Qozoqboeva Dilfuzaxon Ilxomjon qizining    
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalar nutqining gender va psixolingvistik xususiyatlari tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Fil1064.
Ilmiy rahbar: Toshboeva Barnoxon Odiljonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Saidxonov Ma’mirjon Muxammedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jafarov Botirjon Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mamajonov Muhammadjon Yusubjonovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek bolalar nutqidagi genderga oid psixolingvistik xususiyatlarni qiyosiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek bolalar nutqidagi psixolingvistik hamda genderga oid xususiyatlar ilk bor tizimli va kompleks tarzda fonetik-fonologik, prosodik-intonatsion, leksik-semantik, morfologik-sintaktik, pragmatik hamda sotsiolingvistik-diskursiv darajalar, yosh kesimi, shuningdek oila, ta’lim va onlayn/raqamli muhit kabi kommunikativ vaziyatlar hamda fonetik-prosodik, leksik, morfosintaktik, pragmatik va sotsiolingvistik indikatorlar kesimida qiyosiy yondashuv asosida dalillangan;
ingliz va o‘zbek tilidagi gender birliklar (-jon, -xon, hurmat vositalari, qarindoshlik atamalari) va gender stereotiplari (qizlarda rang-kiyim, bezak, o‘g‘il bolalarda texnika-transport) tizimli ravishda fonetik-intonatsion farqlar (qizlarda aniq artikulyasiya va xilma-xil intonatsiya, o‘g‘il bolalarda yuqori intensivlik va buyruq ohangi) ilmiy asoslangan hamda tematik tasnifi ishlab chiqilgan;
ingliz va o‘zbek bolalari nutqidagi genderga oid va psixolingvistik xususiyatlar kompleks o‘rganish asosida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar nutqidagi 1–3 yosh: qizlarda erkalash–kichraytirish va emotsional leksika erta va faol; o‘g‘il bolalarda onomatopeya va harakat fe’llari ustun; 3–7 yosh: qizlarda iltimos/hamkorlik aktlari va so‘roq gap qurilmalari; o‘g‘il bolalarda buyruq-hazil-raqobat aktlari; 7–11 yosh: qizlarda tavsiflovchi sifatlar, rang–kiyim, bog‘lovchilar; o‘g‘il bolalarda texnika-transport-sport leksikasi va raqobat ramzlari; prosodiya (qizlarda xilma-xil, yumshoq; o‘g‘il bolalarda jarangdor, qisqa) va gender farqlar asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillari misolida bolalar nutqidagi gender xoslanishlarning qiyosiy tahlili amalga oshirilib, ikki tildagi gender xoslanishlarning tipologik jihatlari, o‘xshash tomonlari: otlar fe’llardan erta; onomatopeyalar erta; emotsional leksika erta; abstrakt tushunchalar kechroq; va farqli tomonlari: o‘zbek tili (agglutinativ): hurmat/murojaatning morfologik boyligi, erkalash–kichiraytirish qo‘shimchalari, keng qarindoshlik tizimi; ingliz tili (analitik): modal/analitik qurimalarni erta o‘zlashtirish (I’m, don’t, can, wanna, gonna), hurmat va iltimosni ifodalovchi birliklarda yuqori chastotani qo‘llash qonuniyatlari aniqlangan;
tadqiqot natijalariga asoslanib, o‘zbek tilshunosligida ilk bor bolalar nutqining psixolingvistik va gender aspektda tadqiq etishning ilmiy-amaliy asoslari: a) qiyosiy indikatorlar chek-listi; b) annotatsiya–teglash sxemasi; c) leksik–semantik tasnif va qiyosiy lug‘at yadrosi; d) diagnostik mezonlar; f) tarjimashunoslik prinsiplari: gender markerlarining pragmatik ekvivalentlari (-jon/-xon – dear/sweetie; muloyimlik strategiyalarini saqlash); g) amaliy metodologik tavsiyalar ishlab chiqilgan va statistik jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalar nutqining psixolingvistik va gender xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz bolalarining genderga oid nutqi psixolingvistik nuqtayi nazardan ilk bor tizimli tahlillar haqidagi xulosalarga asoslanib, o‘zbek tilidagi genderga oid lingvistik birliklar hamda stereotiplarni aks ettiruvchi til birliklari sistemali ravishda tadqiq etilib, ularning bolalar nutqidagi namoyon bo‘lish xususiyatlarining tematik tasnifi ishlab chiqish va tahlil qilish, bunday birliklarni avtomatik tarjima tizimlarida adekvat uzatish strategiyalarini ishlab chiqishga doir xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 27-avgustdagi 01/4-3788-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz tillari misolida bolalar nutqidagi gender xoslanishlarning qiyosiy tahlili amalga oshirilib, ikki tildagi gender xoslanishlarning tipologik jihatlari, o‘xshash va farqli tomonlariga asoslangan holda lekisik-semantik ma’lumotlar bazasi kengaytirildi. Bu esa o‘zbek tilining morfologik analizatori va tarjima algoritmlarining aniqligini oshirishga olib keldi;
