar haqidagi ma’lumotlardan O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "Ozbekiston" teleradiokanali" DM "Madaniy-ma'rifiy va badiiy eshittirishlar" muharririyati tomonidan tayyorlangan "Ta'lim va taraqqiyot", "Millat va ma"naviyat", "Adabiy jarayon", "Jahon adabiyoti" nomli eshittirishlarida (2023-yil noyabr va dekabr oylari) foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 20-dekabrdagi 04-36-1935-sonli ma’lumotnomasi).Natijada lisoniy gradatsiyaning paradigmatik va sintagmatik munosabatlari badiiy matnlar vositasida ifodalangan konseptlar milliy-madaniy asarlar tarjimalarida o‘zbek va ingliz tillarida mavjudlikni tasdiqlash mazmunidagi matnlarda namoyon bolishini aniqlangan va ko‘rsatuvlarning ilmiy saviyasi oshgan;
lisoniy gradatsiyaning paradigmatik va sintagmatik munosabatlari badiiy matnlar vositasida ifodalangan konseptlar milliy-madaniy asarlar tarjimalarida o‘zbek va ingliz tillarida, asosan, tavsifiy xarakterdagi, shuningdek, shaxsning muayyan ruhiy holati ifodalangan va mavjudlikni tasdiqlash mazmunidagi matnlarda namoyon bolishini aniqlash kabi masalalarga doir ilmiy natijalari va materiallaridan Andijon davlat universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan "№ IL-402104213 – O'zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish" davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan. Shaxsning muayyan ruhiy holati ifodalangan va mavjudlikni tasdiqlash mazmunidagi matnlarda namoyon bolishi aniqlangan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 25-dekabrdagi 39-01-2822-sonli ma’lumotnomasi). Natijada milliy muhim lingvomadaniy birliklar haqidagi ilmiy qarashlar ingliz va o‘zbek tillaridagi matnlarni tahlili asosida boyitilgan;
ingliz va o‘zbek milliy asarlari tarjimalarida gradasiyaning badiiy matnlar yaratilishida turli gradatsiya vositalarining o‘rniga doir materiallari va natijalaridan milliy madaniy matnlarning lisoniy gradasiya ifodalashdagi o‘ziga xosligiga oid qarashlar shakllanishida Andijon davlat universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan "OT-F1-18 Ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish" davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 25-dekabrdagi 39-01-2821-sonli ma’lumotnomasi). Natijada paradigmatik va sintagmatik munosabatlarda gradasiyaning o‘rni tadqiqi turli lisoniy birliklar misolida amalga oshirilgan tahlillar bilan boyitilgan;
dissertatsiya materiallari va natijalaridan, xususan, ingliz va o‘zbek tillarida gradasiyaning paradigmasi va sintagmatikasining o‘zaro asoslarini o‘rganish orqali har ikkala tilda fdunksional semantic maydon orqali hozirgi kunda ham ushbu konsepsiyaning sathlararo boyitishda yangi mazmunda gradasiyaning frazeologik birliklarining lug‘atlarda talqin etilishi hamda nutq sathini boyitishini misollar yordamida dalillash, tillaring gradasiyaning paradigmatik tendensiyasini aniqlash kabi masalalar echimidan "English for specific purposes" darsligida foydalanilgan (Andijon davlat chet tillari institutining 2024-yil 30-oktyabrdagi 39-02-1291-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tarjima jarayonidagi qiyinchiliklari bartaraf etilishini va nutqdagi kommunikatsion samaradorligini sezilarli ortishiga erishildi.