ingliz va o‘zbek tillari misolida olib borilgan bolalar nutqidagi gender xoslanishlarning qiyosiy tahlili asosida ism tanlovidagi gender strategiyalarini o‘rganish, bu materiallar asosida mobil ilovada foydalanuvchi tanloviga mos gender balansli ism tavsiyalari, konnotativ tasniflar, ehtimoliy muloqot kontekstlariga mos takliflarni ishlab chiqish imkoniyatiga doir xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2023-yillarda bajarilgan IL-21091506 “O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati va mobil ilovasini yaratish” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 27-avgustdagi 01/4-3789-son ma’lumotnomasi). Natijada, semantik ma’lumotlar bazasi kengaytirildi, u orqali o‘zbek ismlarining morfo-semantik tuzilishi, tarixiy qatlamlari, fonetik variantlari, va nutqdagi kontekstual yuklamasi aniqlandi. Bu esa lug‘at tahriri, mobil ilovaning algoritmik strukturasi va foydalanuvchi interfeysida interaktiv tavsiyalar yaratish imkonini berdi;
ingliz va o‘zbek bolalari nutqidagi genderga oid psixolingvistik xususiyatlarni kompleks o‘rganilganligi, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar nutqidagi 1–3 yosh hamda qizlarda erkalash–kichraytirish va emotsional leksika erta va faolligi, o‘g‘il bolalarda onomatopeya va harakat fe’llari ustunligi, 3–7 yosh: qizlarda iltimos/hamkorlik aktlari va so‘roqb gap qurilmalari va o‘g‘il bolalarda buyruq–hazil–raqobat aktlari, 7–11 yosh: qizlarda tavsiflovchi sifatlar, rang–kiyim, bog‘lovchilar; o‘g‘il bolalarda texnika–transport–sport leksikasi va raqobat ramzlari; prosodiya (qizlarda xilma-xil, yumshoq; o‘g‘il bolalarda jarangdor, qisqa) gender farqlarni ko‘rsatib berilishi xususidagi xulosalardan 2025-yil iyul va avgust oylarida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi  O‘zbekiston teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 3-sentyabrdagi 05-09-1391-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda ingliz va o‘zbek bolalari nutqining gender va psixolingvistik xususiyatlari bo‘yicha to‘plangan materiallar, qo‘yilgan muammolarni tadqiq etish orqali chiqarilgan xulosalar o‘zbek tilshunosligi uchun yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar berishi manba sifatida xizmat qilishi ta’minlagan;
ingliz va o‘zbek bolalar nutqidagi psixolingvistik va genderga oid holatlar ilk bor tizimli (darajalar: fonetik–fonologik; prosodik–intonatsion; leksik–semantik; morfologik–sintaktik; pragmatik; sotsiolingvistik–diskursiv; yosh kesimi; vaziyatlar: oila; ta’lim muhiti; onlayn/raqamli muhit); indikatorlar: fonetik–prosodik; leksik; morfosintaksis; pragmatik; sotsiolingvistik) ravishda berilgan qiyosiy tahlili asosidagi xulosalardan innovatsion loyihasi asosida ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash maqsadida yoritilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda yangi yondashuvlar sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 10-sentyabrdagi 01-06/996-son ma’lumotnomasi). Natijada, uslubiy qo‘llanmalarning ilmiy saviyasi ortgan hamda ingliz va o‘zbek bolalari nutqining gender va psixolingvistik xususiyatlari bo‘yicha to‘plangan materiallar, qo‘yilgan muammolarni tadqiq etish orqali chiqarilgan xulosalar o‘zbek tilshunosligi uchun yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar berishi manba sifatida xizmat qilishi ta’minlagan;
ingliz va o‘zbek tillari misolida bolalar nutqidagi gender xoslanishlarning qiyosiy tahlili amalga oshirilib, ikki tildagi gender xoslanishlaming tipologik jihatlari, o‘xshash tomonlari: otlar fe’llardan erta; onomatopeyalar erta; emotsional leksika erta; abstrakt tushunchalar kechroq; va farqli tomonlari: o‘zbek tili (agglutinativ): hurmat/murojaatning morfologik boyligi, erkalash-kichiraytirish qo‘shimchalari, keng qarindoshlik tizimi; ingliz tili (analitik): modal/analitik konstruksiyalarni erta o‘zlashtirish, hurmat va iltimosni ifodalovchi birliklarning yuqori chastotasi aniqlangan xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oil ava xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oil ava gender” ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasining III bo‘lim “Gender tenglikni ta’minlashga oid turli streotiplarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot materiallarini tayyorlash” to‘g‘risidagi 25-band ijrosini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oil ava xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oil ava gender” ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 14-oktyabrdagi 01-09/2851-son ma’lumotnomasi). Natijada, ikkala til tipologiyasining bolalar nutqi rivojlanishiga ta’sirini aniq ko‘rsatib berilgan hamda til tipologiyasi va kognitiv rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqligi ochib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish